Бозор ўринбоев



Download 3,3 Mb.
bet9/69
Sana21.05.2022
Hajmi3,3 Mb.
#606066
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
maxsus fan. majmua 1 (2) - копия

Elektron manbalar
1.http:/www.gov.uz/ Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU sayti.
2.http:/www.pedagog.uz/ Pedagogika muassasalari portali.
3.http://teoria-ractica.ru/rus/files/arhiv_zhurnala/2011/6/filologiya/galay.pdf
4.http://www.uz-translations.net
5.http://www.booksbooksbooks.ru
6.http://www.literature-onlin
7. www.pedagog. uz

1-MAVZU
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari va uning tanqidiy tahlili
(ma’ruza – 2 soat)
1.1. Ma’ruzani olib borish modeli
Mashg‘ulot shakli
Axborotli
Talabalar soni – 5 ta
Ma’ruza rejasi

  1. “Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi” fan sifatida.

Uning mazmun qamrovi.

  1. Maxsus fanlarini o‘qitishga oid metodlar tavsifi va tasnifi.

  2. Ta’lim texnologiyalari hamda o‘qitish metodlarining o‘zaro munosabatlari.

  3. Adabiyotshunoslikka oid maxsus fanlarni ta’limning turli tizimida o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  4. Fanni o‘qitishda tanqidiy yondashuv.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi. Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fani bo‘yicha umumiy tushuncha berish.
Pedagogik vazifalar:
o‘quv faoliyati natijalari:
Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirish.
Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirib bera oladilar.
Fan haqida umumiy tushuncha berish.
Fan haqida umumiy tushunchasini aytib bera oladilar.
Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirish.
Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirib bera oladilar.
O‘qitish vositalari
O‘UM, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska
O‘qitish usullari
ma’ruza, blits-so‘rov, Pinbord texnikasi, aqliy xujum
O‘qitish shakllari
frontal, kollektiv ish
O‘qitish sharoiti
kompyuter, proektor
Monitoring va baholash
Og‘zaki savollar, blits-so‘rov
Ma’ruza mashg‘ulotini olib borish texnologiyasi
Ish bosqich-lari
O‘qituvchi faoliyatining mazmuni
Tinglovchi
faoliyatining mazmuni
1-bosqich.
Mavzuga
kirish
(20 min)
O‘quv mashg‘uloti mavzusi, 4 savollarni va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.
Baholash mezonlari (2 – ilova).
Pindbord usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi. Pindbord usuli natijasiga ko‘ra tinglovchilarning nimalarda adashishlari, xato qilishlari mumkinligining tashxizini amalga oshiradi (1-ilova ).
1.3. Mavzuni jonlashtirish uchun savollar beradi. (3-ilova).
Tinglaydilar.
Tinglaydilar.
2 -bosqich.
Asosiy bo‘lim
(50 min)
2.1.1 savol yuzasidan qisqa ma’ruza qiladi.
2.2.Ma’ruza rejasining hamma savollari bo‘yicha tushuncha beradi. (Ma’ruzada berilgan savollar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosa beradi.
2.3.Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.
Tinglaydilar.
Tinglaydilar.
UMKga qaraydilar
UMKga qaraydilar
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.
3- bosqich.
Yakunlovchi
(10 min)
Mashg‘ulot bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi.
3.2.Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxatini beradi.
3.3.Keyingi mazvu bo‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.
Savollar beradilar.
UMKga qaraydilar.
UMKga qaraydilar.



Adabiyot o‘qitish boshqa fanlarni o‘qitishdan anchayin keskin farq qiladi. Shunga ko‘ra uni fan sifatida qaraydiganlar bir guruhni tashkil etsa, adabiyot o‘qitishni san’at turi sifatida baholab, adabiyot o‘qituvchisining ishini ham san’atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas. Demak, ular adabiyot o‘qitish metodikasini ham san’at bilan tenglashtirishadi. Amaliyotchilik nuqtai nazaridan qaraydiganlar esa adabiyot o‘qitish metodikasini darslarning o‘tilishiga bevosita yordam beradigan, har bir darsning yaxshi va samarali bo‘lishiga amaliy ko‘mak bera oladigan soha deb bilishadi.
Adabiyot o‘qitish metodikasi birinchi navbatda adabiyot o‘qitishning, ya’ni adabiy ta’limning maqsadi va mazmuni haqidagi fandir. Ma’lumki, adabiyot ta’limning turli bosqichlarida xuddi boshqa predmetlar kabi o‘sib kelayotgan avlod - o‘quvchilarga mo‘ljallangan. Ta’lim jarayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o‘quvchilarda - o‘sib kelayotgan yosh avlodda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma’naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha yo‘q, deb ayta olamiz. Shunga qaramay, badiiy adabiyotga bo‘lgan munosabatlarning ham nihoyatda xilma-xilligini, ularning orasida «bevosita naqd foyda»ni ko‘zlab o‘qish tamoyillarining ham mavjudligini e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Buni adabiyotshunos D.Quronov shunday ifodalagan: «Hozirgi kunda, taassufki, badiiy asarga noijodiy yondashish o‘quvchi ommaning aksariyatiga xos bo‘lib qolayotir. Ko‘pchiligimiz badiiy asarni ma’naviy-ruhiy imkoniyatlarimizni kengaytirish ehtiyoji bilan emas, ko‘proq hordiq chiqarish niyati bilan o‘qiydigan bo‘lib qolyapmiz. Do‘konlarimizda yaltiroq muqovali, oldi-qochdi gaplarga to‘la kitoblar salmog‘ining ortib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Totalitar yondashuv natijasida ko‘pchilik asardan voqea qidiradi, bu toifa uchun «O‘tkan kunlar» Otabegu Kumushning sarguzashtlaridan boshqa narsa emas, «Qutlug‘ qon» - Yo‘lchi bilan Gulnor sevgisi-yu bir ablah boyning to‘g‘anoq bo‘lishi, xolos... - xullas, biz vositani maqsad deb tushunadigan bo‘lib qolayapmiz»1.
Demak, biz badiiy adabiyotni o‘rganish yo‘llarini ham bilishimiz zarur bo‘ladi. Shunday ekan, bu fan o‘quvchi-yoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari, bu o‘ziga xosliklarning adabiy ta’lim bilan bog‘liq jihatlari haqida mulohaza yuritadi. Adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘z nomiga munosib ravishda o‘quvchilarga badiiy adabiyot bilan yaqinlashish, oshno bo‘lish va ularni tahlil qilish yo‘llarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Ayni paytda u kitob ustida ishlashni, badiiy o‘qishni tashkil etishni, o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarining shakllanish va rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatishi bilan ham e’tiborlidir. Ayni shu fan adabiyot darslarini tashkil qilish, bu darslarda qo‘llanadigan metod va usullar, o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlarini shakllantirish va rivojlantirish haqida tasavvur uyg‘otadi, shu haqidagi bilimlar tizimini taqdim etadi. Mana shular zamirida esa o‘quvchilarga jamoaviy, guruh-guruh yoki individual yondashishning yo‘l-yo‘riqlarini beradi.
Xitoy maqollarining birida shunday deyiladi: «Insonning qo‘liga bir dona baliq ber - u bir kun to‘q bo‘ladi, unga baliq tutishni o‘rgat - u butun umri davomida to‘q yuradi»2. Demak, bir ish qilish uchun shu ishni qanday qilib yaxshiroq va natijaliroq tarzda amalga oshirish mumkin degan savolga javob izlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bizning holatimizda bu savolga adabiyot o‘qitish metodikasi fani javob beradi.
Metodika faniga berilgan ta’riflar nihoyatda xilma-xilligi bilan ko‘zga tashlanadi. Ular ichida eng e’tiborlilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: M.A.Ribnikova: «Metodika — bu vaqtni tejash malakasi, o‘quvchi kuchlarini oqilona sarflash, o‘quv materialidagi asosiy va bosh narsani topish malakasi, jamoa mehnatini tashkil qilish san’ati, bu o‘quvchilardagi xilma-xil individualliklarga tayanadigan ta’sir tizimidir».

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish