Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar



Download 85,64 Kb.
bet2/19
Sana31.03.2022
Hajmi85,64 Kb.
#520054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Молиявий Тахлил” фанидан курс иши

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida iqtisodiy o‘sish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: «Hammamiz yaxshi tushunamiz, har qanday islohot va o‘zgarishni barqaror iqtisodiyotsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Biz o‘tgan yil davomida bu borada keng ko‘lamli ishlarni boshladik. Lekin milliy iqtisodiyotimizni mustahkamlash, yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun oldimizda hali ko‘plab vazifalar turibdi» deb ta’kidladilar. Bu esa, o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirish, samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Samaradorlik xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining moliyaviy natijalarida o‘z ifodasini topadi.
Moliyaviy natijalar korxona faoliyatining barcha tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, uning miqdorida mahsulot hajmi va sifati, mahsulot turi, tannarx darajasi va boshqa bir qancha omillar ta’sir qiladi. O‘z o‘rnida moliyaviy natija korxonaning o‘z aylanma mablag‘lariga, to‘lov qobiliyatiga ta’sirini o‘tkazadi.
Moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib foyda va rentabellik darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda foydaning o‘rni va ahamiyati yanada oshib bormoqda. Chunki u korxona faoliyatini kengaytirish, texnikaviy rivojlanish va modernizatsiya qilishning yagona manbai bo‘lib qolmoqda.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, uning darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlash korxona faoliyatining eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida tadqiqotni dolzarb mavzuga bag‘ishlanganligidan dalolat beradi.
Xo‘jalik sub’ektlarida moliyaviy natijalar auditi va tahlilini takomillashtirish masalalari respublikamiz va mustaqil davlatlar hamdo‘stligi iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlarida keng ko‘lamda o‘rganib chiqilgan. Mazkur tadqiqotlarda moliyaviy natijalar auditi va tahlilining umummetodologik asoslariga tayangan holda ayrim muammolar, tashkiliy jihatlari tadqiq qilingan. Xususan, M.M.To‘laxo‘jaeva, Sh.I.Ilxomov, G.V.Saviskaya, A.D.Sheremet, T.Sh.Shog‘iyosov, M.Q.Pardaev va B.A.Xasanov va Shoalimov A.X.,Ilxomov Sh.I., Tojiboeva Sh.A tomonidan aynan olingan korxonaning moliyaviy natijalari auditi va tahlili yetarli darajada yoritilmagan. Zero, bu ko‘rsatkichlarni korxonalar moliyaviy holatiga baho berishdagi ahamiyati, muhimligidan kelib chiqib, ularni alohida o‘rganish va tavsiflash lozim.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, moliyaviy natijalarning nazariy muammolari masalaning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchi tomoni uning amaliy jihatdan turli sohalarga mos kelishi hisoblanadi. Shu boisdan ham xo‘jalik sub’ektlarida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda tahlil usullaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mavzu hisoblanadi.
Tadqiqot ishida guruhlash, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya, gorizontal, vertikal va omilli tahlil usullari qo‘llanilgan. Xususan, taqqoslash usuli korxona faoliyatini tahlil qilishning eng asosiy usuli bo‘lib, undan moliyaviy natijalar tahlilida ham foydalaniladi. Chunki taqqoslash asosida baholash uchun qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz xuddi shunday ko‘rsatkich bilan taqqoslagandagina ahamiyatli hisoblanadi. Taqqoslash natijasida moliyaviy natijalar bo‘yicha biznes rejaning bajarilishi darajasi va sifati, o‘zgarishi, salmog‘i, o‘sish sur’ati aniqlanadi, moliyaviy natijalarni tizimli nazorat qilish va har tomonlama baholash imkoni bo‘ladi. Guruhlash ayniqsa moliyaviy natijalar auditi va tahlilida keng qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Chunki moliyaviy natijalar tarkibini guruhlash asosida ularning xususiyatlari, asosiy jihatlarini e’tiborga olingan holda tahlil qilish auditorlik tekshiruvlari sifatini oshishiga imkon beradi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot auditida tahliliy amallarni qo‘llashda dialektik bilish usullari - analiz va sintezdan foydalaniladi. Mazkur usullar moliyaviy natijalar tarkibini tahlil qilishda, tahlil natijalarini umumlashtirishda qo‘llaniladi. Analiz va sintez usuli moliyaviy natijalar tahlilida birgalikda harakat qiladi.
Omilli tahlil usuli moliyaviy natijalar tahlilida qo‘llaniladigan asosiy usul hisoblanadi. Chunki omilli tahlil usuli moliyaviy natija ko‘rsatkichining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi har bir omillarni hisob-kitob qilishda foydalaniladi. Mazkur usulni qo‘llash natijasida foyda hajmini oshirish bo‘yicha ichki xo‘jalik imkoniyatlarini aniqlash imkoni bo‘ladi.


Download 85,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish