Bugun mahalla jamoatchilik nazoratining yetakchi bo‘g‘ini sifatida maydonga chiqmoqda tuzilmaning ayni jarayondagi ishtiroki odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish, ularning xohish-istaklarini ifodalash, rahbarlarning qonunlarga rioya


MAHALLA — JAMOATChILIK NAZORATIDA YeTAKChI BO‘G‘IN



Download 52 Kb.
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi52 Kb.
#191226
1   2   3
Bog'liq
Bugun mahalla jamoatchilik nazoratining yetakchi bo

MAHALLA — JAMOATChILIK NAZORATIDA YeTAKChI BO‘G‘IN

Davlatimiz rahbari Prezidentlik lavozimiga kirishgan ilk kunlardanoq millat qaddini, qadrini tiklaydigan olamshumul ishlarga qo‘l urildi. E’tibor bering: qabul qilinayotgan har bir farmon yoki qarorda, hududlarga tashriflarda, ma’ruzalarda faqat bir maslak bot-bot tilga olinadi: “xalqimiz ishonchini qozonishimiz, ularni rozi qilishimiz lozim”.

Bu bejiz ta’kidlanmayotir. Zero, O‘zbekistonda yangi davr shunday boshlandi. Bu jarayonda esa hech bir soha e’tibordan chetda qolmayapti. Jumladan, mahalla tizimi, uning odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tezkor aniqlash va hal etishdagi ishtiroki, jamoatchilik nazorati sohasidagi faoliyati Yurtboshimizning doimiy e’tiborida. Bu haqda so‘z borganda, davlatimiz rahbarining: “Mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining ko‘zgusiga aylanishi kerak. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bo‘lishi lozim. Mahalla raisi va profilaktika inspektori hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bo‘lishi, kim nima bilan mashg‘ul — hammasini bilishi darkor. Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallani kecha-yu kunduz odamlarning ahvolidan xabardor bo‘ladigan maskanga aylantirishdir” degan gaplarini keltirish o‘rinlidir.

Ayni fikrlarning o‘ziyoq mahallaning jamoatchilik nazoratidagi o‘rni naqadar beqiyos ekanini ko‘rsatib turibdi. Sohaga qaratilayotgan e’tibor natijasi o‘laroq, bugun mazkur institut jamoatchilik nazoratining asosiy sub’ekti sifatida maydonga chiqmoqda.

Birgina mahalla tarixiga nazar solsak, bu boradagi eng ta’sirchan maskan ekani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jamoatchilik nazorati azal-azaldan urug‘, qabila, oqsoqollar kengashi ko‘rinishlarida amal qilib kelgan. Jumladan, har bir oilada ota-onalar tomonidan farzandlar tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik kabi fazilatlar singdirilgan, mahallada hududga kirib-chiquvchilarga nisbatan ogoh bo‘lish, ularni nazoratga olish kabi shakllarda jamoatchilik nazoratining ma’lum bir me’yorlari belgilab berilgan. Ularning barchasiga oqsoqollar kengashi bosh-qosh bo‘lgan.

Mahalla raisi kelajakda hokim bo‘lishi mumkin, ammo hokim mahalla raisi bo‘la olmaydi”. Prezidentimizning ushbu ta’kidi faollar zimmasidagi mas’uliyat zalvori nechog‘li ulkan ekanini anglatadi. Chindan ham, bugun mahalla raislariga katta ishonch bildirilgan. Uni oqlash, ishonchga munosib bo‘lish uchun tinimsiz mehnat, faollik va fidoyilik talab etiladi. Zero, mahalla ahlini hech kim yig‘in raisichalik yaxshi bilmaydi.

Nazorat bor joyda ish sifati, faoliyat samaradorligi ochiq va shaffof bo‘ladi. Ayni jihatdan jamoatchilik nazoratining mustahkam o‘rnatilishi davlat uchun ham, jamiyat uchun ham birdek foydalidir. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishining muhimligi nimada?

Avvalambor, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini samarali tashkil qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, jamoatchilik nazorati qonunlarning samarali ishlashini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan birga, uni himoya qilishga da’vat etadi, davlat tuzilmalarining takomillashuvini ta’minlaydi. Bu esa pirovardida jamoatchilik nazorati orqali bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanib kelinayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi hamda mas’uliyatini oshirishga zamin yaratadi.

Ayni paytda jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi ta’sirchanligi ortadi, davlat kelajagiga befarq bo‘lmagan va ijtimoiy faol aholi qatlami shakllanib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda islohotlarning yanada samarali olib borilishini ta’minlaydi. Davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari jamoatchilikning ishonchi va ko‘magida o‘z faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniga ham ega bo‘ladi.


Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish