Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish



Download 1 Mb.
bet134/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish.

Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), jahon savdosi sohasida – Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv – Jahon savdo tashkiloti (TSBK – JST)ni ko’rsatish mumkin.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.

Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan bo’lsada (Millatlar ligasi – 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki – 1929 yil), xalqaro darajada jahon xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.

1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK), yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (EIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri keldi.

Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi, 1948 yilning 1 yanvaridan buyon Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK) nomi bilan faoliyat ko’rsatib, 1995 yil 1 yanvardan Jahon savdo tashkiloti (JST) deb yuritiluvchi xalqaro tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda JST jahon savdo aylanmasining 45 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. JST milliy va mintaqaviy darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protektsionizmga qarshi turadi, milliy manfaatlarni o’zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. JST faoliyatining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini o’tkazish hisoblanadi. Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko’plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.

Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o’ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini, ularning to’lov balansi holatini o’rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo’yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon xo’jaligi doirasida ko’p omilli fuktsional aloqalarni o’rganishni amalga oshiradi, valyuta va budjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.

Sharqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko’rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga solish tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y berib turadi. 80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o’zgarishlar, jahon xo’jalik aloqalari tizimini ko’p tomonlama tartibga solish shakllari evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o’zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’ektlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko’payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro’y beradigan o’zgarishlar muhim o’rin tutadi. 80-yillarning o’rtalarida dunyoda AQSH, G’arbiy yevropa va YAponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jahon xo’jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar tarkibidagi o’zgarishlarning ham ta’siri bo’ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo’lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo’jaligi aloqalarini tartibga solishda ma’lum o’zgarishlarga olib keladi.

Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu Ittifoqning Shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator yevropa muassasalari tuzildi.

Yevropa Ittifoqining ijroiya organi Yevropa hamjamiyati Komissiyasi (EHK)dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o’z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.

Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo’jaligi kabi Vazirlar Kengashi mavjud bo’ladi. Yevropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat budjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o’zgartirish kiritish huquqi Yevropalament zimmasiga yuklatiladi.

Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o’tkazila boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYU, 2004 yildan boshlab yevro joriy etildi va yangi muassasa – Yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga y Yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.

Shuningdek, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz berishi va ko’plab mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar keltirishi rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib qo’ydi. Ushbu inqirozga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish maqsadida dastlab 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, keyin 2009 yil aprel oyida Londonda jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammit o’tkazildi. Prezidentimiz dastlabki sammit muhokamalarida inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo’yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida hali erta ekanligini qayd etib, «shu bilan birga, mazkur sammitning bo’lib o’tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog’liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinganining o’zi umid uyg’otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz»15, deya baholadilar.



Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o’zining salbiy aks ta'sirini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan.

Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo’lib, iste'molchilarni muomalaga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. qog’oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir.

Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o’zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega.

Ushbu kursimizni o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo’lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi.

Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar.

Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "yevro", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston "so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi.

Har bir suveren davlat o’z pul birligiga ega bo’lib, faqat shu mamlakatdagina bu pul birligiga muayyan ne‟matlarni sotib olish mumkin. Boshqa mamlakatlarning ham o’z pul birliklari mavjud va faqat shu davlatlarda ular qonuniy harakatda bo’ladi. Qolgan barcha boshqa valyuta deb nomlanuvchi pullar maxsus nazorat ostida amal qiladilar.

Rus iqtisodchi olimi V.S. Safonovning ta‟rifiga ko’ra, «currency» atamasi banknotalar va tangalar ko’rinishidagi pullar ma‟nosini anglatadi1. Xorijiy valyuta uchun foreign currency atamasi ishlatiladi. Jahon valyuta bozori – bu foreign currency exchange market dir, yoki oddiy qilib aytganda, FOREX.

Valyutalarning turli klassifikastiyasi mavjud bo’lib, asosan ularni uch guruhga ajratishadi. Bular jahon valyuta bozorining barcha segmentlarida hech qanday cheklovlarsiz amal qiladigan valyutalardir. Ular cheklanmagan miqdorda va turli joriy va muddatli bitimlar bo’yicha to’liq konvertirlana oladilar. Bunday turdagi valyutalar ichida katta beshlikni ajratib ko’rsatish lozim. Ularga AQSh dollari (USD), Yevro (EUR), Shveysariya franki (CHF), Yaponiya ienasi (JPY) va Angliya funti (GBP) kiradi.

Asosiy valyutalarga shuningdek, Kanada dollari (CAN) va boshqa bir nechta valyutalar (masalan, Avstraliya dollari AUD) ham kiritiladi. Ikkilamchi valyutalar odatda erkin muomalada bo’ladi, biroq vaqti-vaqti bilan ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, bularga likvidlikning yetarli darajada emasligi (ya‟ni, xarid qilish va sotish bilan bog’liq qiyinchiliklar), hosilaviy moliyaviy instrumentlarning (xususan, fyucherslarning) qo’llanilishi bilan bog’liq boshqa to’siqlarni kiritish mumkin.

Valyutalarning mazkur sirasiga Irlandiya, Singapur, Grestiya, Shvestiya, Daniya, Oman, Quvayt, Hindiston kabi davlatlar valyutalari kiritiladi.

Ekzotik valyutalar bo’yicha doimo kotirovkalar mavjud, biroq ba’zida operatsiyalar miqyosi, muddatli bitimlar bozori bo’yicha (agar u umuman mavjud bo’lsa) katta cheklovlarning bo’lishi ehtimoli bor; shuningdek, muayyan davlatlar tomonidan ularning keng savdosiga qarshi qonuniy cheklovlar ham o’rnatiladi. Mazkur guruhga Indoneziya, Tailand, Gonkong, Malayziya, Vetnam, Fillipinalar kabi mamlakatlar valyutalarini kiritish mumkin.

Hozirgi kunda yangi paydo bo‘luvchi bozorlar valyutalari ham yuzaga keldi. Bular Chexiya, Slovakiya, Polsha, Rossiya, Janubiy Amerika va JAR mamlakatlari pul birliklaridir.

Qavslar ichidagi valyutalarning belgilanishi SWIFT tizimi foydalanuvchilari tomonidan qabul qilingan kodirovka bo’yicha amalga oshiriladi. Qisqacha aytganda, banklar tomonidan foydalaniladigan mazkur axborot tizimi xizmat xabarlarining xavfsiz yetkazilishini ta’minlaydi.



Jahon amaliyotida moliyaviy bozorlar faoliyatida standartlashtirish xalqaro tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, lotin tilidagi uchta harfdan iborat valyutalarning quyidagi belgilanishlari qabul qilingan bo’lib, ular xalqaro va mahalliy amaliyotda keng qo’llaniladi (ISO 4217 standarti – International Organization for Standartization):



  1. jadval


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish