Buyuk sharq allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini o‘rganish



Download 226,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.05.2023
Hajmi226,18 Kb.
#946929
  1   2
Bog'liq
2089-Article Text-4324-1-10-20211127



Buyuk sharq allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan 
hissasini o‘rganish 
 
Orziqul Qodirovich Xalilov 
Jizzax politexnika instituti 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo olimlarining tabiiy fanlar 
sohasida olib borgan ilmiy meroslaridan foydalanishda O‘rta Osiyoda qadimdan 
fizika, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, to‘qimachilik va me’morchilik 
soxasida olib borgan ilmiy ishlaridan o‘quv jarayonida keng foydalanish. 
Kalit so‘zlar:
O‘rta asr olimlari, tabiiy fanlar, fizika, geliotsentrik, aksidensiyalik 
(nisbiylik), astronomiya, matematika, o‘quv jarayoniga tadbiq qilish. 
Studying the contribution of the great eastern scientists to 
world civilization 
 
Orzikul Kadyrovich Khalilov 
Jizzakh Polytechnic Institute 
Abstract:
This article illustrates the use of scientific legacies of Central Asian 
scientists in the natural sciences in teaching physics is widely used in Central Asia 
since ancient times in the field of physics, astronomy, mathematics, medicine, 
chemistry, textile and architecture. 
Keywords:
Medieval 
scientists, 
physics, 
astronomy, 
mathematics, 
implementation in the learning process. 
 
Kirish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning o‘qituvchilar va 
murabbiylar kuniga bag‘ishlangan yig‘ilishda hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
“-Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renesans -poydevorini barpo etishdek 
ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, ibn 
sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni 
yaratishimiz 
kerak”, 
degan 
so‘zlariga mos holda 2021-yil Yoshlarni 
qo‘llab-quvvatlash, aholi sog‘ligini mustahkamlash yili deb belgilandi. [1].
“Renesans fransuzcha so‘z bo‘lib “qayta tug‘ilish” “uyg‘onish” degan ma’noni 
anglatadi. Mazmuni keng: ilm-fanda, madaniyatda san’atda ta’lim tarbiyada qayta 
jonlanish xalqning ilm va taraqqiyoti bobida yuksalish demakdir. IX-XII-asrlarda 
birinchi Renesans XIV-XV asrlarda ikkinchi Renesans davrlarida Markaziy Osiyoda 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
1016


ilm-fan, madaniyat, adabiyot san’atda yuksak cho‘qqilarga erishilgan. Uchinchi 
Renesans poydevorini qurish uchun mamlakatimizda fanlarga ixtisoslashgan Prezident 
maktablari, O‘rta maktablarda iqtisoslashgan sinflar, tashkil etilmoqda. Toshkent 
shahrida Islom sivilizatsiya markazi barpo etilmoqda. Uchinchi Renesans poydevorini 
ko‘rishda Prezidentimizning quyidagi so‘zlarini keltiramiz. [1]. 
“-Hech shubhasiz, o‘z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonch bizni 
Uchinchi renesans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashtirib, yanada 
kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk 
xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo‘lishning o‘zi katta 
baxt, katta sharafdir. [1]. 
Markaziy Osiyoda qadimdan fizika, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, 
to‘qimachilik, me’morchilik, ma’danshunoslik, kulolchilik, falsafa, musiqa, 
tilshunoslik, adabiyotshunoslik keng rivojlangan. Ayniqsa, aniq va fundamental fanlar 
sohasida ijod etib biz uchun o‘lmas ilm sohiblari bo‘lgan Muhammad Ibn Muso 
al-Xorazmiy (780-850), Abu Nasr al-Farobiy (873-950), Abu-Rayhon Beruniy 
(973-1050), Abu Bakr Ar Roziy (865-925), Ahmad Farg‘oniy, (790-865) Abu-Ali 
Husayn Ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1123), Mirzo Ulug‘bek 
(1394-1449) kabi buyuk allomalarni aytib o‘tish joizdir. [3]. 
Muhammad Ibn Ahmad Abu Rayhon Beruniyning fizika fani sohasida olib 
borgan ilmiy ishlari olamshumul ahamiyatga egadir. U birinchi globus yasagan va 150 
dan ortiq kitob va risolalar yozgan. Beruniyning asarlarida, og‘ir va engil jismlarning 
erga tortilishi haqidagi g‘oyalarini «butun olam tortishish qonuni» yaratilishidan besh 
asr oldin ilmiy jihatdan asoslab berganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Beruniyning 
geliotsentrik sistema to‘g‘risidagi fikrlari fan taraqqiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. 
U olam markazida Erning turishi va harakatsizligi, boshqa osmon jismlari Er atrofida 
aylanishi to‘g‘risidagi fikrning noto‘g‘riligini ilmiy jihatdan isbotlab, Er markaz 
emasligi, uning Quyosh atrofida aylanishi fikrlarni asoslab berdi. N.Kopernik, 
J.Bruno, G.Galiley va boshqalarning kashfiyotlari Beruniy fikrini tasdiqlaydi. [4]. 
Abu Ali Ibn Sino - qomusiy olim, mutafakkir, faylasuf, asarlarining soni 280 dan 
ziyod. Ulardan 40 dan ko‘prog‘i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 
3 risola musiqaga, 185 risola falsafa, mantiq, ahloq, ilohiyot, ijtimoiy-siyosiy 
masalalarga bag‘ishlangan. Lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan xolos. 
Ar-Roziy, Beruniy va Abu Ali Ibn Sino yunon olimlarining atom haqidagi qarashlarini 
o‘rganib va yanada rivojlantirib, atomning bo‘linishi mumkinligini, bo‘lingan 
bo‘lakchalar orasida bo‘shliq va o‘zaro ta’sir kuchlari hamda bu zarrachalarning 
harakatlari mavjudligini aniqlab berdi. Forobiy va Ibn Sino issiqlik hodisalari haqidagi 
ilmiy farazlarida qizigan jismlar hajmlarining kengayishi natijasida zichliklari 
kamayib, o‘zining tabiiy o‘rniga, ya’ni yuqoriga intiladi, sovugan vaqtda esa, hajmi 
kichrayib, zichlik ortishi hisobiga pastga intiladi, ya’ni o‘zining tabiiy o‘rniga intiladi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
1017


deb qaraydilar. Beruniy suvning sovuqlikdan muzlashi natijasida uning hajmi 
toraymasdan, aksincha, kengayishini kuzatadi. «Agar ko‘za ichki tomonga qarab 
singanida edi, u holda aytilganlar to‘g‘ri bo‘lur edi. Lekin haqiqatning bunga 
qarama-qarshi kelishi ravshandir. Men idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman.. 
Beruniy suv muzlagan vaktda hajmning kengayishi sababli zichligi kamayishi va 
binobarin o‘z hajmiga barobar suvning og‘irligiga nisbatan engillashganligi sababli 
muzning suv yuzida bo‘lishini ilmiy asosda izohlaydi. Beruniy suvning 5 xil holatdagi 
zichligini tajriba asosida o‘lchaydi: buloq suvi-1, qaynoq suv- 0,959, erib turgan suv- 
0,965, dengiz suvi -1,14. Beruniyning bu ajoyib ilmiy tekshirishlari, undan 600 yil 
keyin mashhur italyan olimi G.Galileyning tajribalarida qaytadan isbot- langan. 
Beruniy va Ibn Sino Erning turli iqlimlarida ob-havoning turlicha bo‘lishi sabablarini 
Er shaklining dumaloqligi, ya’ni sharsimon bo‘lganligi sababli quyosh nuri tik yoki 
yotiq qiyalanib tushganligida, deb izohlaydilar. Ibn Sino o‘zining «Fizika» kitobida 
erdan ko‘tarilgan suv bug‘lari sovuqlik tufayli bulutlarga aylanadi, tog‘ tepalarida 
haroratning pastligi natijasida yanada quyuqlashib (zichlashib) qor, yomg‘ir va do‘lga 
aylanadi, bu esa haroratning yuqori va pastlik darajasiga bog‘liqdir, degan xulosaga 
keldi. Ibn Sino do‘lning ko‘proq bahor va kuz fasllarida bo‘lishini eslatib o‘tadi. [2]. 
Ibn Sino chaqmoq va momaqaldiroq hodisalari xususida «Aslida chaqmoq va 
momaqaldiroq bir vaqtda hosil bo‘ladi. Lekin biz chaqmoqni oldin ko‘rib, keyin 
momaqaldiroqni eshitamiz. Bu uzokdagi kishining o‘tin yorishidan chiqqan tovushni 
eshitishimizga o‘xshaydi. Ma’lumki, tovush o‘tinga bolta urilgan zahoti hosil bo‘ladi. 
Biz esa avval boltaning o‘tinga urilishini ko‘rib, keyin tovushni eshitamiz»,-deb 
izohlaydi. 
Ibn Sinoning tovush haqidagi so‘zlari yana ham muhimdir. «Eshituvga kelganda 
shubha yo‘qki, hech bir jism o‘z-o‘zidan tovush paydo qila olmaydi. Tovushni quloq 
vositasida eshitish mumkin. Ikki jism bir-biriga tekkan vaqtda, havo harakatga kelib, 
tebranish orqali tovush hosil bo‘ladi. Tovush to‘lqinlari juda ham tez tarqaladi. Ular 
quloqka etganda, eshituv asab tomirlariga kelib, ta’sir ko‘rsatadi». 
Sharq allomalarining buyuk vakillaridan yana biri, Abu Abdulloh Muhammad 
Ibn Muso al-Xorazmiydir. U matematika, astronomiya, geografiya sohasida asarlar 
yaratgan. «Al-jabr» (algebra) fani va «algoritm» tushunchasiga asos solgan. Uning 
«Xisob al-hind» va «Astronomik jadvallar» asarlari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima 
qilinib, Evropada keng tarqalgan o‘nli sanoq sistemasi va algoritm tushunchasining 
yoyilishiga olib kelgan. [4]. 
Abdul Abbos Ahmad Ibn Muhammad Ibn Kashr al-Farg‘oniy ham astronomiya, 
geografiya, matematika fanlari bilan shug‘ullangan. 160 dan ziyod asarlar yozgan.
Farg‘oniy Quyosh tutilishini oldindan hisoblab chiqqan. Erning sharsimon 
ekanligini ilmiy isbotlagan, meridian uzunligini hisoblagan, Nil daryosining oqimini 
o‘lchash uchun asbob yasagan va unga doir risolalar yozgan. Uning «Yulduzlar ilmi va 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
1018


samoviy harakatlar haqida to‘plam» nomli qomusiy asari ko‘plab tillarga tarjima 
qilingan. 
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek o‘zidan katta ilmiy va madaniy meros qoldirgan. 
Shulardan biri «Ziji jadvali Ko‘ragoniy»dir. Mazkur kitob «Kirish» va to‘rt qismdan 
iborat bo‘lib, Quyosh va Oy tutilishini oldindan aniqlashning ikki xil usuli, 
shuningdek, yulduzlar katalogi bo‘limida esa 1018 ta yulduzning yulduz turkumlari 
bo‘yicha joylashgan o‘rinlari aniqlangan. [2]. 
Buyuk bobokalonlarimizning tabiiy fanlarni rivojlantirishda qo‘shgan bebaho 
hissalarini talaba va o‘quvchilarga etkazish ularning qalbida buyuk ajdodlarimizga 
bo‘lgan mehr-muhabbatini oshiradi, ajdodlarga munosib voris bo‘lishga undaydi, 
yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Download 226,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish