Boshqaruv hisobi


-§. boshqaruvning mohiyati, tamoyillari va maqsadlari



Download 1,19 Mb.
bet5/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

2-§. boshqaruvning mohiyati, tamoyillari va maqsadlari


Boshqaruv fani dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida bugungi kungacha rivojlanib, mohiyati yanada oydinlashib o‘z tamoyillariga ega bo‘lib bormoqda. Ana shu masalalarda bir qator maktab vakillari va ularning qarashlari mavjud bo‘lib, e’tiborga molik bo‘lganlaridan biri - Emersonning o‘n ikki tamoyili nomi bilan tanilgan.


Boshqaruvni takomillashtirish borasida olib borilgan Emerson ishlarining asosiy yo‘nalishlari ishchilarni emas, balki boshqaruvchi-
larning mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgan. Tabiiy boyliklar talon-taroj qilinishi, ulardan nooqilona foydalanish va inson imkoniyatlari boy beriladigan sabablarning asosi – noto‘g‘ri tashkilotchilikda deb ta’kidlagan13.
Emerson o‘z zamondoshlaridan farqli o‘laroq, ishda yuqori natijalarga minimal xarajatlar evaziga erishiladi deb hisoblar edi. Ishdagi zo‘rma-zo‘rakilik yaxshi natijalar bermasligi, balki aksincha, zo‘rma- zo‘rakilik va unumdorlik o‘rtasida teskari aloqa mavjud.
Emerson nazariyasiga muvofiq, zavoddagi usta faqat o‘z boshlig‘i ishini yengillashtirish uchun emas, balki ishchilarga rahbarlik qilish uchun ishlaydi, taqsimotchi – rahbar past bo‘g‘in boshliqlariga xizmat ko‘rsatish uchun va h.k., ya’ni, u birinchi bo‘lib mehnatni boshqarishning maqsad va mohiyatini anglab yetdi. Emerson tomonidan taklif etilgan quyidagi o‘n ikki tamoyilning mohiyati hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q14:

T.r

Mezon

Mohiyati

1

Maqsadning aniq belgilab olinishi

Kelishilgan maqsadlar va shu borada to‘g‘ri yo‘naltirilgan ko‘rsatmalar katta natijalarga erishishga imkon beradi.
Kelishilmagan maqsadlar katta yo‘qotishlarga olib keladi

2

Sog‘lom fikr

Ishlab chiqarishni tashkil etish asosida tonnalar ortidan quvish, biznesga katta kapital kiritishga intilish emas, balki ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish, sog‘lom fikr asosida tashkilot
muammolarini yechish yotishi lozim

3

O‘rinli maslahat

Emerson har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning “barcha bo‘linmalarda boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi” bo‘lim tashkil etishni taklif etgan. Emersonning bu qoidasi zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyektlarda menejment rolini tushunishda
to‘liq mos keladi

4

Intizom

Bu borada tegishli yo‘riqnomalar mavjud bo‘lishi va har bir
ishchi uni bilishi va bajarishi lozim

5

Xodimga nisbatan munosabat

Ishchilar yaxshi mehnat sharoiti, ish haqi va doimiy ravishda malakalarini oshirish imkoniyatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Ishchilar tanlov asosida ishga olinishi va bunda ularning
ishga qobiliyatlarini hisobga olish lozim

6

To‘liq va doimiy hisob

Emersonning fikricha mahsulotlarning miqdori, narxi, samaradorligi hisobini yuritish orqali unumdorlikka erishish
mumkin



13 Научная организация труда и управление. - М.: Экономика, 1965.


14 Эмерсон Г. Двенадцать принципов поизводительности труда. - М.: Экономика, 1972.

7

Dispetcherlik

Dispetcherlik – bu rejalashtirishning bir qismini o‘zida namoyon etadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, ishni rejalashtirib, unga dispetcherlik qilmasdan, hattoki rejalashtirilmagan ishga dispetcherlik qilish yaxshiroqdir

8

Me’yorlar va ish rejimi

Me’yorlash unumdorlik zaxiralarini aniqlash va yo‘qotishlarni kamaytirish ustida ishlashga imkon beradi. Oqilona mehnat me’yorlarini aniqlash barcha operatsiyalarning xronometraji, samarali rejalashtirish, psixologlar, fiziologlar va boshqa
mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi lozim

9

Sharoitlarning
me’yorlashtirilishi

Sharoitlarning me’yorlashtirilishi aniq va to‘liq hisob,
shuningdek ishlarni rejalashtirish uchun zarurdir

10

Operatsiyalarni me’yorlashtirish

Operatsiyalarni me’yorlashtirish bir tomondan, ishlab chiqarishda avtomatlashtirishni joriy qilish orqali ishlab chiqarishni standartlashga imkoniyat yaratsa, ikkinchi tomondan operatsiyalarni bajarilishida vaqtni me’yorlashga
ko‘maklashadi

11

Yozma standart yo‘riqnomalar

Emersonning fikricha, yozma standart yo‘riqnomalar to‘plami qonunlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt amaliyotining kodifikatsiyasi hisoblanadi. Bu xo‘jalik yurituvchi subyektda erishilgan muvaffaqiyatlar yozma ravishda mustahkamlanishi
uchun zarurdir

12

Unumdorlik uchun mukofot

Ishdagi yaxshi natijalar uchun rag‘batlantirish va ish haqini oshirish tizimining yo‘qligi unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Ishchilarning rag‘batlantirish uchun ish haqidan tashqari, rag‘batlantirishning boshqa shakllaridan ham
foydalanish maqsadga muvofiqdir

Yuqoridagi tamoyillarning juda ko‘pchiligining hozirgi bosqichidagi ahamiyati oshsa-oshganki, kamaymagan. Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni boshqarish jarayoni, ularda ishni tashkil qilish, bozorga o‘zi ishlab chiqargan mahsulot, ish va xizmatlarni olib chiqish, qolaversa chet mamlakatlarga yuqori sifatli mahsulotlarni chiqarish borasidagi juda keng qamrovli yo‘nalish berilgan tamoyillarni barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashlari kerak.


Boshqaruvni tashkil qilish borasida Anri Fayolning (1841-1925 yy.) xizmatlari ham katta ahamiyatga ega. Anri Fayolning o‘zi juda ko‘p yillar (taxminan 30 yildan ortiq davr mobaynida) Fransiyadagi yirik tog‘-kon va metallurgiya kompaniyasini boshqargan. U kompaniyani bankrotlik arafasida qabul qilib, o‘zidan keyin eng yirik fransuz kompaniyalarini qoldirdi. Ijodiy fikrlarning katta amaliy tajribalar bilan uyg‘unlashib ketishi va tashkilotni boshqarish sohasida eksperimentlar
olib borish imkoniyatlari boshqaruvga doir qarashlarning rivojlanishida sezilarli turtki bo‘lgan.
U ilmiy ishlarida ko‘targan masalalar mohiyatini ochishda o‘zi ishlayotgan bitta kompaniya doirasida cheklanib qolmadi, aksincha o‘z g‘oyalarini boshqaruv obyekti bo‘lgan ixtiyoriy tashkilotga targ‘ib qildi.
Anri Fayolning boshqaruv fani oldidagi muhim hissasi – u birinchi bo‘lib “boshqaruv” tushunchasiga quyidagicha aniq ta’rif bergan, ya’ni: Boshqarish – xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan barcha resurslardan maksimal darajada foydalangan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektni maqsadlari sari yetaklashdir.
Fayol boshqarilishi zarur bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini quyidagi 6 ta sohaga ajratadi:


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish