Bugalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit



Download 1,67 Mb.
bet1/20
Sana13.07.2022
Hajmi1,67 Mb.
#785056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kurs ishi Togaev Behzod1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI

"BUGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT" KAFEDRASI
"MOLIYAVIY TAHLIL" FANIDAN
KURS ISHI

MAVZU: MOLIYAVIY TAHLILNING TURLARI/SHAKLLARI VA ULARNI BOSHQARISHDAGI RO`LI
Bajardi: SMM-55 guruh Togaev Behzod Bozorboy o’g’li
Ilmiy rahbar:


Toshkent-2022
Mavzu: Moliyaviy tahlilning turlari, shakllari va ularni boshqarishdagi roli
Reja :

Kirish
1.Buxgalteriya balansining tarkibi va tuzilishi
2.Mol – mulk tarkibining tahlili
3.Mablag‘lar manbayi tahlili
4..Moliyaviy barqarorlik tahlili
5.Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro`yxati

K I R I SH
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturni joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
Birinchi Prezidentimiz I. Karimov: «Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta’kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi. Bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir bo‘ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam ravishda tahlil qilib borishni taqozo etadi.
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarnixo‘jalik subyektlari sifatida rivojlantirishni taqozo etadi.
Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum bilimga ega bo‘lishimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisob-kitoblarning puxtaligiga, pul oqimlarining oqilona boshqarilishiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishiga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir.Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o‘rganishda, hamkorlarning moliyaviy ishonch-liligini bilishda, o‘zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo‘ymaslik va boyliklardan o‘rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan.
Iqtisodiy tahlil boshqaruvning bir funksiyasi sifatida mavjud axborotlarga tayanadi, ammo axborotlar hali hech narsani hal qilmaydi. Ularni menejerning maqsadidan kelib chiqqan holda qayta ishlashni, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirishni, moliyaviy hisobotlarni iqtisodiy jihatdan o‘qishni talab qiladi. Bu esa,o‘z navbatida, iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli zamonaviy mutaxassislar shu fanni mukammal o‘rganishi lozimligini obyektiv zaruratga aylantirdi. Bunday zaruriyat tufayli barcha iqtisodiyotga oid mutaxassisliklar iqtisodiy tahlil fanini, uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy va boshqaruv tahlilni o‘rganishi majburiy qilib belgilangan va mutaxassislarni shakllantiruvchi fan sifatida ularning o‘quv rejasiga kiritilgan.
Oliy o‘quv yurtlari faoliyati baholanadigan mezonlarni shakllantirishda oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati va ilmiy salohiyat darajasi indeksiga asosiy e’tibor qaratiladi.
E’tiboringizga havola etilayotgan «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» darsligida korxona, firma, kompaniyalarning mahsulotlar ishlab chiqa-rish va sotish, mehnat va moddiy boyliklaridan foydalanganligi, asosiy ishlab chiqarish va davr xarajatlari tarkibi, moliyaviy natija hamda mo-liyaviy holat, asosiy vositalar tarkibi, pul oqimlari va xususiy kapitallar harakatini tahlil qilishning uslublari sodda va tushunarli tilda yoritilgan.Darslik korxona mablag‘larini, uning tashkil topish manbalarini, moliyaviy natijalarini, asosiy vositalar harakatini, pul oqimi va xususiy kapital o‘zgarishini omilli, qiyosiy tahlil qilishning amaldagi tartibi, firma hamda kompaniyalarning kreditga layoqatliligi, moliyaviy barqaror-ligini aniqlashning uslubiy asoslarini o‘rganishga yordam beradi.
Darslikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u zamonaviytalablardan kelib chiqqan holda har bir iqtisodiy kategoriyani baholash va ularni tegishli ko‘rsatkichlar bilan ifodalashda mavjud bo‘lgan turli qarashlarga tanqidiy yondoshilgan va ularga fikr bildirilib, har biri imkon qadar nazariy jihatdan asoslangan. Nazariy masalalarning yechimi amaliy ma’lumotlarni qo‘llagan holda isbotlab berilgan. Demak, mazkur darslikda nazariy masalalar bilan amaliyotning uyg‘unligi ta’minlangan.
Oliy o‘quv yurtlarining «Biznes va boshqaruv» ta’lim sohasida bilim olayotgan talabalar, bo‘lg‘usi buxgalter-auditorlar, davlat moliyasini boshqarish, qimmatbaho qog‘ozlar va sarmoyalar bozori, soliq va soliqqa tortish, bank ishi, sarmoyalar moliyasi va ularning monitoringi, kasb ta’limi hamda magistraturaning «Kredit», «Xalqaro valuta-kredit munosabatlari», «Iqtisodiy tahlil», «Davlat moliyasini boshqarish», «Soliq va soliqqa tortish», «Buxgalteriya hisobi», «Audit», «Bank auditi», «Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish», «Korxona moliyasi», «Sug‘urta ishi», «Tashqi iqtisodiy faoliyat», «Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlarni boshqarish», kabi mutaxassisliklarini egallovchilar uchun ham «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» darsligidan foydalanish, o‘z kasbini chuqur egallashiga yordam beradi.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I. Karimov o‘z ma’ruzasida: «Ta’lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan «Inssad» xalqaro biznes maktabining 2012-yilgi «Innovatsiyalarning global indeksi» ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylayman»,degan fikrni yuritgan.
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» nomli darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasi asosida tayyorlandi va uslubiy kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlarida foydalanishga tavsiya etildi.
Kitobxonlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil uslubiyati bilan chuqur tanishtirish maqsadida har bir yoritilgan mavzudan so‘ng tayanch iboralar, takrorlash uchun savollar, mustaqil bajarish uchun topshiriqlar va test variantlari berilgan.
Mustaqillik, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqqa nisbatan erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish uchun sherik tanlay bilish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va uni sotishdan olgan daromadga to‘liq egalik qilish huquqini berdi va bu moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga bevosita ta’sir etadi.
Yangicha ish yuritish, jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamroh tanlash bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yodam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab; korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortdi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish dolzarb muammoga aylanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatini moliyaviy natijalari – foyda va rentabellik korxonalar faoliyatini asosiy ko‘rsatkichlariga aylanadi.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotgan bir sharoitda, iqtisodiyot sektorlarining uzluksiz faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishi muhim hisoblanadi. Mustaqil mamlakatimiz dastlabki yillardanoq sobiq ittifoq respublikalari singari rejali va markazlashtirilgan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun qadam qo‘ya boshladi. Mustaqillik yillarida respublikamizda iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘ziga xos va mos bo‘lgan bosqichma-bosqich hamda kuchli ijtimoiy muhofaza qilish yo‘lini tanladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida iqtisodiyotni isloh qilishning g‘oyat muhim yo‘nalishlarini belgilab beruvchi asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Shu jihatdan, O‘zbekistonda isloh qilish – mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish bilan belgilanadi. Mazkur masalalarni to‘g‘ri mushohada qilgan holda Prezidentimiz I.Karimov shunday degan edi: - «Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa - bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir».deb ta’kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalari foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi.
Shu jihatdan qaraganda, korxonalarning barqaror faoliyat yuritishida, ishlab chiqarish jarayonining barcha elementlari, shu jumladan, buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil mukammal ishlashi kerak. Iqtisodiyot sektorida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish ushbu sohada iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirishni taqozo etadi. Shu sababli, moliyaviy hisobot shakllari va ularning tahlilini takomil-lashtirish, uni barcha sektorlarning tuzilmasiga va o‘zgarishlariga mos tarzda qayta qurish, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini o‘rganish va nazorat qilishning maqsadli shaklini ishlab chiqish hamda qaror toptirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu jihatdan ham, keyingi yillarda respublikamizda boshqaruv va moliyaviy tahlilga e’tibor kuchaygan. Bu esa bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borishni hamda zamonaviy iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni taqozo etmoqda.
Ushbu holatni hisobga oladigan bo‘lsak, korxonalarning moliyaviy holatini baholash va uning tahlilini to‘g‘ri tashkil etilishi hamda takomillashtirilib borilishi bozor iqtisodiyotining eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim bo‘ladi. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etish orqali uni yanada sog‘lomlashtirish imkoniyatlariga baho beriladi hamda moliyaviy mustahkamligi kuchaytiriladi.
Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilagan tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, ta’minlovchilar, iste’molchilar va boshqa organlar, tashkilotlar ham shug‘ullanishmoqda.
Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar qo‘ymoqda. Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, jumladan korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning uslubiy masalalari markazda - butun ittifoq organlari tomonidan ishlab chiqilgan va muammolar yechilgan ittifoqdosh respublikalarga foydalanish uchun jo‘natilgan.
Sobiq ittifoqning parchalanishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o‘tish uchun o‘z yo‘lini tanlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davom ettirib, bozor iqtisodiyotini shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelini ishlab chiqib, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan holda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni huquqiy bazasini tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinmoqda.
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish muhim rol o‘ynaydi, chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot shakllari qabul qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish muhim ahamiyatga ega.
Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, lekin bu borada hali yechilmagan muammolar ham kam emas. Moliyaviy tahlil o‘tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali ham ilmiy, ham amaliy nuqtayi nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmagan. Bu holat, albatta bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda.
Moliyaviy holat davlat, tashkilot va shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq pul hisob – kitoblarini ifodalaydi. Moliyaviy holat korxonani mablag‘ bilan ta’minlanganligi, barcha turdagi mablag‘larni maqsadga muvofiq yo‘nalishi va ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi, budjet, bank, xomashyo yetkazib beruvchilar, xaridorlar va boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan hisob-kitob holati bilan xarakterlanadi. Korxonani moliyaviy holati barqaror, nobarqaror va krizis darajasida bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy barqarorlikka ega bo‘lgan korxonalarda ishchi va xizmatchilar bilan ish haqi, budjet, bank, mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob – kitob ishlari o‘z muddatida amalga oshiriladi. Moliyaviy intizomga rioya qilmaslik, debitorlik va kreditorlik qarzlarini ortib ketishiga olib keladi va muddati uzaytirilgan qarzlarni surunkali davom etishi bankrotlik alomatlarini vujudga keltiradi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish