Bundan bir necha yuz yillar avval xalqlarni bir biri bilan bog’lagan karvon yo’llari bugungi kunda magistral yo’llarga aylandi


BERILGAN YO’L TOIFASI UCHUN TEXNIK ME’YORLAR



Download 0,83 Mb.
bet3/12
Sana15.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#802210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
116a husayn samarqand 116a

BERILGAN YO’L TOIFASI UCHUN TEXNIK ME’YORLAR
Hisobiy tezlik deb ob-havo va avtomobil’ shinasining yo’l qatnov qismi yuzasi bilan tishlashishning odatdagi sharoitlarida yo’l elementlarining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari mos keladigan eng noqulay bo’laklarida yakka avtomobillarning mumkin bo’lgan eng katta (xavfsiz va barqarorlik sharti bo’yicha) harakat tezligiga aytiladi.
Izoh: Avtomobil shinasining qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish sharti quruk yoki namlangan toza yuza uchun 60 km/soat tezlikdagi bo’ylama tishlashish koeffitsiyenti quruq holat uchun 0,6, namlangan holat uchun kamida 0,45 - havo harorati 20 0S bo’lgan yilning yoz faslida, nisbiy namlik 50 %, metereologik ko’rinish masofasi 500 m dan ortiq, atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo’lgan shamolsiz sharoitda ta’minlanadi.
Reja va bo’ylama kesim elementlarini loyihalash uchun hisobiy harakat tezliklarini yo’lning toifasiga ko’ra qabul qilish kerak.
Past-baland va tog’li joyning murakkab qismlari uchun belgilangan hisobiy tezliklarni loyihalanayotgan yo’lning har bir aniq qismi uchun mahalliy sharoitni hisobga olgan tegishli texnik-iqtisodiy asoslash natijasida qabul qilishga ruxsat etiladi.

Yo’lning toifaasi

Hisobiy tezlik, km/soat

asosiylari

joyning murakkab qismlarida ruxsat etilganlari:

past-baland

tog’li

Ia

150

120

80

Ib

120

100

60

II

120

100

60

III

100

80

50

IV

80

60

40

V

60

40

30



Izoh: 1. Past-baland joyning murakkab qismlariga yon bag’irlari mustahkam bo’lmagan chuqur dara va jarliklari mavjud, 0,5 km dan uzun bo’lmagan masofadagi balandlik belgisi farqi 50 m dan katta bo’lgan, tez-tez takrorlanib turadigan chuqur vodiy va suv ayirgichlar bilan kesilgan rel’yef kiradi. Tog’li joyning murakkab qismlariga tog’ cho’qqilaridan o’tgan dovon qismlar va murakkab, egri-bugri yoki mustahkam bo’lmagan yon bag’irli tog’ daralari kiradi.
2. SHaharga kirish yo’llarini loyihalashda avtomobil’ yo’li trassasi bo’yida qimmatli kapital inshootlar, o’rmon massivlari, shuningdek qimmatbaho qishlok xo’jalik ekinlari va bog’lar mavjud bo’lgan hollarda, tegishli texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq past-baland joylar uchun belgilangan hisobiy tezliklarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
Avtomobil’ yo’llarining yonma-yon qismlarida hisobiy tezliklar 20 % dan ko’pga farq qilmasligi kerak.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari yo’l to’shamasining mustahkamligini hisoblashda avtomobilning eng ko’p yuklangan yakka o’qidagi og’irlik I-II toifa uchun 130 kN (13 ts), III-V toifa uchun 100 kN (10 ts) qabul qilinadi.
Yo’l to’shamasi mustahkamligining ko’rsatilgan og’irliklarga hisoblash yo’l to’shamasi tuzilmasini belgilash va hisoblash bo’yicha qo’llanmalarga binoan amalga oshiriladi.
I toifali yo’llarda harakat tasmalari soni harakat jadalligi va yer yuzasi tuzilishiga ko’ra belgilash lozim.
Qatnov qismi ko’p tasmali bo’lgan yo’llar qurilishi alohida yo’nalishlar bo’yicha yo’l qurish variantlarini solishtirgan holda asoslanishi lozim.
Harakat jadalligi 4000 kelt. dona/sut dan (foydalanishning birinchi besh yilligida erishiladigan) ortiq bo’lgan II toifali yo’llarda, uzunligi 1 km dan va bo’ylama nishabligi 30 ‰ dan ortiq bo’lgan, shuningdek uzunligi 0,5 km dan va bo’ylama nishabligi 40 ‰ dan ortiq bo’lgan III toifali yo’llarda yuqoriga ko’tarilayotgan aralash tarkibli transport oqimlarida yuk avtomobillari harakati uchun qatnov qismda qo’shimcha tasma ko’zda tutilishi kerak.
Qo’shimcha tasmaning kengligi butun uzunligi davomida 3,5 m bo’lishi kerak.

Er yuzasining tuzilishi

Harakat jadalligi, kelt.dona/sut

Harakat tasmalari soni, dona

Tekis va past-baland

14000 - 48000
40000 - 80000
80000 dan ortiq

4
6
8

Tog’lik

14000 - 34000
34000 - 70000
70000 dan ortiq

4
6
8

YUqoriga ko’tarilish tugagandan keyingi yo’l qismidagi qo’shimcha tasma uzunligi qabul qilinishi lozim.





Ko’tarilishdagi harakat jadalligi, kelt.dona/sut

4000

5000

6500

8000 va ortiq

Tasmaning ko’tarilish chegarasidan keyingi umumiy uzunligi, m

50

100

150

200

Qatnov qismi kengligi o’zgaradigan bo’lagining uzunligini (harakat tasmalarining soni o’zgarganda) teskari radiusli ikkita egrilikni loyihalash orqali qabul qilish lozim.




Yo’l kismidagi hisobiy
tezlik, km/soat

Teskari egrilik radiuslari, m

O’tish bo’lagi uzunligi,
m

120

1400/1000

250

100

1000/7
00

210

80

650/450

170

60

350/250

130

40

160/100

80

Harakat tarkibi aralash avtomobil’-traktor oqimidan iborat II va III toifali yo’llarda, harakat jadalligi 2500-7000 avt/sut va 150-200 traktor/sut bo’lganda, yo’l poyini kengaytirish hisobiga ko’shimcha tasma qu­rilishi ko’zda tutish lozim.


Traktor poyezdlari, qishloq xo’jalik mashinalari va boshqa sekin harakatlanadigan transport vositalarining harakati uchun 3,5-3,75 m kenglikda qo’shimcha tasma avtomobillar va traktorlarning harakat jadalligiga asosan quriladi.



Harakat oqimida g’ildirakli traktorlar soni, %

Harakat mikdori, avt/soat

200

400

600

800

qo’shimcha tasma uzunligi, km

3 gacha
3-5
5-10
10-15

-
-
-
1,0-2,0

-
-
1,2-2,0
1,5-2,5

-
1,0-2,0
1,5-2,5
2,0-3,0

1,0-2,0
1,5-2,5
2,0-3,0
2,0-3,0

Uzunligi 1,0-2,0 km bo’lgan qo’shimcha tasmlarni har 8-10 km da, 1,5-2,0 km uzunlikdagisi har 6-8 km da va 2,0-3,0 km uzunlikdagisi har 4-6 km da yer yuzasi tuzilishi va vaziyatga qarab tanlangan joylarga quriladi. Turli yo’nalishlardagi qo’shimcha tasmalar shaxmat usulida joylashtirilib tegishli belgi chiziqli chiziladi. Qo’shimcha tasmaning butun uzunligida yo’l yoqasining kengligi 1 m qilib belgilanadi.


Qo’shimcha tasmaning ko’ndalang nishabliklar va yo’l to’shamasining tuzilmasi asosiy yo’ldagidek belgilanishi lozim.
Berilgan variant ya’ni I toifali yo’l uchun texnik me’yorlar ShNQ-2.05.02-07 hujjatlariga asosan tanlab olinadi.



Yo’l elementlari o’lchamlari

Avtomagistral

Tezkor yo’l

Odatdagi yo’l turi

Toifasi

Ia

Ib

II

III

IV

V

Harakat tasmasining umumiy soni

4 va undan ortiq

4 va undan ortiq

2

2

2

1

Harakat tasmasining kengligi, m

3,75

3,75

3,75

3,5

3,0

4,5

Yo’l yoqasi kenligi, m

3,75

3,75

3,75

2,5

2,0

1,75

Yo’l yoqasidagi chetki tasma kengligi, m

0,75

0,75

0,75

0,5

0,5

-

Yo’l yoqasining mustahkamlangan qismi kengligi, m

2,5

2,5

2,0

1,5

1,0

-

Yo’l o’qi bo’ylab to’siqlar o’rnatilmaganda markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi, m

6,0

5,0

-

-

-

-

Yo’l o’qi bo’ylab to’siqlar o’rnatilganda markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi, m

2 m + to’siq kengligi

-

-

-

-

Ajratuvchi tasma chetidagi xavfsizlik tasmasining kengligi, m

1,0

-

-

-

-

Yo’l poyining kengligi, m

28,5 va undan ortiq

27,5 va undan ortiq

15,0

12,0

10,0

8,0


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish