Бозор ўринбоев


bo‘ralamoq - shiddat bilan yog‘moq ovul



Download 3,3 Mb.
bet14/69
Sana21.05.2022
Hajmi3,3 Mb.
#606066
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Bog'liq
maxsus fan. majmua 1 (2) - копия

bo‘ralamoq - shiddat bilan yog‘moq
ovul — ko‘chmanchi chorvadorlar o‘rnashgan joy; qishloq
Talabalarning e’tibori voqealar rivojiga, bundagi tasvirga, tas-virlardagi ifoda imkoniyatlariga tortiladi. Birgina qish manzarasining o‘zinigina olaylik. Banddan bandga o‘tgan sari qish tasvirining, ayniqsa savuq va izg‘irinning kuchliroq bo‘yoqlarda ko‘rsatilishini kuzatish mumkin. Endi matndagi vaqt oqimiga e’tiborni tortish mumkin bo‘ladi. «Hangoma» she’rida vaqtning ifodalanishi ham o‘ziga xos tarzda kechgan. Birinchidan, u fasl ma’nosida (qish), ikkinchidan sutkaning bir qismi ma’nosida kuzatiladi. Voqealar ertalab, (har holda kunning birinchi yarmida-kunduz kuni) boshlanadi. Kunduz so‘zi ishlapshlmasdan turib, tasvir maromidan shu narsa anglashiladi. Birining otga, boshqasining eshakka minishi, qorning yog‘ib turganligini ko‘rish, suhbatning xotirjam va izchil davom etayotganligini ko‘rsatuvchi tasvirlar shunga xizmat qiladi.
Chollarning tuni bilan adashib, qiynalib yurganlari maxsus ko‘rsatil-masa-da, «qish», «sovuq» so‘zlari oldidan keltirilgan «qora» sifatlashi shu vazifani ham bajara oladi. Qolaversa, quyidagi band ayni vaqtda o‘zidan oldingi paytning qorong‘i kecha ekanligini tasdiqlab turadi:
Nihoyat, ularning harakatidagi navbatdagi payt ko‘rsatiladi (Tongga yaqin qishloqqa kirshidilar qalpshrab).
Tahlilning navbatdagi bosqichida she’rdagi ruhiy holatlar tasviri va talqinini kuzatish mumkin. Unda ham yuqoridagi tartibni davom ettirshi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Matn mazmunini to‘la anglab etish uchun ayrim savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Xususan:
1. «Qor yog‘ardi bo‘ralab, Qolishmasdi dovuldan» misralarida muallif ob-havoning yomonligi, qishning ancha qattiq ekanligini alohida ta’kidlagan. SHunga qaramay ikki chol nima uchun yo‘lga tushishdi ? Matnda shu holat izohlanganmi? U qaysi misralarda o‘z ifodasini topgan?
2. Voqeaning ayni qishning qahratonida bo‘layotganligi nima uchun qayta
eslatiladi? Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun adib qanday tasvir
vositalaridan, so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanadi?
3. Voqeaning sodir bo‘lgan joyi aniqmi? U qaysi so‘zlar orqali ifoda
etilgan?
4. She’rda o‘zbekona ruhiyatning aks etgan o‘rinlarini ko‘rsata olasizmi? SHoir ularni qanday aks ettirgan?
5. «Qor tindi-yu, chollarning ichiga kirdi quyun» ifodasining mazmunini izohlang.
6. Chollarning bir-birlariga qanday so‘zlar bilan murojaat qilganlariga e’tibor bering. Ularning nima uchun shu so‘zlarni qo‘llaganlarini asoslang.
7. Adashib qolishdagi noqulaylik va vahima yanada kuchaytirib berilgan bandlarni toping. SHoirning topqirligini qanday baholaysiz?
8. She’rda ikki cholning ulovi alohida e’tiborda bo‘lgan. Ularning
tasviri bilan bog‘liq ifodalarning o‘ziga xosligi nimada deb o‘ylaysiz?
9. She’rda takrorlanib qo‘llangan bir necha so‘zlar mavjud. Ular bajarayotgan badiiy-uslubiy vazifalarni tushuntirishga harakat qiling.
10. She’rning boshlanshii va oxirgi bandlaridagi fe’l shakllariga e’tibor bering. Ularning qo‘llanishidagi farq va sabablarni izohlang.
YUqorida tahlil qilingan matnlar natijasida, biz quyidagi xulo-salarga kela olamie. Matnning bevosita so‘z bilan ifodalangan tashqi tomoni uningi chki, yashirin tomonini ochishga ham imkon beradigan asosiy omildir. Faqat bu omil «bir o‘lchamli» bo‘lmaydi. YA’ni faqat ifoda imkoniyatining o‘zi uning ichki ma’nosini butun qamrovi va to‘laligi bilan ochib berishga qodir emas. O‘quvchilarning matndagi mavjud mazmun-mohiyatni to‘la anglab etishlari uchun undagi lisoniy xususiyatlarning butun majmuiga, matnning qurilishiga, uning qismlari orasidagi mantiqiy aloqadorlikka e’tibor berish zarurati seziladi. Demak, tahlil jarayonida matnning faqat ko‘rinishi, tashqi tomoni emas, balki mana shu tashqi tomon — so‘zlar va gaplar bilan ifodalanadigan qismdan tashqari, ularning o‘zaro munosabat va aloqadorligidan kelib chiqadigan ma’no ham asosiy o‘rin tutishini anglab etish maqsadga muvofiq bo‘ladi».
Demak, badiiy asar tilini tahlil qilishning ham xilma-xil shakl va ko‘rinishlari mavjud. Bularning hammasi esa o‘quvchilarning badiiy asar bilan yaqinligini kuchaytiradi, ularning qalbida badiiy so‘zga, adabiyotga, ular orqali esa ezgulikka bo‘lgan mehrini oshiradi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish