Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad



Download 1 Mb.
bet60/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lovlar summasiga kam bo’ladi.

Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo’lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.

Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

      1. ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;

      2. davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;

      3. moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.

Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil etadi.

Iqtisodiyotimizning jadal va mutanosib rivojlanib borayotgani aholi hayot darajasi va sifatini izchil oshirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi 2014 yilda 23,2 foizga oshdi. Aholining jon boshiga to`g’ri keladigan real daromadlar esa 10,2 foizga ko`paydi.

Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi toboraortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko`rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o`sdi. Bu Mustaqil Davlatlar hamdo`stligi mamlakatlaridagi eng yuqori ko`rsatkichlardan biridir.

Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat:



  • davlat sug’urtasi bo’yicha to’lovlar;

  • shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari;

  • jamg’arma bankidagi omonatlar bo’yicha foizlar;

  • aktsiya, obligatsiya qiymatining o’sishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha to’lovlar;

  • lotereya bo’yicha yutuqlar;

  • tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo’ladigan vaqtincha bo’sh mablag’lar;

  • har xil turdagi kompensatsiya to’lovlar va h.k.

Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.

Aholi turmush darajasi – aholining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi.

Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:



    1. tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar;

    2. hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari;

    3. oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish;

    4. turar joy sharoitlari;

    5. ma’lumot va madaniyat;

    6. mehnat qilish va bandlik sharoitlari;

    7. aholining daromadlari va xarajatlari;

    8. hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari;

    9. transport vositalari;

    10. dam olishni tashkil etish;

    11. ijtimoiy ta’minot;

    12. inson erkinligi.

Bu asosiy ko’rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko’rsatkichlar ham ajratib ko’rsatiladi: aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YAIM, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.

Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to’plami mehnat sharoiti, ta’lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.



Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi budjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi budjetlarining bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila budjeti, yuqori darajada ta’minlangan budjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar budjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari budjeti shular jumlasidandir.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish