Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti



Download 0,78 Mb.
Sana21.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#397976
Bog'liq
AQIDAPARASTLIK


Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti

7-4 JM 19 guruh talabalarining manaviyat kuni munosabati bilan “Aqidaparastlik va uning salbiy oqibatlari“ haqida

davra suhbati

BAYONNOMASI
Buxoro shahar: 8.11.2021

Qatnashdi: “Jismoniy madaniyat nazariyasi

va uslubiyoti” kafedrasi o`qituvchisi

E.Yu.Islomov

va 7-4 JM 15 guruh talabalari

So’zga Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi o’qituvchisi E. Yu. Islomov chiqdi: Aqida va aqidaparastlik haqida


  Aqidaparast atamasi lug‘aviy jihatdan ikki so‘zdan tashkil topgan. Aqida — inson e'tiqod qiladigan, ishonadigan tushunchalar majmui. Parast — forscha parastan, biron narsaga xizmat qilmoq, uning ta'siriga qat'iy ko‘ngil qo‘ymoq, uni tarannum etmoq, ba'zi o‘rinlarda unga sig‘inmoq ma'nosida.
  Ta'kid joiz, aqidaparast atamasidagi “aqida” so‘zining ma'nosi borasida ba'zilar turli fikrlarni bildirganlar. “Har bir insonning o‘z e'tiqodi — aqidasi bo‘lsa, shu e'tiqodda mustahkam tursa “aqidaparast” hisoblanadimi?” mazmunidagi savollarga jazm qilganlar ham topiladi. Bunga sabab atama mazmunining kelib chiqish mohiyatini angalamaslikdir. Aqidaparast atamasi ikki qismdan: aqida va parast so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lsa-da, aslida “aqida”parast shaklida yozilishi kerak edi. Bu yerdagi aqida so‘zi o‘zining haqiqiy ma'nosida emas, balki qo‘shtirnoq ichida yoziladigan, soxta va buzuq e'tiqodni ifodalaydigan “aqida” ma'nosida kelgan. Ammo, o‘zbek tilida bir so‘z bo‘laklarini qo‘shtirnoq bilan ajratish mumkin emasligi nuqtai nazaridan, mazkur atama “aqida”parast shaklida emas, aqidaparast shaklida ishlatilib kelinmoqda. Iste'molda sog‘lom e'tiqod, to‘g‘ri dunyoqarash egasiga nisbatan “aqidaparast” iborasi ishlatilmaydi. Aqidaparast — soxta va buzuq g‘oyalarni o‘ziga e'tiqod va shior qilib olgan kimsadir. Aqidaparastlik — sog‘lom e'tiqoddan burilish, voz kechishdir. Binobarin, musaffo islom e'tiqodida aqidaparastlikka o‘rin yo‘q. Kimki, aqidaparastlar buzg‘unchiligini ko‘rib, islom shunday ekan desa keskin adashadi. Sog‘lom e'tiqod aqidaparastlikni qoralaydi. Komil imon egasi bunday nomaqbul yo‘l sari qadam tashlamaydi.
  Aqidaparast oqimlar – islomning musaffo ta'limotini buzib talqin qiluvchilardir. Masalan, mo‘'tazila oqimi – Yaratganning sifatlarini noto‘g‘ri talqin qilishi oqibatida IX asrda Bag‘dodda inkvizitsiya joriy etildi. Mo‘'tazila g‘oyalariga qo‘shilmagan kishilar qiynoqqa duchor qilindi. Xorijiylar oqimi – gunohkorni imonsizga chiqarishi va rahbarga itoat tamoyilini buzishi natijasida o‘nlab ekstremistik va terrorchi guruhlar yuzaga kelib, asrlar davomida tinchlik va barqarorlikka tahdid soldilar. “Hizbut-tahrir” oqimi – rahbarga itoat tamoyilini qo‘pol buzganlari va “xalifalik” soxta g‘oyasini ilgari surganlari qanchadan-qancha ziddiyat va to‘qnashuvlarga olib kelgani tarixdan ma'lum. Bunday misollar qatorini uzoq davom ettirish mumkin. 
  Har bir ongli inson aqida va aqidaparastlik orasidagi katta farqni yaxshi anglashi darkor. Ayniqsa, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan-da xavfliroq bo‘lgan bugungi tahlikali davrda tashqi ko‘rinishi, libosi zamonaviy va ko‘rkam bo‘lishiga muntazam e'tibor qiladigan inson ichki dunyosi, e'tiqodi va ma'naviyatining go‘zalligi borasida kuniga loaqal bir marotaba bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rishi zarurligini dunyoda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar ko‘rsatib turibdi. Aslida, tashqi kiyofadan ko‘ra inson qalbi, ichki dunyosining jamoli muhimroqdir. Husn to‘yda kerak, aql kunda kerak, ma'naviyat va musaffo e'tiqod har daqiqa, kerak bo‘lsa, har soniyada kerak. Posbon o‘z xizmat vazifasida bir lahza uyquga ketsa, bir soniya ogohlikni unutsa, mamlakat xatar ostida qolgani kabi, qalbdagi o‘zgarishlarga bo‘lgan kichik e'tiborsizlik tanani vayron qilishi mumkinligini isbotlash qiyin emas. Inson tanasining shohi uning qalbi. Hazrat  Navoiy: 
  “Erursan shoh — agar ogohsen sen,
  Agar ogohsen — shohsen sen”deya ta'kidlaganlarida, qalbni ehtiyot qilish, uni zararli, buzg‘unchi g‘oya va mafkuralardan himoya qilishni nazarda tutgan bo‘lsalar ajab ermas. Shuning uchun ham qalbni aqidaparastlik, shuhratparastlik, molparastlik, shahvatparastlik kabi turli illatlardan muhofaza qilish har bir shaxsning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Davra suhbatida talabalar o’zlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega buldilar va bundan o’zlari uchun tegishli xulosa chiqaradilar degan umidda biz.

Jismoniy madaniyat nazariyasi



va uslubiyoti” kafedrasi o`qituvchilari E.Yu.Islomov






Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish