Bugungi ta’lim tizimidagi boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’z- o’zini tarbiyalashni o’rgatishning psixologik omillari



Download 18,86 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi18,86 Kb.
#757679
Bog'liq
Maqola 3.2


BUGUNGI TA’LIM TIZIMIDAGI BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA O’Z- O’ZINI TARBIYALASHNI O’RGATISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Xalilova Dilfuza Ruziyevna


Farg'ona viloyati Qo'qon shahar 11-maktab psixologi

ANNOTATSIYA


Mazkur maqolada bugungi ta’lim tizimidagi boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’z- o’zini tarbiyalashni o’rgatishning psixologik omillari haqida bir qator ilmiy-psixologik ma’lumotlar o’rin olgan bo’lib, uni amaliy tajribaga tatbiq etish borasidagi mulohazalar ham o’rin olgan.
Kalit so’zlar: Ta’lim, boshlang’ich sinf, psixolog, o’z-o’zini tarbiyalash, bilim, xulq-atvor, tarbiya, ota-ona, o’qituvchi

Ma’lumki,, bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta’sir etadi. Agar bola o’z layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib, rivojlanishi, aks holda yo’q bo’lib ketishi mumkin. Shuning uchun pedagogik layoqatning namoyon bo’lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to’la-to’kis hayot sharoitiga va tarbiyaga bog’liq. Inson kamolotiga ta’sir etadigan omillardan biri tashqi muhitdir. Muhit deganda kishiga tabiiy ta’sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti ya’ni mikromuhit kiradi.


Mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun o’quvchilarni o’zini o’zi boshqarishni boshlang’ich sinflardayoq o’rgatishimiz bugungi kun talablaridan biri bo’lib qolmoqda. O’quvchilarning o’zlari bajarayotgan hatti- harakatlarini o’zining irodasiga bo’ysundirishni o’rgatish ularning mustaqil fikrlashlarini barqarorlashtirib, maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi. Buning natijasida mustahkam irodali, teran fikrlovchi, komil inson shakllanadi. Psixologiyada inson irodasi inson tomonidan o’z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarishining ko’rinishi sifatida ta’riflanadi. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarning irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatning motivlari va maqsadini amalga oshirishning o’ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.
Buning natijasida o’quvchilarda irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, ishbilarmonlik, o’zini qo’lga olish, jasurlik, chidamlilik va boshqa xislatlar shakllantirilib boriladi. Shu bilan birgalikda inson shaxsining irodasining bo’shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik, yalqovlik, qo’rqoqlik, printsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari xislatlar salbiy xislatlar ekanligi ta’riflab boriladi. Bunday natijaga erishish uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari ta’lim- tarbiya jarayonida o’quvchilar bilan o’zaro munosabatga kirishar ekan o’zining bilimdonligini ko’rsatishi, barcha ijobiy xislatlarini namoyon qilishi, o’quvchilarni bir-birlarini hurmat qilish qadrlash kerak ekanligini uqtirib borishi, buning uchun namuna ko’rsatib borishi, ularning fikrlarini tinglashi kerak bo’ladi.
A. S. Makarenkoning ta’rifi bilan aytganda har bir maktab o’qituvchisi “ Shaxsga nisbatan iloji boricha talabchanlik va unga nisbatan iloji boricha hurmat hamda ishonch bo’lishi kerak ”. Yuqoridagi qoidaga amal qilgan har bir o’qituvchi o’quvchilari tomonidan ishonch va hurmatga sazovar bo’ladi, uning kichkina arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo’ladi. Ayni chog’da o’quvchilar o’qituvchining so’zlarida, bordi-yu, o’ziga «nisbatan hurmat-e’tiborni sezmasa, juda asosli va mantiqan to’g’ri pand-nasihatlariga ham ko’pincha amal qilmaydi.
O’quvchilar bilan o’quvchilarning o’rtasidagi munosabatlar maktabdagi umumiy muhitda yuz beradi, o’quvchilar psixologiyasini tushunishning pedagogik kollektivga xos darajasiga, uning pedagogik va psixologik madaniyatiga bog’lik bo’ladi. Aloqalarning bu ob’ektiv bog’liqligini maktab hayotida boshlang’ich sinf o’quvchisining nojo’ya ish qilib qo’yganidan tortib to butun maktabni hayajonlantirgan favqulodda hodisaga qadar yuz beradigan istalgan bir hodisani psixologik tahlil qilish jarayonida ko’rish mumkin. O’quvchilarga nisbatan talabchanlikni ularga nisbatan hurmat bilan uyg’unlashtirib amalga oshirishni bilgan o’qituvchilar asosan tarbiyaning maqsadlarini ro’yobga chiqarish uchun eng qulay pedagogik va psixologik muhitni yarata oladi. O’qituvchilar o’quvchilar bilan ta’lim- tarbiya jarayonida ularga nisbatan hurmat ko’rsatarish orqali o’quvchilarda o’zini- o’zi hurmat qilishini shakllantiradilar. Bu esa o’quvchilar bilan bo’ladigan bundan keyingi olib boriladigani tarbiyaviy ishlarning shartiga aylanadi. O’quvchilar bilan munosabatda ularning o’zini- o’zi xurmat qilishiga tayanish ularga samarali pedagogik va psixologik ta’sir ko’rsatishda ishonchli vositadir. Lekin agar o’qituvchi ehtiyotsizlik yoki loqaytlik qilib o’quvchilarning shaxsiyatiga tegib nohaq haqoratlab o’ziga nisbatan hurmat tuyg’usini yo’qotadigan bo’lsa, o’quvchilar ibratli va namunali holatlarga nisbatan ta’sirchanlikni yo’qotadilar. O’quvchi xato qilishi mumkin lekin unga bo’lgan hurmat saqlanib qolishi kerak bu munosabat uni bundan buyon o’ylab ish qilishga o’zini va tevarak atrofidagilarni hurmat qilishni o’zi yashayotgan jamiyat qonun qoidalariga amal qilish lozim ekanligini anglab yetadi. Yana ko’plab olimlarning ta’kidlashlaricha ma’naviy shakllanishda aqliy va axloqiy tarbiyaning rolli beqiyosdir. Aqliy tarbiya orqali nafaqat o‘qish va yozishga, balki, tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarning mohiyatini anglashga, ularni o‘zlarining maqsadlariga yo‘naltirishga erishadi. Aqliy tarbiyaning natijasi sifatida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at rivojlanadi. Ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyalari takomillashadi. Shuning uchun ham aqliy tarbiyani ma’naviy shakllanishning boy mezonlaridan biri deb qaraladi. Axloqiy tarbiya o‘quvchilarning ma’naviy qiyofasini, tashqi ko‘rinishidan tortib, xulq-atvorigacha, xatti-harakati, munosabati, madaniyati bilan birga, etuk insoniy fazilat egalari bo‘lishlarini taminlaydi. Boshlangg‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy sifatlar atrof- muhitlariga ongli munosabat hosil bo‘lishi bilan shakllanib boradi. Bolaga kattalar qanday munosabatda bo‘lsalar unga mos holda odob-axloq normalari tarkib topib va shakllanib boradi. Axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari sifatida burch, vijdon, nomus kabi ma’naviyatning asosiy tushunchalari va asosini tashkil etuvchi fazilatlari ro‘yobga chiqadi va bolaning kundalik hayotida namoyon bo‘ladi. Axloqiy tarbiya kishilarning Vatanga, odamlarga, tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga soladi. Kundalik turmush tarzida amalga oshadi. Axloq – insonlarga, ularning ma’naviy qiyofasiga xos bo‘lgan fazilat va sifatlar majmuidir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda axloq keng va teran ma’nolarni ifodalaydi. Keng ma’noda axloq ijtimoiy voqea, hodisalarni, jamiyat taraqqiyoti yoki inqirozni aks ettirsa, tor ma’noda alohida olingan kishining xulq-atvorini, o‘ziga va o‘zgalarga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Axloqning umumbashariy qiymatga ega bo‘lgan burj, vijdon, nomus kabi tushunchalari bor va ular yuzlab boshqa tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Demak, xulosa qilib aytganimizda ta’lim tarbiya berish jarayonida yuqoridagi qoidalarga amal qiladigan bo’lsak kelajakda o’quvchilarimiz o’zlarining munosib o’rinlarini egallashlarida umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ta’lim tarbiyaning tutgan o’rni beqiyos ekanligini isbotlab bergan bo’lamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:



  1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob

  2. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.-T.: Universitet, 
    2002.- 96 b. 

  3. Saviya.uz

Download 18,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish