Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari



Download 85,64 Kb.
bet4/19
Sana31.03.2022
Hajmi85,64 Kb.
#520054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Молиявий Тахлил” фанидан курс иши

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat.
Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son BHMS, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS, «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi, ya’ni ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi:
- firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy manbayi;
- kreditga layoqatligini ifodalovchi ko‘rsatkich;
- mulk egasining asosiy maqsadi;
- raqobatga bardoshlikning mezoni;
- ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbayi;
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i asosida belgilanadi.
366 Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:

  1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.

  2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda.

  3. Asosiy faoliyatdan foyda (zarar).

  4. Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar).

  5. Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar).

  6. Favqulodda foyda (zarar).

  7. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar).

  8. Sof foyda (zarar).

Ushbu ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr xarajatlari.
3. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarning bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga imkon beradi:

  • Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish.

  • Moliyaviy boshqaruv yuzasidan operatsion xarajatlarni boshqa xarajatlardan farqlash.

  • Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga kelishi yoki shakllanishi bo‘yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yangi hisobot shakli ularning har bir shakllanish qatori bo‘yicha to‘liq axborotlarni olish imkonini beradi. Bu axborotlar ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmaydi.
Agar shunday bo‘lganda moliyaviy hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo‘lar edi, chunki moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo‘lmasligi talab etiladi. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» Qonunining 6-moddasida ko‘rsatilgan.
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum qatori. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga soliqlar, to‘lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi.
367 Sotishga soliqlar, to‘lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi:

  • - qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  • - aksiz solig‘i;

  • - reklama solig‘i;

  • - mahsulot hajmidan ijtimoiy sug‘urta bo‘limiga ajratma va h.k.

Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning, odatda, ikkita sharti xarakterlanadi. Bular kassali va hisobga olish usullaridir. Kassali usulning mohiyati shundaki, bunda mahsulotlar ortib jo‘natilib hisob hujjatlari taqdim etilgan va ularning hisob raqamiga puli kelib tushgandan keyingina sotilgan hisoblash va tushum qatoriga qo‘shish, sotishga soliqlar summasini ham ularning amalga oshish davriga muvofiq hisoblashni xarakterlaydi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunning qabul qilinishiga qadar respublikamizda ushbu usul qo‘llanib kelindi. Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning yoki daromadlarni tan olishning hisobga olish usuli esa ularning ortib jo‘natilib, hisob hujjatlari taqdim etilgan vaqti bo‘yicha hisobga olish bilan xarakterlanadi. Bunda pul tushumlari yoki to‘lovlarning amalga oshish vaqtiga ahamiyat berilmaydi. Sotishga soliqlarning hisob-kitobi ham bevosita ularning tushum sifatida tan olish vaqti bo‘yicha hisobga olinadi.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Mahsulot sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija – foyda yoki zarar quyidagi bog‘lanishlar asosida, ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot (ish va xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi.
Korxona foydasining asosiy qismini bevosita mahsulot (ish va xizmat) lardan olingan foyda tashkil etadi.
3. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar). Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi quyidagi bog‘lanishlarda, ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan foyda summasidan davr xarajatlari tarkibiga kiruvchi sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va boshqa umumxo‘jalik xarajatlarini chegirish hamda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlarni tartibli farqlash asosida aniqlanadi.
4. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar).
Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar qatoriga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi umumlashgan ko‘rsatkichlar kiritilgan.

  • sho‘ba va qo‘shma korxonalardan olingan dividendlar; - boshqa olingan dividendlar;

  • - sho‘ba va qo‘shma korxonalarga berilgan va olingan qarzlar bo‘yicha foizlar;

  • - boshqa to‘langan va olingan foizlar;

  • - valuta kursining o‘zgarishidan farqlar;

  • - moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar.

Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyatdan olingan natijani qo‘shish asosida umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija (foyda, zarar) aniqlanadi.
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga qadar foyda summasidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar summasiga farq qiladi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy natijaning shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkiblanadi.
6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona tomonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi.
Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijalar shakllanishining uchinchi tarkibi sifatida qaraladi. Kutilmagan suv toshqini, yong‘inlar, tabiiy ofatlar ta’siridagi yo‘qotishlar ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo‘yicha foyda va zararlarning boshqa shakllanish qatorlarida soliqqa tortish bo‘yicha hech qanday farqlanish yo‘q.
Agar foyda olinadigan bo‘lsa, u bo‘yicha ham tegishli tartibda soliq to‘lanadi, zarar olinadigan bo‘lsa, umumxo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda summasi zarar summasiga kamaytiriladi. Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish ehtimoli nihoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar shaklida bo‘lishi mumkin.
7. Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) summasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga favqulodda foyda (zarar) summasini qo‘shish asosida aniqlanadi.
Soliq 369 to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborat bo‘ladi.
8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtiyorida qoladigan foyda summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda summasidir, lekin sof foyda summasi ham turli to‘lovlar va ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan.
Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar sof foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat sotilgan mahsulotniggina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa uning uchun ketgan barcha ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini o‘zida ifodalaydi. Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va operatsion xarajatlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha xarajatlar, bank xizmat haqi xarajatlari, valuta kursining tushib ketishidan yo‘qotishlar va boshqa sarflar kiradi.
Favqulodda xarajatlar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga keladigan xarajatlar kiritiladi. Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun soliqqa tortilgungacha bo‘lgan foydaga:

  • Nizomda keltirilgan birinchi ilovaga asosan chegirilmaydigan xarajatlar yoki doimiy tafovutlar qo‘shiladi;

  • Nizomda keltirilgan ikkinchi ilovaga binoan vaqtlar bo‘yicha tafovutlar qo‘shiladi yoki ayirib tashlanadi;

  • qabul qilingan soliqlar bo‘yicha qonunlarga binoan korxonalarda soliqlar bo‘yicha tasdiqlangan imtiyozlar ayirib tashlanadi.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot yil bo‘yicha har bir chorakka jamlangan hisobda tuziladi. Uni topshirish organlariga soliq idoralari, bank tashkilotlari, yuqori tashkilotlar kiritiladi.
O‘lchov qiymati ming so‘m hisobida hisobga olinadi, shuningdek, ushbu hisobot 370 shakliga spravka, ma’lumotnoma shaklida budjetga to‘lovlari hisobi ham kiritilgan. Unda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan respublika va mahalliy budjetga to‘laydigan soliqlar to‘lovi bo‘yicha hisobga olingan va to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Foyda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar faoliyatini baholash ko‘rsatkichi va rag‘batlantirish manbayidir. Shu tufayli faoliyatni obyektiv baholash uchun foyda tarkibi, tuzilishi, uni tashkil etuvchi elementlarini dinamik tarzda chuqur o‘rganmoq lozim. Foyda nafaqat mahsulot birligi uchun qilingan xarajatlarni qisqartirish, balki mahsulot sotish hajmining belgilangan assortimentdaortishi, talab va ehtiyojni hisobga olgan holda yuqori rentabellikka ega mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarishga erishishga ham bog‘liq. Shu bois xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha tomonlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘langan holda foyda kompleks tarzda tahlil etilishi maqsadga muvofiqdir. Foyda miqdorini tahlil etishda gorizontal va vertikal tahlil metodlari muhim o‘rin tutadi.


Download 85,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish