Boshqaruv hisobi


BOB. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH ASOSLARI



Download 1,19 Mb.
bet31/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

BOB. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH ASOSLARI


1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari va modellari. 2. Alternativ xarajatlar.


3. Boshqaruv hisobida relevant va norelevant xarajatlar.

    1. a) illustrativ misol

b) test savollari
v) masalalar va muammolar


Mavzuning maqsadi


Ushbu mavzuda e’tibor "Boshqaruv hisobi" kursining asosiy mavzularidan biri bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari uchun qisqa muddatli samarali qarorlar qabul qilishlarining asosiy yo‘l- yo‘riqlari, tamoyillari, yondashuvlariga qaratilgan.


Boshqaruv hisobi kursining eng muhim vazifalaridan biri - bu xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatini quyidagi uchta asosiy axborot turi bilan uzluksiz tarzda ta’minlashi lozimligidir:

    1. Ishlab chiqilayotgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan, shuningdek uning asosida baho belgilash va tovar-moddiy zaxirasini baholash maqsadlari uchun;

    2. Operativ rejalashtirish va nazorat maqsadlari uchun xarajatlarning o‘zgarishi borasidagi tahliliy ma’lumotlar bilan;

    3. Boshqa turli xil xo‘jalik jarayonlari hamda vaziyatlarida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maxsus tahlil ma’lumotlari bilan.

Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisoblash usullari, shuningdek tannarxni rejalashtirish va nazorat qilish tartiblari boshqa mavzular doirasida batafsil ko‘rib chiqilgan. Bu mavzu doirasida esa
qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilish sir-asrorlari, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektni operativ boshqarish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishning iqtisodiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.
Shu borada boshqaruv borasida muhim hisoblanadigan, shuningdek qiziqarli va foydali tushuncha - "relevant" tushunchasi mohiyati to‘g‘risida ham atroflicha fikr yuritiladi. Boshqaruv jarayoniga doir qarorlar qabul qilishda vujudga keladigan ko‘plab variantlardan eng samaralisini tanlab olishda relevant yondashuvining ahamiyati turli vaziyatli misollar bilan atroflicha yoritilgan. Xususan, maxsus buyurtmani qabul qilish yoki undan voz kechish, butlovchi mahsulotlar va ehtiyot qismlarni sotib olish yoki ularni o‘zlari ishlab chiqarish, cheklangan resurslar sharoitida mahsulot turlarini tanlash, foyda bermaydigan biznes segmentini tugatish, mahsulotlarni sotish yoki ularni qayta ishlashni yanada o‘zlari davom ettirishi, uskunalarni modernizatsiyalash yoki eskisini qoldirishga o‘xshagan odatdagi xo‘jalik vaziyatlari bo‘yicha tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilishda relevant yondashuvlardan foydalanish yo‘llari bayon qilinadi.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish