Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet33/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish sikllari










4




Qaror qabul qilish:

Alternativlar ichidan eng




ma’qulini (optimalini)

tanlab olish

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modeli – boshqaruv xodimlari qabul qiladigan qarorlarga bevosita ta’sir etadigan o‘zgaruvchan
ko‘rsatkichlar va parametrlarning miqdori va ramziy holatini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi manfaati nuqtayi nazaridangina shu yondashishni boshqaruv qarorlarini qabul qilish modeli deb e’tirof etiladi (chizma). Chunki, unda alohida e’tiborni talab qiladigan, lekin shu bilan birgalikda hisobga olinishida turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan, ya’ni tabiatan turli-tuman bo‘lgan ko‘rsatkichlar, omillar bilan ishlanishga to‘g‘ri keladi. Shulardan eng asosiylarini quyidagi ikkita ko‘rsatkichlar tizimida guruhlasa, yoki oddiyroq qilib aytiladigan bo‘lsa – hisobga olsa bo‘ladi.
Xususan:

  1. O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar.

  2. Parametrlar (o‘zgarmaydigan) ko‘rsatkichlar.

O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar – boshqaruv tizimi tomonidan nazorat qilib turiladigan omillardir.
Parametrlar – boshqaruv tizimi orqali nazorat qilinmaydigan omillar, cheklovlardir.
Misol uchun, ishlab chiqarilishi mo‘ljallanayotgan yangi mahsulot turi bahosining boshqaruv modeli ishlab chiqilmoqda. Ushbu holatni aniq baholash maqsadida tahlil o‘tkazilib, unda quyidagi: iste’mol ehtiyoji, bozor dinamikasi, raqobatchilar xatti-harakati va ishlab chiqarish quvvatlarini cheklash kabi parametrlar to‘liq aks ettirilishi lozim. Mazkur modelda o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar sifatida - mahsulot birligining sotuv bahosi, uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar, ishlab chiqarish texnologiyalari hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Bunday modelni ishlab chiqishda asosiy vazifa ushbu qarorga taalluqli bo‘lgan barcha o‘zgaruvchan va parametrlarni belgilash, hamma zarur axborotlarni yig‘ish hamda ularni tegishli ravishda taqdim etishdan iborat bo‘ladi.








Masalan:

  • mahsulot sifati;

  • iste’molchi talabini qondirish darajasi;

  • xaridorlar bilan uzviy aloqa;

  • va h.k.

Masalan:

  • mahsulotning bahosi;

  • mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari;

  • texnologiya;

  • va sh.o‘.
Bu omillarni o‘lchab hisoblab bo‘lmaydi
Bizda son omillari deb hajmiy ko‘rsatkichlar tushuniladi, masalan, korxonadagi ishlovchilar soni, ishlab chiqarishga sarflangan materiallar miqdori va sh.k. Sifat omillari, shuningdek, miqdoriy o‘lchanadi, ular u yoki bu ishlab chiqarish resursini foydalanish samaradorligini tavsiflaydi, masalan, mehnat unumdorligi, material sarfi, fond hajmiyligi va sh.k. Tahlilda sifat ko‘rsatkichlariga katta ahamiyat beriladi, ularning yakuniy ko‘rsatkichga faol ta’sir etishi tan olinadi.
Qarorlar qabul qilishda ham son omiliga, ham sifat omiliga jiddiy e’tibor qaratilishi va chuqur tahlil qilinishi lozim. Rahbariyat, ba’zi vaqtlarda doimiy buyurtmachilar bilan yaxshi munosabatlarni saqlash maqsadida, ayrim xarajatlar ko‘payishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yishi mumkin.



Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar




Мasalan

  • To‘g‘ri material xarajatlari sarfi

  • mehnat haqi xarajatlari

  • ijara to‘lovi

  • kommunal xizmatlar xarajati

  • va h.k.
Sonli
(o‘lchovli)
1 omillar

Sifat (o’lchovsiz) оmillari

Bu omillarga boshqaruv tizimi (qarori) оrqali ta’sir o‘tkazish imkoniyati yo‘q

Masalan

  • iste’mol talabi

  • bozor hajmi

  • raqobat ta’siri

  • va h.k.
2
Ko‘rib chiqilayotgan variantlarning birini tanlashga undaydigan barcha sabablarni boshqaruv hisobida ikki guruhga – son va sifat omillariga bo‘lib hisobga olish va tahlil ma’lumotlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir (chizma).
Sonli omillar - osonlik bilan miqdor jihatidan hisobga olinadigan ko‘rsatkichlar. Misol uchun, ishlab chiqarishdagi ishchilarga to‘lanadigan ish haqi, materiallar xarajatlari, ijara to‘lovi miqdori, isitishga ketadigan sarflar va sh.k. Har qanday korxonaning iqtisodchilari hisob va tahlil jarayonida ishlatilishi mumkin bo‘lgan omillarni imkon qadar miqdoriy holatda, ya’ni hisoblanish jihatdan qulay bo‘lgan sonlar ko‘rinishida ifodalashga harakat qiladilar.
Sifat omillari – ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri miqdor jihatdan o‘lchab, oddiyroq qilib ifodalanadigan bo‘lsa – to‘g‘ridan to‘g‘ri sonlar ko‘rinishida ifodalab bo‘lmaydi. Masalan, sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarning sifati, uning iste’molchilar didini qondirish darajasi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy xomashyo ta’minotchilari hamda xaridorlari bilan munosabatlarning barqarorligi va sh.k.
Ta’kidlash joizki, bizning xo‘jalik faoliyatimizdagi an’anaviy tahlilda, aniqrog‘i omilli modellashtirish va tahlildagi son va sifat omillari tushunchasi g‘arb mamlakatlarining boshqaruv hisobida qo‘llaniladigan aynan shu termin (atama)lardan farq qiladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, bizda shakllangan amaliyot va olimlarimiz qarashlarida ishchi-xizmatchilarning soni, sarf qilingan moddiy va mehnat xarajatlari miqdori sonli omillar sifatida hisobga olinadi. Shu bilan bir qatorda sifat omillarini ham hisobga olish va ularni tahlil jarayonlarida keng qo‘llash amaliyoti mavjud. Masalan, u yoki bu resurslardan foydalanish samarasini ko‘rsatish maqsadida – mehnat unumdlorligi, asosiy kapital unumdorligi, kapital yoki mablag‘ bilan ta’minlanish darajasi, mablag‘lar qaytarilishi darajasi va sh.k. Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, tahlillar jarayonida aynan shu sifat ko‘rsatkichlarini batafsil o‘rganishga katta e’tibor qaratiladi. Lekin, g‘arb mamlakatlari boshqaruv hisobi amaliyotida keng qo‘llaniladigan
sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olish, ularning dinamikasini kuzatish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilishda ularning ta’sirini hisoblash masalalari nafaqat amaliyotchilarimiz, balki nazariyachi olimlarimiz e’tiboridan ham hozirgacha chetda qolib kelmoqda.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish