Buxoro davlat universitetining



Download 256,63 Kb.
bet1/8
Sana26.08.2022
Hajmi256,63 Kb.
#847712
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Яхёева Шахноза


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI

70111301- Musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishi


O‘zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davri”


Yaxyayeva Shaxnoza Sharopovnaning


KURS ISHI

Ilmiy-ijodiy rahbar: P.f.f.d (PhD), dotsent J.Yarashev


BUXORO-2022


Reja:


Kirish
I. bob Eng qadimki davrlarda Markaziy osiyoning musiqa madaniyati
1.1 Eng qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
1.2 Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati
II. bob Musiqa ta’lim-tarbiya vositasi
2.1 Musiqiy ta’lim-tarbiya
2.2 Musiqiy san’atning shakllanish jarayoni
III. bob Ilk o‘rta asr san’ati
3.1 Barbad davri musiqa san’atining rivojlanishi
3.2 Oʻrta Osiyo xalqlari qadimgi ajdodlarining musiqali poetik ijodi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotar

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoni imzolandi. Mazkur qonun g‘oyaviy mavkuraviy jihatdan milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan juda qadrlidir.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan, dini, millati, irqidan qat’i nazar zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo‘lgan, respublikamizda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyat qurilmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim sharti etib belgilangan1ligi fikrimiz dalilidir.
Uzoq ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo ma’naviyat-ma’rifatning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu azaliy an’anaga mustaqillik yillarida ham alohida e’tibor berilishi juda ahamiyatli bo‘ldi. Qayd etish lozimki, istiqlolning dastlabki davrlaridanoq madaniyatning metodologiyasi o‘zgardi. Agarda, sho‘rolar mustabid tuzimi davrida madaniyatning asosiy vazifasi jamiyat a’zolarining kommunistik mafkura va soxta g‘oyaga e’tiqodini mustahkamlashga safarbar etish bo‘lsa, istiqlol davrida uning maqsadi tamomila o‘zgardi.
Xo‘sh, bular nimalarda ko‘rindi? Xususan, eng avvalo, mamlakat hukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo‘nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog‘liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyatni hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosiy omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o‘rni va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo‘lgan barcha muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho‘rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas «ma’naviy» merosdan poklanmasdan turib istiqlolga xizmat qiladigan, fuqarolar qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas edi.
To‘rtinchidan, istiqlol davri O’zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan biri – o‘tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, ahloqiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho‘ro davrida tarkib topgan munosabat kabi «illat» sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan, istiqlol davrida ma’naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg‘unligi ta’minlandi. Mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo‘lgan eng ustivor vazifa «xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta’sir o‘tkazishga, xalqni o‘ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to‘g‘ri belgilab olishdir2».
Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an’analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne’mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o‘zining musiqiy an’analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘z aksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan.
Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ko 4ami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug‘orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan.
Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan. Hayot taraqqiyoti jarayonlarida, G‘arb madaniyatining o‘ziga xos kamol topganligini esa, hozirgi zamon musiqa san’ati ko‘lamidan ilg‘ab olish ushkul etnas. Buning negizida musiqa san’ati va uning ichki unsurlarini professionallik darajada umumlashish bosqichlarini o‘tashi, bu jarayonda mutanosib tovush pardalarini uyg‘unlashtirish hamda barcha barobar qabul qilishlari kabi mezonlar, umumbashariyat musiqa san’atining go‘zal uyg‘unlashishiga olib kelganligini e’tirof etish lozimdir. Natijada, musiqa san’ati ijodiyotida G‘arb musiqa san’atiga intilish, o‘xshatish, madaniyatiga ergashish kabi munosabatlar yuzaga keldi. Har bir xalq o‘zining milliy musiqa san’ati bilan birgalikda, ular asoslangan g‘arbona musiqa ijodiyotini shakllantirdilar. V uni, ilk bosqichlarini taqlidiy munosabat ekanligiga ham shubha yo‘q. Lekin zamon va makon, mafkura va siyosat, qolaversa, zamonaviy ijodiy munosabatlar yangi yo‘nalishlarni vujudga kelishini ta’minlab beradi.
Oʻzbek xalq musiqa san’ati o‘zining milliy jarayonlarida o‘ziga xos va mukammal darajada shakllangan betakror xalq va mumtoz musiqa merosiga ega. XX asrga kelib, bu ijtimoiy hayot so‘qmoqlarida va musiqa madaniyatimizda yangi yo‘nalish joriy etila boshlandi. Bu ana shu g‘arb musiqa madaniyatining negizida musiqa ijodiyotini kamol toptirish edi. Qayd etish joizki, har qanday musiqa xalq madaniyatining rivojiga xizmat qilsa, albatta amaliyotda o‘z ijobatini topadi. XX asrga kelib O‘zbekistonda ham yevropacha tafakkur oqimining ta’siri sezila boshlandi va zamonaviy musiqaning kompozitorlik ijodiyoti ko‘rinishida amaliyotda qaror topa boshlandi3.
Kurs ishining maqsadi: O‘zbek musiqasi tarixi, uning tarixiy davrlardagi shakllanish va rivojlanish jarayonini yoritish. o‘zbek musiqa san‘atining ilk va o‘rta asr, sosoniylar va islomgacha boʻlgan davr rivojlanish jarayoni tarixiy manbalar asosida aks ettirilishi. Shuningdek, hozirgi o‘zbek musiqasi folklori janrlari, ularning o‘ziga xos belgilari, farqli xususiyatlarini oʻrganish. O‘zbek musiqa san‘ati tarixi va taraqqiyotining qanchalik chuqur negizga ekanligi bilish. Musiqa ta‘limi yo‘nalishi talabalari, musiqa san‘ati mutaxassislari, pedagoglari va shu soha ixtisosliklari bilan shug’ullanuvchilariga mo‘ljallangan.

Download 256,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish