Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet27/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

misol


Xo‘jalik yurituvchi subyekt umumishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri ish haqi xarajatlariga proporsional tarzda, soat birligida aniqlamoqchi.
Rejalashtirilayotgan yilga umumishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi – 300 ming p.b., to‘g‘ri mehnat (ish haqi) xarajatlari – 600 soat.
Shu yerda umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsiyenti (300000 : 600) = 500 (p.b./soat)ga teng bo‘ladi.
Faraz qilaylik, buyurtmalar kartochkasida qilingan xarajatlar to‘g‘risida quyidagicha ma’lumotlar mavjud:



1

Haqiqiy material xarajatlari, ming p.b.

150,0

2

Haqiqiy hisoblanilgan ish haqi xarajati (510 soat)

255,0

3

Hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan umumishlab chiqarish xarajatlari (500 p.b. x 105 soat)

52,5





ishlab chiqarish tannarxi, ming p.b.

457,5

Quyidagi buxgalteriya schyotlaridan foydalanib,


shu usul mohiyatini keyingi misolda yana bir marta ko‘rish mumkin:



Schyot raqami

Buxgalteriya schyotining nomi

1010

“Xom ashyo va materiallar”

1040

“Ehtiyot qismlar”

2010

“Asosiy ishlab chiqarish”

2510

“Umumishlab chiqarish xarajatlari”

2810

“Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”

9010

“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”

5010

“Kassa”

5110

“Hisob-kitob schyoti”

4010

“Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”

6010

“Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar”

6520

“Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”

6410

“Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”

6710

“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”

9110

“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”



    1. misol


Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtma bo‘yicha ikki xil, ya’ni “A” hamda “B” mahsulotlarini tayyorlayapti



T/r



Jarayonlar mazmuni

Schyotdagi yozuv

Summa (ming p.b.da)

debet

kredit

1

2

3

4

5

1

1 - jarayon
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kreditga asosiy materiallar - 1434 ming p.b., va 76,5 ming
p.b. yordamchi materiallar xarid qildi

1010
1040



6010
6010



1434,0
76,5



2

2 - jarayon
Buyurtma bo‘yicha ombordan tsexga 1260 ming p.b. asosiy materiallar va 297 ming p.b.da yordamchi materiallar chiqarilgan. Shundan:
“A” mahsulotga – 777 ming p.b.

2010


1010


1260,0





“B” mahsulot uchun – 483 ming p.b.
(jami 1260 ming p.b.)

2510

1040

297,0

3

3 - jarayon
Ishchilarga va tsex ma’muriy boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblanilgan

2010
2510


9420

6710
6710


6710

97,2
210,0


1942,8
2250,0

4

4 - jarayon
Ishchilarga va boshqaruv xodimlariga ish haqi berilgan

6710

5010

1942,8

5

5 - jarayon
Hisoblanilgan ish haqidan ishchilarniki “to‘g‘ri ish haqi xarajatlariga”, ma’muriy boshqaruv xodimlariniki "umumishlab chiqarish xarajatlariga" olib borilishi lozim.
Shundan:
“A” mahsulot uchun – 1305 ming p.b. “B” mahsulot uchun - 420 ming p.b.

2010
2510

6710
6710

1725,0
525,0
2250,0

6

6 - jarayon
Faraz qilaylik, shu davrda umumishlab chiqarish xarajatlaridan yana quyidagilari amalga oshirilgan, (ming p.b.):

  1. elektroenergiya xarajatlari - 153

  2. jihozlarning xarajatlari - 276

v) sug‘urta xarajatlari - 109,5
g) mulk solig‘i -96,8

2510

6010
6990
6520
6410

153
276
109,5
96,8

jami : 635,5 ming p.b. 7 - jarayon
Shu xarajatlarning hammasi to‘langan (schyotlarga asosan)

6010
6990


6520
6410

5110


153
276


109,5
96,8

8

Umumishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘ri mehnat xarajatlarining 85 foizini tashkil qiladi deb normativ koeffitsiyent qabul qilingan.
Shunga muvofiq
(1725.0 x 85%)=1466,3 ming p.b.

2010

2510

1466,3

Shundan:
“A” (1305 x 85%)= 1109,3 ming p.b.
“B” (420 x 15%) = 357,0 ming p.b.

9


8 - jarayon
Tayyor mahsulot omborga kirim qilinadi.













Shu vaqtda buyurtmaning kartochkasi yopiladi. “A” mahsulotining bahosi (tannarxi) 3191,3 ming p.b. tashkil qiladi

2810

2010

3191,3

10

Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachilarga 10 dona “A” mahsulotni jo‘natgan. Ularning tannarxi 2659,4 ming p.b.ni tashkil qilib, sotilish bahosi – 4050,0
ming p.b. bo‘lgan

4010
9110



9010
2810



4050,0
2659,4



11

Hisobot davrining oxirida “2510” va “2511” schyotlar taqqoslanib ko‘riladi.
Misolimizda:
“2510” schyotda = 1457,3 ming p.b.
“2511” schyotda = 1466,3 ming p.b. (normativ koeffitsiyent)
farqi = 9 ming p.b.
8- jarayon
Ana shu farq summasini hisobga olish lozim

2510
2510

9110
2511

9,0
1457,3

12.

Mabodo ana shu 9 ming p.b. xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun katta ahamiyatga ega bo‘lsa, u holda shu miqdor (9 ming p.b.)
uchta schyot bo‘yicha taqsimlanishi lozim.













Bunday paytda 11 punktdagi buxgalteriya yozuvi boshqacha yoziladi (keyingi jadvalga qarang):

2510
2510
2510
2510

2010
2810
9110
2511

2,95
1,01
5,04
1457,3




JAMI







1466,3




  1. punktning hisob-kitobi

quyidagi jadval ko‘rinishida amalga oshiriladi



t/r


Schyotlarning raqami



Schyotlardagi qoldiq

Summasi, p.b.da



Summasi, ming p.b.da

Ulush, foizda




2010 - “Asosiy ishlab chiqarish”

1260,0

32.8

2,95




2810 - “Ombordagi tayyor mahsulotlar”

531,9

11.2

1,01




9010 - “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”

2659,4

56.0

5,04




JAMI

4751,3

100,0

9,00

Misoldagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini buyurtmali usul orqali hisoblash juda oddiy va qulay hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va tugatishda tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaganligi uchun ham ortiqcha hisob- kitoblar qilinmaydi, shunga muvofiq tannarx miqdorini tez aniqlash va uni to‘g‘ri hisoblanish imkoniyati juda katta. Chunki, buyurtma bajarilgandan so‘ng qilingan barcha xarajatlar yig‘iladi, tannarx aniqlanadi. Bu usul shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil qilish, ya’ni xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi orqali ifodalanishiga ham oddiylik va qulaylik kasb etadi.
Quyidagi chizmada yuqorida ko‘rib chiqilgan misoldagi jarayonlarning buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishi ko‘rsatilgan hamda ana shu sintetik schyotlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar chizmasi ko‘rsatilgan. Misol ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, buyurtma uchun jami 3191,3 ming p.b. miqdorida xarajat qilingan, buyurtma 12 ta mahsulot birligidan iborat, shunga muvofiq bir dona mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 265938 p.b..
Shu o‘rinda misolning yakuniy bosqichidagi amalga oshirilgan to‘g‘rilanish, ya’ni korrektirovka jarayoniga ham e’tibor qaratish lozim. U umumishlab chiqarish xarajatlarining to‘g‘rilanishi hisobiga umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini 9 ming p.b., shunga muvofiq bir dona mahsulotning ishlab chiqarish tannnarxini 750 p.b.ga kamaytiradi. Ana shu to‘g‘rilanish-korrektirovka hisobiga bir dona mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi 265188 p.b.ni tashkil qiladi.

97

Tannarxni kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli
Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning jarayonli usulini doimiy ravishda ko‘p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘llashlari mumkin. Bu holatda buyurtmali usulda bo‘lgani kabi butun buyurtma davri uchun emas, balki ma’lum muddat davomida (kvartalda, yarim yilda va sh.k.) ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olishni yuritish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxi ma’lum bir vaqt mobaynida aniq bo‘linma tomonidan qilingan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasini aynan shu vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot soniga bo‘lish orqali topiladi.
Bu usulda ishlab chiqarish xarajatlari buyurtmani bajarish uchun ketgan vaqtda emas, balki alohida bo‘linmalar miqyosida hisobot davri oralig‘iga hisoblanadi. Buning uchun har bir bo‘linma uchun alohida “tugallanmagan ishlab chiqarish” schyoti ochiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini jarayonli usul orqali hisobga olishda, doimiy ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish hisobot muddatining boshi va oxiri uchun shartli tugallangan mahsulot ko‘rinishini oladi.
Shartli mahsulot birligi yoki shartli ishlab chiqarish hajmi tushunchasi ma’lum muddat davomida tayyorlangan mahsulot sonini o‘lchash uchun ishlatiladi. U to‘liq tugallanmagan mahsulotlarni shartli tayyor mahsulot sifatida hisobga olishga imkon beradi. Bu ko‘rsatkich quyidagiga teng bo‘ladi, ya’ni:

    1. Hisobot davri davomida ishlab chiqarila boshlangan hamda to‘liq tugallangan ko‘rinish olgan mahsulotlarning umumiy soni.

    2. Ana shu hisobot davri boshi va oxiriga mavjud bo‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni ifoda etadi.

Mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulida to‘g‘ri moddiy xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish xarajatiga ishlab chiqarish jarayoni boshlanishi bilanoq kiritilishini nazarda tutadi. Qayta ishlash xarajatlari yoki qo‘shilgan xarajatlar nomini olgan to‘g‘ri mehnat
xarajatlari va umumishlab chiqarish xarajatlari esa ishlab chiqarish sikli davomida teng miqdorda taqsimlanadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilib boriladi. Shuning uchun materiallar bo‘yicha shartli mahsulot birligi soni qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha shartli mahsulot birligidan farq qiladi.

Tannarxni kalkulatsiya qilishining jarayonli usuli:







Uzluksiz, bir necha bosqichdan iborat jarayonlar bo‘yicha keng ko‘lamdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo‘llaniladi

+



Mahsulot tannarxini jarayonli usul bo‘yicha hisoblashda o‘rtacha xarajatlar usul yoki FIFO usuli qo‘llanilishi mumkin.


Mahsulot tannarxini hisoblashning o‘rtacha xarajatlar usuli belgilangan muddat boshi uchun tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mahsulotni hisobot davri davomida boshlangan va tugatilgan sifatida ko‘rib chiqadi. Bunda “tugallanmagan ishlab chiqarish” hisob-kitob schyotida yig‘ilgan barcha (yil boshiga qolgan qoldiqlarni hisobga olgan
holdagi) xarajatlar hisobot davrida ishlab chiqarilgan shartli tayyor mahsulot birligiga bo‘linadi.
FIFO usulida hisobot davrining boshida birinchi navbatda tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari tugallangan ko‘rinish oladi, shundan keyin yangi mahsulot ishlab chiqariladi. FIFO usuli mohiyatini tushunish birmuncha qiyin bo‘lsa ham, real holatdan kelib chiqib o‘rtacha xarajatlar usuliga nisbatan aniqroq natijalarni berishi bilan o‘ziga xosdir.





Bu usulda, barcha xarajatlar, shu jumladan hisobot davri boshidagi qoldiq summasi ham qo'shilib, shu davrda ishlab chiqilgan shartli tayyor mahsulot soniga bo'linadi



O‘rtacha hisob usuli















Shuning uchun FIFO usuli mohiyatini atroflicha ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.


Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulidan foydalangan holda tayyor mahsulot tannarxini hisoblash uchta tahliliy jadvallar tuzilishiga asoslanadi:

  1. Shartli ishlab chiqarish hajmini hisoblash jadvali

  2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxi tahlili

  3. Yakuniy tannarxni hisoblash.







Tayyor mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli 3 ta tahliliy (analitik) jadval orqali amalga oshiriladi




1-Jadval




2-Jadval

3-Jadval



Ana shu tahliliy jadvallardagi ma’lumotlardan foydalanib, tayyor mahsulotga olib boriladigan xarajatlar miqdori va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i sifatida qoldiriladigan qismini aniqlash mumkin.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish