Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti



Download 0,75 Mb.
bet2/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

Аннотация

В данном учебнике авторы дают сведения для студентов направления 5310100 – энергетика (тепловая энергия), 5310700 – электротехника, электромеханика и электротехника (машиностроение) и 5312100 – энергоаудит и энергоаудит промышленных предприятий, о профессиональной этике личности, индивидуальном стиле профессиональной деятельности, факторах профессиональной направленности и психологической классификации профессий, психодиагностике профессиональных характеристик.


Учебник предназначен для преподавателей и студентов вуза.
Annotation

In this textbook the authors study the subject, tasks, methodological bases of professional psychology for students of 5310100 – energy (thermal energy), 5310700 – electrical engineering, electromechanics and electrical technology (mechanical engineering) and 5312100 – energy auditing and energy audit of industrial enterprises. Ethics, individual style of professional activity, factors of professional orientation and psychological classification of professions, psychodiagnostics of professional characteristics.


The textbook is intended for professors and students of the university.
© Axmetjanov M.M., Jumayev U.S., 2021 y.
© «Fan va texnologiya», 2021 y.
KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarorining qabul qilinishi, yoshlarni har tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga bo‘lgan imkoniyatlari yanada kengaydi.
Mazkur darslik 5310100 – energetika (issiqlik energetikasi), 5310700 – elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar (mashinasozlik) hamda 5312100 - energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi yo`nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘lajak mutaxassislarning psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida yaratilgan novbatdagi manbadir.
Kasbiy psixologiya yosh avlodni tarbiyalash, ularni o‘qitish va ma’lumotli qilishning qonuniyatlari, qoidalari, shakllari, metodlari, usullari va vositalarini o‘rganuvchi fandir.
Mazkur tushunchalarning mazmuni, mohiyati, funksiyalari haqida ma’lumot beruvchi “Kasbiy psixologiya” fani bo‘lajak elektro energetika soxasi muhandislarini o`z kasbiga ilmiy-nazariy tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, har bir mavzuning oxirida o‘z bilimini tekshirish maqsadida nazorat savollari, amaliy ishlar, topshiriqlar va testlar berilganki, ular talabalarning bo`lajak kasbida o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash, ko‘nikma, malakalarini shakllantirishga katta yordam beradi.
Ushbu darslik shaxsning kasbiy psixologiyaga oid asosiy tushunchalarni, “Kasbiy psixologiya” fani taraqqiyotining asosiy bosqichlari va metodlari, vazifalari, shaxs haqida tushuncha, kasbning psixologik tahlili, muloqot, psixik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, fanning tarmoqlari, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, kasbiy psixologiya fanininig predmeti, vazifasi, metodologik asoslari, shaxsning kasbiy etikasi, kasbiy psixologiyaning individual uslubi, kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi, kasbiy xususiyatlar psixodiagnostikasi haqidagi masalalarni qamrab oladi.
Ushbu darslikdan olingan bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lajak elektro energetika soxasi muhandislarida kasbiy muloqotni amalga oshirish, o‘z ustida ishlash, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun asosiy manba hisoblanadi.
Ushbu darslikning maqsadi - talabalarda o‘z kasbiga doir psixologik bilimlarni egallashga, shaxs psixologiyasi, uning kasbi va muloqoti, psixik taraqqiyot qonuniyatlari, shaxsni psixologik metodlar yordamida o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Darslikning vazifasi – talabalarga voq`elik va jamiyatdagi voq`ea-hodisalarning, jamiyat hayotida psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, insonning shaxs va mutaxassis sifatidagi kamoloti va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o‘rgatishdan iboratdir.
Darslikni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- psixologik tushunchalarni, voq`elik va jamiyatdagi voq`ea-hodisalarni, shaxsning o‘zida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni, shaxsni psixologik tadqiq qilish usullarini bilishi;
- talaba voq`elikni psixologik mushohada etish, narsa-hodisalarni ilmiylik va mantiqiylik asosida o‘rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tassavurning uyg‘unligini ta’minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, o‘zining shaxsiy va kasbiy psixologik bilimlarni va qonuniyatlarni qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- talaba voq`ea-hodisalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq qilish, shaxs kasb motivatsiyasi jarayonida yuzaga chiqadigan emotsional va irodaviy sifatlari, individual psixologik xususiyatlari, shaxs va jamiyat orasidagi munosabatning psixologik qonuniyatlarini aniqlash va ular asosida kasbiy ko`nkmani amalga oshirish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Shuning bilan bir qatorda bo‘lajak mutahassislarni mamlakatimizda keyingi yillarda qurilish tizimining izchil taraqqiy etayotgani mazkur sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni kechagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Bo`lajak kimyo soha egalarini faollashtirish, psixologik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida darslikning oxirida manbalar tavsiya etilgan. Bu manbalar talabalar mustaqil o‘qishlarini yo‘lga qo‘yish hamda mustaqil bilim olishlari uchun ancha qulayliklar yaratadi.
Albatta, mazkur darslikda barcha muammolar o‘z yechimini topgan deb bo‘lmaydi. Unda ba’zi bir kamchilik va nuqsonlar bo‘lishi tabiiy. Shu boisdan mualliflar darslikning nazariy va uslubiy saviyasini yanada oshirishga doir o‘z takliflarini bildirgan kitobxonlarga chuqur minnatdorchilik bildiradilar.
Darslik haqidagi fikr-mulohazalaringizni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Metrologiya va standartlashtirish» kafedrasiga yuborishingizni so‘raymiz. Manzilimiz: Buxoro shahri, Q. Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy, tel: (65)223-46-76.

I-MODUL. KASBIY PSIXOLOGIYA FANININIG PREDMETI, VAZIFASI, METODOLOGIK ASOSLARI.

MODULNING UMUMIY MAQSADI: Talabalarda kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog’liqligi, o’quv fanlar tizimida o`rni, tadqiqot metodlarining klassifikatsiyasi, metodlarni qo’llash sohasi, tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish, genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar, eksperimental metodlar haqida tushuncha berish, professiografik tadqiqotlarni o’tkazish, shaxsning biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari, shaxs faolligi, shaxsning kasbiy shakllanish determinatsiyasi, shaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlari xaqida tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilishiga oid ko‘nikmalarni shakllantirish.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI:
  • ta’limiy maqsad: talabalarga kasbiy psixologiya fani va uning nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o‘zlashtirish orqali kasbiy kompetentligini oshirish;

  • tarbiyaviy maqsad: talabalarda fanning o‘ziga xos xususiyatlari haqida dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy mahoratni shakllantirish, o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish, o‘qishga oid motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish, o‘rganishga havas, ishtiyoq va qiziqishni shakllantirish;

- rivojlantiruvchi maqsad: talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish, ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish, ongli intizomni tashkil etish.
1 - mavzu. Kasb-hunar egallashning ijtimoiy va tarixiy muammolari.
Tayanch iboralar: Kasbiy psixologiya, shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog’liqlik, o’quv fanlar tizimi, ilmiy tasavvur hosil qilish.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish