Bugungi axborot tahdidlari ortib borayotgan davrda axborot suverenitetini ta’minlash jarayoni murakkablashib bormoqda


Ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilish muammosi



Download 0,53 Mb.
bet4/7
Sana03.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#631342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2.2. muammolar

Ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilish muammosi.
Xorijiy ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning o‘rnini bosa oladigan, barcha mavjud imkoniyatlarni ko‘zda tutgan milliy messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarni yaratish ishlariga lozim darajada eʼtibor berilmagan. Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot materiallarini berib borish, bolalarni Internetdagi turli axborot xurujlaridan himoyalashga qaratilgan elektron shaklda illyustratsiya qo‘llanmalari yaratish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmagan.
“Vikipediya” platformasida O‘zbekiston haqida maʼlumotlar kamligi (to‘liqmasligi) yoki maʼlumotlar eskiligi, ommabop onlayn platformalarda mamlakatimiz haqidagi sifatli kontentlar kamligi oqibatida yoshlar o‘zlariga zarur bo‘lgan maʼlumotlarni topishda maʼlum qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mafkuraviy tahdidlar orqali aholining maʼlum bir qatlamlari, ayniqsa yoshlarning qarashlarini o‘zlariga maʼqul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirishga, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinishlar bo‘lmoqda. Internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli maʼlumotlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar aholini tashvishga solmoqda.
Xususan, “.UZ” domenidagi veb-saytlarda ham milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan, fuqarolarning, shu jumladan yoshlarning ongi, ruhiyati, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan, axloqsizlik, behayolik, pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlik, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan materiallar yoki boshqa veb-resurslarga havolalar (foydalanuvchilar tomonidan) joylashtirish kuzatilmoqda. Birgina 2021 yilning dekabr holatiga ko‘ra milliy domen hududidagi 289 ta veb-saytda (1 734 ta qonun buzilish) pornografiya, 91 ta veb-saytda esa (363 ta qonun buzilish) behayolik va maʼnaviy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi holatlar aniqlangan bo‘lib, 2 097 ta qonun buzilishi holati qayd etilgan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida maʼnaviy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi 130 ga yaqin guruh, sahifa va kanallar mavjudligi aniqlangan bo‘lib, ularda 2 646 ta material (foto, video, matnli va boshqalar) tarqatilgan. Ushbu materiallarning aksariyati “Odnoklassniki” (55 ta guruhning 1 962 ta materiali) va “Instagram” (60 ta guruhning 684 ta materiali) ijtimoiy tarmoqlarning hissasiga to‘g‘ri keladi. 2021 yilda axloqsizlik, behayolikni targ‘ib qiluvchi 1 650 ta veb-saytdan mamlakat hududida foydalanish belgilangan tartibda cheklangan. Eng ommabop bo‘lgan “Telegram” messenjeridagi 35 ta faol kanalda odob-axloq talablariga mos kelmaydigan o‘zbek auditoriyasiga qaratilgan 7 738 ta material mavjudligi aniqlangan. Birgina “Telegram” messenjeri va “TikTok” videoplatformasining O‘zbekiston auditoriyasi uchun yo‘naltirilgan resurslarida fahsh yoki pornografik kontent orqali auditoriya to‘plash va reklama hisobidan daromad topishga qaratilgan 7 ta kanal aniqlangan (umumiy obunachilari soni – 120 721 nafar). 4 “Telegram” messenjerida umumiy obunachilari soni 44 479 nafar bo‘lgan aqidaparastlik yoki ekstremistik mazmundagi virtual 43 ta resurs mavjudligi, xuddi shu mazmundagi materiallarning tarqatilishi va targ‘iboti bilan “TikTok” videoplatformasida 20 ta profil faoliyat ko‘rsatayotgani, uning umumiy obunachilari soni 25 458 nafarni tashkil etayotgani achinarli holatdir. “Instagram” tarmog‘ida qurol-yarog‘lar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi 2 ta sahifa mavjud bo‘lib, kanalning umumiy aʼzolari soni 17 924 nafarni tashkil etadi. Internet resurslari va ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi materiallarni tarqatganlik uchun aybdorlarga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmasdan qolmoqda.
Jumladan, “TikTok” videohosting platformasi O‘zbekistonda trafik cheklanishi taqiqi qo‘yilishidan oldin siyosiy yo‘nalishda davlatimiz raxbari va hukumat a’zolarini obro‘sizlantiruvchi soxta ma’lumotlarni tarqatish, ularning shaxsiyatini masxara qilish va ular nomidan soxta akkauntlar ochish kabi holatlar kuzatilmoqda. Xususan, «TikTok» ilovasida shu kunga qadar hukumat nomidan 30 ga yaqin soxta akkauntlar ochilgan va ular o‘zlarining faoliyatlarini davom ettirmoqda. 2020-yilda «Deepfake» texnologiyasi orqali tayyorlangan videorolik davlatimiz rahbarini obro‘sizlantirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu videorolikni «TikTok»da 2 mln. 900 mingdan ortiq kuzatuvchilar tomosha qilgan, 120 mingdan ortiq layk yig‘ilgan va 15 mingdan ortiqroq izohlar qoldirilgan.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish