Boshlang`ich sinflarda ona tili fanidan o`quvchilarning bilim savodxonligini aniqlashda metodlardan foydalanishning ahamiyati Annotatsiya



Download 20,95 Kb.
bet1/2
Sana21.11.2022
Hajmi20,95 Kb.
#869741
  1   2
Bog'liq
Choriyeva Shoira maqola- 1


Choriyeva Shoira Saydullo qizi
Termiz davlat pedagogika instituti
Ta’lim tarbiya nazariyasi Boshlang‘ich ta’lim
2-kurs magistranti
Boshlang`ich sinflarda ona tili fanidan o`quvchilarning bilim savodxonligini aniqlashda metodlardan foydalanishning ahamiyati
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarning bilim savodxonligini aniqlashda ona tili fanidan “Qiyoslash” metodidan foydalanishning ahamiyati, qo‘llanilish tartibi, tanishuv texnologiyasi natijasida o‘quvchilarning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, muloqot yuritishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam berish va muomala qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar: Boshlang`ich sinf o`quvchilarning og`zaki va yozma savodxonligi, qiyoslash metodi, muomala qilish ko‘nikmalari, o‘quvchi qobiliyati, do‘stona munosabat va erkin fikrlash.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jahon ta’lim makoniga kirib borishga mo‘ljallangan yangi ta’lim tizimini shakllantirish jarayoni kechmoqda. Ta’lim mazmun-mohiyatining o‘zgarayotganligi, ta’lim berish jarayoniga zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro tajribalarni joriy etish taklif etilayotgan bir davrda ta’lim berishga pedagogik munosabat ham o‘zgarmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-5712-son Farmoni bu boradagi islohotlar uchun dasturulamal hisoblanadi. Yana bir muhim jihati shundan iboratki, darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha darsliklar mazmuniga xalqaro baholash dasturi talablari singdirildi. Eng muhimi, darsliklar innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi. Bunda o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan ta’limiy o‘yinlar, mashqlar, masalalar va topshiriqlarga urg‘u berildi. Ona tili darsliklari mazmuni o‘quvchilarning texnik qobiliyatini rivojlantirishga oid amaliy, kreativ, mantiqiy yondoshuvga asoslangan topshiriqlar bilan boyitildi va jahonga mashhur STEAM texnologiyalari talablari asosida amalga oshirildi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomillashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayapti.
Ona tili fanida takomillashtirilgan darsliklar o‘qituvchida ham, o‘quvchida ham fanga munosabatini emas, kelajak hayotida asqotuvchi vosita sifatidagi yangicha munosabatni tarkib toptiradi. Avvalgi darsliklarni yaratishda ularning mazmun-mohiyatiga ko‘p ham e’tibor qaratilmagan. Mashq va topshiriqlarning jiddiy farqlanishi, lug‘atlar bilan ishlash davomiyligi, didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan kichik hajmli rivoyat, hikoya matnlarning to‘liq holda berilishi, bog‘lanishsiz matnlarda ham insoniyatning buyuk mutafakkirlari hayotiy tajribalarining mahsuli bo‘lgan aforizmlar, iboralar, maqollardan keng foydalanilgani, ona tili va adabiyot fanlari orasidagi uzviylikni ta’minlash, boy adabiy merosimizni ongli mushohada etishga qo‘maklashish maqsadida mumtoz yo‘sindagi matn bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgani, tilshunoslikka doir kompetensiyaviy bilimlar ifodasining soddaligi, aniqligi har mavzuga doir qoidalarni dalillash uchun tanlangan misollarning muvofiqligini belgilaydi.
Boshlang`ich sinf o‘quvchilarda ona tili fanida yozma va og‘zaki nutqni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish an’anaviy metodlar bilan interfaol metodlarning uyg‘unligini ta’minlagan holda maxsus mashqlarni bajarish yo‘li bilan amaliy ko‘nikmalar hosil qilishni talab etadi. Bugungi kunda ona tili ta’limining mazmuni o‘zgarmoqda, ya’ni grammatikadan ko‘ra o‘quvchilardagi nutqiy va lingvistik kompetensiyani rivojlantirishga e’tibor berilmoqda.
Qiyoslash” metodi. Bir predmet haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun uni ikkinchisi bilan qiyoslash o‘quvchida yorqin tasavvur hosil qiladi. Shu ma’noda o‘quvchiga ona tilini boshqa bir tilga qiyoslab o‘rgatish eng samarali usuldir. O‘qituvchi ona tili darslarida, xususan, fonetika mavzusini tushuntirayotganda ma’lumotlarni o‘quvchiga imkon qadar u o‘rganayotgan biror chet tilidagi zaruriy bilimlar bilan taqqoslasa, dars yanada samarali bo‘ladi. O‘qituvchining taqqoslanayotgan tilni qay darajada bilishi natijaga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang`ich sinf ona tili darsligida berilgan “Urg‘u” mavzusini tushuntirish uchun unga istagancha ta’rif keltirgan bilan kutilgan natijaga erishish qiyin. Lekin o‘zbek tili urg‘usini rus yoki ingliz tilidagi so‘z urg‘usi bilan solishtirish, o‘quvchida darhol tushuncha hosil qiladi. O`zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Ushbu jadvalda o`zbek, rus va ingliz tillarda urg`uni taqqoslanishining ahamiyati shundaki, boshlang`ich sinf o`quvchilari mavzuni yaxshi o`zlashtiradiva muloqotda to`g`ri foydalanadi.


Download 20,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish