Bugungi axborot tahdidlari ortib borayotgan davrda axborot suverenitetini ta’minlash jarayoni murakkablashib bormoqda


OAV faoliyati bilan bog‘liq muammolar



Download 0,53 Mb.
bet6/7
Sana03.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#631342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2.2. muammolar

OAV faoliyati bilan bog‘liq muammolar.
World Press Freedom Index 2021 ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston 180 ta davlat ichida 50.74 ball bilan 157-o‘rinda qayd etilgan4. Shuningdek, ushbu index bo‘yicha Qozog‘iston 155-o‘rinda, Qirg‘iziston 79-o‘rinni, Afg‘oniston 122-o‘rinni, Tojikiston 162-o‘rinni va Turkmaniston 178-o‘rinlarni band etgan. Ushbu natijalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonning bugungi kunda olib borayotgan faol OAV va so‘z erkinligi borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlari yetarli darajada emas.
Xususan, O‘zbekiston OAVlari bugungi kunda mamlakatdagi jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi, aholini tashqi salbiy, destruktiv mazmundagi axborot taʼsirlardan himoya qila oluvchi qudratga ega bo‘lishlari lozim. Mamlakatda milliy OAVlari sonining o‘sib borishi isteʼmolchilar uchun bir axborotni bir necha manbalar orqali taqqoslash, ular o‘rtasidan munosib axborot manbasini tanlash, milliy axborot manbalari orqali kerakli axborotlarga ega bo‘lish kabi imkoniyatlarni yaratadi, OAVlari uchun esa axborotlarni tahlil qilish va isteʼmolchilarga tezkor yetkazish, axborot bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishda raqobatni kuchaytiradi hamda sohaning rivojlanishiga olib keladi. Ammo, mavjud muammolar aholining tashqi axborot kanallaridan axborot olishiga sababchi bo‘lib qolmoqda. Natijada aholining chet el tashviqotchilarining ta’sirida davlatimizga qarshi salbiy fikrlar uyg‘onishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘rinda rus OAVlari va g‘arb media korporatsiyalarining O‘zbekiston axborot makonini egallashga intilishlari kuchayib bormoqda.
Kiberxavfsizlik darajasining pastligi.
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosati yetarli yo‘lga qo‘yilmagan, kiberxavfsizlik strategiyasi yo‘q, doimiy monitoring ham olib borilmaydi. Kiberxavfsizlik xalqaro siyosatning dolzarb masalasiga aylanib ulgurdi, bu esa raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda axborot jamiyati shakllanishining ayrim jihatlariga bog‘liqligi bilan asoslanmoqda.
Global reytinglarda O‘zbekistonning mavqeyini oshirish davlat siyosati darajasida ko‘tarilgan. Shu sababli, kiberxavfsizlik darajasini aniqlash bo‘yicha xalqaro va milliy reytinglarni o‘rganish, ularda belgilangan baholash mezonlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarida, muhim axborot infratuzilmasi obektlarida axborot xavfsizligi siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Davlat organlari va tashkilotlarida belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qurilmalardan foydalanish oqibatida kibertahdidlar soni va ko‘lamining ortib borishiga sharoit yaratilmoqda. Bu holatni esa davlatimizning kibertahdidlarga duchor bo‘lish indeksida (CEI – Cybersecurity Exposure Index) 108 ta davlat orasida 70-o‘rinda, ya'ni kiberhimoyaning eng past darajasi – 0,7121 indeks bilan baholanganida ko‘rish mumkin. Shuningdek, National cyber security index(NCSI) tomonidan e’lon qilingan 2021-yilgi hisobotda O‘zbekiston 140 dan ortiq davlat ichida 36 ball bilan 87-o‘rinni egallagan bo‘lib, raqamli rivojlanish indeksida 48 ball to‘plagan, natijajada salbiy farq 12 foizni tashkil etgan. Ushbu indeksda Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 70, Qirg‘iziston 110, Tojikiston 143, Turkmaniston 152, Afg‘oniston esa 134-o‘rinda qayd etilgan5.
Kiberxavfsizlik DUK tomonidan chiqarilgan 2021-yilgi kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi hisobotda bugungi kundagi .Uz domenida faoliyat yuritayotgan saytlarning xavfsizlik holatlari va ularning kiberhujumlarga chidamli yoki chidamli emasligi, qaysi davlatlardan ko‘proq kiberhujumlar amalga oshirilganligi va boshqa ma’lumotlar batafsil yoritilgan. Jumladan:



Rasm. Domenlar va ularning xavfsizlik sertifikati to‘g‘risida ma’lumot.
Shuningdek, Markaz tomonidan 2021 yilda Internet tarmog‘ining milliy segmentini manzil maydonidan kelib chiqqan 17 097 478 ta zararli va shubhali tarmoq faolliklar bo‘yicha holatlar aniqlandi. Ushbu faolliklarning ko‘pgina qismi, yaʼni 76% bot-tarmoq ishtirokchilaridan iborat. Xususan, tarmoq anomaliyalari va aniqlangan kiberxavfsizlik zaifliklarga choralar ko‘rishni muvofiqlashtirish orqali 2020 yilning shu davriga nisbatan (20 milliondan ortiq kibertahdidlar) kibertahdidlar soni 20 foizga kamaydi. Eng ko‘p kiberhujumlar O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya va boshqa hududlardan amalga oshirilgan.

Rasm. Manzil maydonlaridan kiberhujumlar amalga oshirilgan mamlakatlar6.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston hududidagi dasturiy va texnik qurilmalarning xavfsizlik darajasi sifat darajasida emas. Buning natijasida esa, raqamli iqtisodiyot va boshqa axborot texnologiyalariga integratsiyalashayotgan sohalar rivojlanishida muammolar va kamchiliklar kuzatilaveradi. Kiberhujumlar tufayli faqatgina bir shaxs yoki dasturiy ta’minotgina izdan chiqib qolmasdan butun bir ifratuzilmalarni faoliyatiga to‘siq bo‘lishining guvohi bo‘lmoqdamiz. Achinarlisi, bunday hatti-harakatlarni sodir etayotganlarning anonimligi ularga qarshi chora ko‘rishning imkonsizligiga sabab bo‘lib, kelgusida ham kiberhujumlarning soni ortishiga olib kelishi mumkin.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish