Bugun mahalla jamoatchilik nazoratining yetakchi bo‘g‘ini sifatida maydonga chiqmoqda tuzilmaning ayni jarayondagi ishtiroki odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish, ularning xohish-istaklarini ifodalash, rahbarlarning qonunlarga rioya


NAZORAT QANDAY ShAKLDA OLIB BORILMOQDA?



Download 52 Kb.
bet3/3
Sana30.12.2021
Hajmi52 Kb.
#191226
1   2   3
Bog'liq
Bugun mahalla jamoatchilik nazoratining yetakchi bo

NAZORAT QANDAY ShAKLDA OLIB BORILMOQDA?

Amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy tamoyillari va shakllari belgilab berilgan. Jumladan, bugun fuqarolar yig‘inlari qonun hujjatlarining, shuningdek, o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirmoqda.

Dastavval mahallalar, asosan, odamlarning murojaatlari asosida ish ko‘rib kelgan bo‘lsa, endilikda ular yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish huquqiga egadir. Bunday tadbirlar natijasida aholi tomonidan bildirilgan muammolar va kamchiliklar o‘z yechimini topmoqda. Shu bilan birga, mahallalar atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tinglab borayotir. Ularda mahallalar hayotiga daxldor, aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolar muhokama qilinyapti, ularning yechimlari izlanyapti.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bilan aholi murojaatlari va muammolarini aniqlash hamda hal etishda “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosidagi hamkorlik tizimining joriy etildi. Endilikda aholini qiynayotgan muammo va masalalarni hal etish “quloqqa chalingan” gaplar asosida emas, balki bevosita uyma-uy yurib, keng jamoatchilik ishtirokida ko‘rib chiqilayotgani mas’ullar zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshirmoqda.

Har qanday muammo loqaydlik yoki e’tiborsizlik tufayli yuzaga kelishini inobatga olsak, Yurtboshimizning ushbu farmoni ijro etuvchi organlarni aholi bilan yaqin va hamjihatlikda ishlashga, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotir. Amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, qo‘lga kiritilayotgan natijalardan ko‘ringan xulosa shuki, mahalla bugun tom ma’noda jamoatchilik nazorati vakolatini qo‘lga oldi.

Har qanday ish uning natijasi bilan baholanadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, jamoatchilik nazorati natijalari bo‘yicha ham bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda yakuniy hujjatlar tayyorlanishi mumkin. Unda bayon etilgan axborotlar, tavsiyalar va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinadi.

Bugungi islohotlar ko‘rsatib beryaptiki, jamoat tashkilotlari, xususan, mahallalarning ishtirokisiz davlat organlari o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini samarali va to‘laqonli amalga oshirishlari qiyin. Bunday sharoitda jamoat tashkilotlari davlat bilan xalq o‘rtasidagi vositachi sifatida ijtimoiy muvozanatni yuzaga keltirishga xizmat qiladi.

Jamoatchilik nazoratining maqsadi kimnidir jazolash emas, balki qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, dasturlarda odamlar manfaatlari, fikrlarini hisobga oldirish, ijtimoiy va jamoatchilik ahamiyatiga ega bo‘lgan dolzarb vazifalar va funksiyalarni, davlat xizmatlarining samarali ko‘rsatilishini ta’minlash hisoblanadi. Umuman olganda, jamoatchilik nazorati yagona bir maqsadga — xalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaxshilashga qaratiladi.



***

Muxtasar aytganda, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarga tomoshabin bo‘lmasligimiz, ularning ichida bo‘lib, daxldorlik bilan ishlashimiz, namuna ko‘rsatishimiz, kamarbasta bo‘lishimiz, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada jipsroq birlashishimiz lozim.



Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonda demokratik islohotlar muqarrar tus oldi va hech kim, hech qanday kuch bizni o‘z tanlagan yo‘limizdan qaytara olmaydi. Bu — bugungi hayot, bugungi zamon talabi. Bu – ko‘p millatli, bag‘rikeng, mehnatkash va olijanob xalqimizning xohish-istagi”. Shunday ekan, mamlakatimizda uzoqni ko‘zlab, yurtdoshlarimizning tub manfaati, ezgu orzu-intilishlarini ifoda etadigan adolatli siyosat yangi, yanada yuksak bosqichda davom etadi.

Shavkat JAVLONOV,

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish

organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha

respublika kengashi boshqaruvi raisi
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish