Yoshlarni ijtimoiy va oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik omillari



Download 17,36 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi17,36 Kb.
#751609
Bog'liq
Maqola 3.1


YOSHLARNI IJTIMOIY VA OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Nazarova Gulnoza Akramjonovna
Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani
15- umumiy o’rta ta’lim maktabi psixologi
ANNOTATSIYA
Oila - jamiyatning bosh bo'g'ini, poydevori. Oila - muqaddas dargoh. Oila - o'tmish, bugun va kelajak. Oila - hayot abadiyligi va avlodlar davomiyligini ta'minlovchi qadriyatlar beshigi, kelajak nasllar uchun uzluksiz tarbiya maskanidir. mazkur maqolada yoshlarni ijtimoiy va oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik omillari haqida bir qator ilmiy – psixologik mulohazalar berilgan.
Kalit so’zlar: Yoshlar, oila, ijmoiy hayot, ma’naviyat, qadriyat, psixologik omil, oilaviy hayot, davlat, jamiyat.
Oila - ilk ma'naviyatni shakllantiradigan hayot maktabi. Oila - qo'rg'on. Konstitutsiyamizning 63, 64, 65, 66 - moddalarida ”Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega”, ekanligi qayd etilgan. Ha, oila - davlat siyosati. Nafaqat bir davlat doirasida, balki umuminsoniy siyosat hamdir. Bir kishi oilani tashkil etmaydi. Oila juftlikka - er-xotin munosabatlariga asoslanadi. Oilada nasl davomchisi bo'lgan bebaho ne'mat - farzand ulg'ayadi va kamol topadi. Oila - barkamol shaxsga xos bo'lgan barcha sifatlar va insoniylik fazilatlarini karor toptiruvchi ilm dargohi hamdir. Insoniyat tarixining eng buyuk axloqiy yutuqlaridan biri — oilaning sha'ni, or-nomusini anglash va uni himoya qilishdir. Oilaviy hayotga tayyorlanayotgan yoshlar ushbu qadriyatni o'z vaqtida anglab yetsa va oila: mehr, yaxshilik, muhabbat, hurmat hamda iymon asosida qurilsa, hech qanday nizo yoki ajrimga o'rin qolmaydi. Bu pedagogik qonuniyatning mohiyatini o'z vaktida tushunmaslik oqibatida turli xil oilaviy muammolarga duch kelinmoqda. Yana bir jihat shulki, har bir shaxsning oilaviy ruhiy olamida o'zi uchun eng qadrli, eng aziz, eng mo''tabar insonlari bo'ladi. Shaxs ruhiy olamidagi aziz insonlariga qalbining to'ridan joy ajratadi. Ular yuksak tuyg'ular ila e'zozlanadi. Bular birinchi galda: ona, ota, opa-singil, aka-uka, farzandlar, nabiralar, qarindosh-urug', do'st-birodar, suyukli yor, ustoz-u shogirdlar, fikrdosh hamkasblar va salahiyatli rahbarlar bo'lishi mumkin. Yaqin kishilar bilan bo'ladigan unutilmas kunlar, bayramlar, marosimlar, oniy lahzalar, hayot quvonchlariyu tashvishlari insonxotirasida doimo muhrlanib, qadrlanib boraveradi. Shu bilan birga inson xotirasidan tarixiy, ma'naviy-axloviy qadriyatlar — buyuk allomalar, olim-u fozillar, komillik sari intilib yashagan shaxslar, ona - Vatan, kindik qoni tomgan yurt, ta'lim bergan maskan unutilmaydi. Bu jarayonning jami shaxs e'tiqodi, amal kiladigan g'oya va mafkurasini belgilaydi, uning oilaviy hayoti an'analarini mustahkamlaydi. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan o'tkazgan uchrashuvlarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammolariga alohida to'xtalib, ularning har birini jiddiy tahlildan o'tkazdi.
Yangi hayotga qadam qo'ygan har bir inson baxtli turmush, muhabbat va sadoqatni ko'ngliga tugadi. Kun kelib juftiga xiyonat qilish, mojaro va ajrimlar ularning hayoliga ham kelmaydi, albatta. Ammo muammolar go'zal turmushga chang solib, tomonlarning bir biriga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirgan, oilani barbod etgan holatlar barcha zamon va makonlarda uchraydi. Ajrim xavfidan hech bir oila sug'urtalanmagan. Erkak ham, ayol ham bir umrli baxtli xayotni ko'ngilga tugishlari va shunga monand yo'l tutishlari lozim. Zero, ajrim asorati ayanchli kasallikka o'xshaydi, dard uning egasida yashirin kechadi-yu, asorati farzandlarida qoladi. Yurtimizda ajrimlar soni keskin ravishda ortib borganligi sababli yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda ularga pedagogik psixologik xizmat ko'rsatish markazlarining tashkil etilishiga sabab bo'ldi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda ularga pedagogik psixologik xizmat ko'rsatish markazlari, jumladan, mahalla instituti bilan hamkorlikda oilalar mustahkamligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etaveradi. Umumbashariy va milliy oilaviy qadriyatlar, oilalardagi munosabatlarning tahlili asosida zamonaviy obod va funktsional oila mezonlari negizida modelini tuzish partiyamiz oldiga qo'ygan muhim masalalardan biridir. Shuningdek ushbu modelni jamiyatda amaliyotga kiritishni maqsad qilib qo'yganmiz. Jamiyatning asosi va asosiy xalqasi bo'lmish oilani ayolsiz tasavvur qilish qiyin. Ayolga munosabat – millat, davlat, ertangi kun va kelajak avlodga bo'lgan hurmatni namoyon etishning asosiy mezoni hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, biz jamiyatning ijtimoiy–siyosiy hayotida xotin-qizlar faolligi va rolini oshirishda davom etish, ularni ijtimoiy himoya qilishni mustahkamlash bo'yicha keng miqyosdagi islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish tarafdorimiz. Risoladagi o'zbek oilasi azaldan mustahkam, havas qilarli oila bo'lib kelgan. Shu sabab ham bugun yoshlarni oilaga tayyorlash masalasi har qachongidan ham dolzarb bo'lib turibdi. Ya'ni, oila tinch – Vatan tinch, degan ezgu tushuncha doimo shuurimizda, qalbimizda bo'lishi kerak. Ruhshunoslar fikrimizni tasdiqlashar, insoniyatning eng ulug' siymolari aksar holatlarda muhiti sog'lom, a'zolari bir-biriga g'amxo'r, muhabbat va ehtirom ustuvor oilalarda kamol topishar ekan. Shunday ekan, oilalarning mustahkamligi eng avvalo xalqning, Vatanning ham boyligi ekanligini unutmaylik. «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, har bir mahallada «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etiladi. Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo'linmalari tashkil etildi. Farmonga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda «Mahalla» o'quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga o'tkaziladi. voyaga yetkazish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa, avvalo oila tarbiyasiga alohida e'tibor berish zarur. Oila tarbiyasi deganda, bola rivojlanishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga yo'naltirilgan, uni ijtimoiy hayotga tayyorlashga, har tamonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Sharq axloqshunosligidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, oila tarbiyasi bolaning tug'ilgan kunidanoq boshlanadi, uning to'la mustaqil, individual va o'ziga xos bo'lgunicha uzluksiz davom etadi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda tarbiyaning asosiy namunaviy shakli – bu er-xotinning o'zaro izzat-hurmati, xushmuomala va shirinso'zligi, bir-biriga yordam berishi va hamjihatligidir. Bu bolalar tarbiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, farzand aytilgan nasihatni esidan chiqarishi mumkin, lekin ko'rganini hech qachon esdan chiqarmaydi. Tarbiyaning bu jihatiga e'tibor berish lozim. Ko'pchilik olimlarning ta'kidlashicha, oila tarbiyasi mazkur oilaning mustahkamligini saqlashda, undagi munosabatlarni aniq maqsadlarga qaratish va yo'naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur olimlarning fikricha, oila qurishdan maqsad bolalar tarbiyasi bilan bog'langan bo'lsa, er-xotinning shaxs sifatida yanada rivojlanib borishini asoslasa hamda oila uchun zaruriy narsalarni, uyning shinam va orastaligini ta'minlashga qaratilgan bo'lsagina, oilaviy munosabatlar yanada mustahkamlanadi. Oila tarbiyasi asosan ota-onalar va oilaning yoshi katta a'zolari tomonidan amalga oshiriladi. Oila tarbiyasida muvaffaqiyatga erishish ko'p jihatdan oilada ham ota, ham onaning bo'lishi, ularning birdamlik va tenglikka erishishi, kuch-g'ayratlarini birlashtirishiga bog'liqdir.
Oila har qanday davlat ichidagi o'ziga xos «davlat» yacheyka, birinchi betakror, muayyan qonun-qoida va shart-sharoitlar oqibat natijasida vujudga keluvchi shunday ijtimoiy «tashkilot»ki, unda ijtimoiy hayot, avlodlar davomiyligi ta'minlanadi, urf-odatlarimiz, xotira muqaddasligi va nihoyat, etnik madaniyat saqlab kelinadi, ayni chog'da rivojlantiriladi, avloddan-avlodga o'tib boyitilgan tajriba yangi an'analar bilan boyib, kelgusi avlodlarga uzatiladi. Shuning uchun ham, ilmiy adabiyotda keng iste'molda bo'lgan «oila tarbiyasi», «oila dunyosi», «oila madaniyati», «oila ma'naviyati», «oilaviy muhit», «oila axloqi», «oila butunligi» kabi tushunchalarning har biri o'ziga xos ma'no-mazmunga ega bo'lib, milliy-madaniy qadriyatlar ichida alohida o'rin egallovchi oila fenomenini ta'riflashda muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

  1. Karimova V.M. O`zbеk yoshlarida oila to`g`risidagi ijtimoiy tasavvurlarni shakllanishi: Dis.psixologiya fanlari doktori.– Farg`ona, 2000.

  2. Umarova M.M. O`smirlarda oilaviy qadriyatlar to`g`risidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari: Dis.... psixol.fan.nomzodi. –T., 2004.

  3. Referat.uz

Download 17,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish