Boshqaruv hisobi


-§. Boshqaruv hisobining mohiyati, predmeti, funksiyalari, metodlari, obyektlari, tamoyillari



Download 1,19 Mb.
bet9/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

3-§. Boshqaruv hisobining mohiyati, predmeti, funksiyalari, metodlari, obyektlari, tamoyillari,


hisob tizimi va tarkibiy qismlari

Boshqaruv hisobi – xo‘jalik yurituvchi subyekt axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi ko‘p jihatdan xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy tuzilmalari, bo‘limlari va bo‘linmalari faoliyatlari to‘g‘risida olinadigan operativ (tezkor) ma’lumotlarga bog‘liq. Boshqaruv hisobi ana shunday ma’lumotlarni boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri qabul qilish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi turli darajadagi boshqaruv rahbarlari uchun shakllantiradi.


Boshqaruv hisobining mohiyati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlarining o‘z oldilariga qo‘yishgan maqsadlari bilan aniqlanadi: u ichki tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining manfaatlari hamda maqsadlardan kelib chiqqan holda ma’muriyat qarori bilan yana o‘zgartirilishi yoki ma’lum bir tuzatish-qo‘shimchalar kiritilishi ham mumkin. Oddiyroq holda ifoda qilinadigan bo‘lsa, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlari va real imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib, boshqaruv hisobini turli ko‘rinish va shakllarda tashkil qilishlari mumkin.
Boshqaruv hisobining vujudga kelishi, xarajatlar hisobini tashkil qilish va yuritish bazasida yuzaga kelgan, shuning uchun uning asosiy tarkibiy qismini turli yo‘nalishlardagi kelgusi va o‘tgan davrlar uchun ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi. Ushbu holat keyingi vaqtda milliy iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo‘lgan “boshqaruv hisobi” tushunchasini aniqlashda, shuningdek buxgalteriya hisobini olib borishda va boshqaruv faoliyatida uning ma’lumotlaridan foydalanishda muhim rol o‘ynaydi. E’tirof etish joizki, ana shu fikr-mulohazalardan kelib chiqib, bir qator olimlarimiz boshqaruv hisobini xarajatlar hisobi bilan bir yaxlitlikda talqin qilishadi.
Yana bir muhim holat – bu boshqaruv hisobining bevosita ma’lumotlarning atroflicha tahlilini tashkil qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, u nafaqat nazariyachi olimlar, shuningdek, amaliyotchilar tomonidan ham boshqaruv hisobi mohiyatini aniqlashda e’tirof etiladi. Boshqaruv hisobi tarkibida ma’lumotlar yig‘iladi, guruhlanadi, identifikatsiya qilinadi, tarkibiy bo‘linmalar faoliyati natijalarini to‘liq aks ettirish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda olishda qatnashish darajasini aniqlash maqsadlarida o‘rganiladi. Hisob siyosatida ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi amaldagi va rejadagi xarajatlarni hamda ishlab chiqarish xarajatlarini taqqoslash jarayoni sifatida keltirib o‘tiladi.
Boshqaruv hisobi mohiyatini aniq belgilashda xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lumot-nazorat tizimi yaxlitligini ifodalovchi belgilar yig‘indisi: uzluksizlik, aniq bir maqsadga qaratilganlik, ma’lumotlar ta’minotining to‘liqligi, jamiyatdagi obyektiv iqtisodiy qonunlarning amaliyotda aks ettirilishi, tashqi va ichki sharoitlar o‘zgarishi natijasida boshqaruv obyektlari ta’sirchanligining o‘zgarishi va shu kabilarni ko‘rib chiqish taqozo etiladi.
Boshqaruv hisobi mohiyatini belgilashda uning muhim xususiyatini ta’kidlash lozim: boshqaruv hisobi boshqaruv jarayonini hisob-kitoblar jarayoni bilan uzluksiz bog‘laydi.
Boshqaruv predmeti – ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun boshqaruv obyekti yoki boshqaruv jarayoniga ta’sir o‘tkazishdir. Boshqaruv rejalashtirish, tashkil qilish, muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish va nazorat qilish yordamida boshqaruv predmetiga ta’sir o‘tkazadi. Aynan shu funksiyalarni boshqaruv hisobi bajarib, u o‘z tizimini yaratib, boshqaruvning maqsad va vazifalariga javob beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarish tizim va metodlari o‘zgarmoqda, shunga muvofiq tarzda boshqaruv hisobining tarkibi o‘zgarmoqda. Ayniqsa, bu turli tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi o‘zgaruvchan tashqi omillar
(inflatsiya, ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish va sh.k.) ta’siridagi xarajatlar va daromadlar hisobini modellashtirishga tegishlidir. Ana shu yerda boshqaruvning obyektlari va subyektlari tarkibi o‘zgaradi.
Boshqaruv to‘g‘risidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi konsepsiyani ham shakllantiradi.
Boshqaruv hisobining predmeti - xo‘jalik faoliyatini boshqarish jarayonining barcha bo‘g‘inlaridagi obyektlar yig‘indisidir.
Predmetning mazmunini tushunish, uning mohiyatiga obyektiv baho berish uchun, boshqaruv hisobi fanining obyektlari mohiyatini to‘g‘ri tushunish kerak bo‘ladi.
Boshqaruv hisobining obyektini belgilashda nafaqat amaliyotchilar, balki nazariyachi olimlar o‘rtasida ham yaqin bo‘lgan quyidagicha yondashuv mavjud: boshqaruv hisobining obyekti – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning butun faoliyati hamda uning alohida segmentlari. Shu bilan birgalikda, alohida ta’kidlash kerakki, amaliyotchilar ham, nazariyachi olimlar ham xo‘jalik yurituvchi subyektning segmentini belgilashga turlicha yondoshishadi. Ayrim qarashlarda, xo‘jalik yurituvchi subyektning segmenti deyilganda, uning faqat ayrim olingan bo‘g‘inlari hisobga olinishi nazarda tutiladi. Yana bir qarashlarda, xo‘jalik yurituvchi subyekt segmenti uning ayrim olingan mustaqil bo‘g‘inlari va mahsulotlari turini hisobga olish imkonini beradi, deb e’tirof etiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt segmenti deyilganda, nafaqat xo‘jalik
yurituvchi subyektning alohida olingan bo‘g‘inlari, balki boshqaruv hisobining oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, mahsulot turlari hamda bir xil jarayonlar ham hisobga olinishi kerak.
Boshqaruv hisobining obyektlarini sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin:




Boshqaruv hisobi obyektining ikkinchi guruhiga quyidagi faoliyat turlari kiritiladi:


1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish