Chi 19- guruh talabasi Subxonova Sitorabonuning Ingliz va o’zbek tillarida sodda gaplarning ifodalanishi mavzusidagi kurs ishi


III.O’ZBEK TILIDA SODDA GAPNING YASALISHI



Download 80,79 Kb.
bet5/9
Sana21.07.2022
Hajmi80,79 Kb.
#833113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
S. SITORABONU

III.O’ZBEK TILIDA SODDA GAPNING YASALISHI
Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan? Togʻ tepasida toʻplanayotgan bulutlar tushga borib quyuqlasha boshlaydi. Men sizga mashq chalib beray). S. g . bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qaramaqarshi qoʻyiladi.
Sodda gapning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (ran predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.
Sodda gapning tuzilish asosining miqdoriga koʻra, 2 turli boʻladi; ikki tarkibli ran, bir tarkibli ran. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi. Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq ran (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum ran (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan ran (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz ran (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov ran yoki nomlovchi ran (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi ... Samarqand. Registon maydoni...).
Sodda gap yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq S.g . bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. Ular kelishyapti); yoyiq S.g . bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi (Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi).
Sintaksis (qadimgi yunoncha: syntaxis — tuzilma, tartib, birikma):
1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui;
2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni, ran boʻlagi esa voqeahodisa unsurlaring vazifalarini ifodalaydi. Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. Sintaksisda, xuddi morfologiyada boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz birikmalari va gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki xususiyatlariga egadir. Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan ("qorongʻilashmoqda", "jimjitlik"), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi. Hozirgi Sintaksisda mavhum grammatik struktura sifatida gap tushunchasi hamda mazkur strukturaning nutqda aniq voqealanishi vositalari sifatida ifoda tushunchasi farqlanadi; shunga muvofik, ravishda gap nazariyasi va ifoda nazariyasi ham chegaralanadi. Gap Si doirasiga uni shakllantirishning usul va vositalari, ifoda Si doirasiga esa gapning aktual boʻlinishi vositalari hamda uning maʼno strukturasi muammolari kiritiladi. Sintaksisda, shuningdek, gap boʻlaklari ham oʻrganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va ikkinchi darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi paytlarda kesim gapning asosi ekanligi, undalma, kirish soʻz va kiritmalarga gapning uchinchi darajali boʻlaklari maqomini berish masalalari ham koʻtarilmoqda. "Sintaksis" termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda boʻlmasada, dastlab mil. av. 3-asrda Yunonistonda stoiklar tomonidan qoʻllangan. Sintaksisning ilk prinsiplarini yunon grammatisti Apolloniy Diskol morfologik negizda, xususan, soʻz turkumlari Si tarzida asoslagan.5 Sintaksis tarixi yevropa va rus tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. Qomusiy alloma Mahmud Koshgʻariyning 11-asrda "Javoxir unnahvi fi lugotitturk" ("Turkiy tillar sintaksisi kridalari") asarini yaratganligi buning yaqqol isbotidir. 20-asrda oʻzbek tili sintaksisiga, qisman, sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi nazariy tadqiqotlar maʼlum darajada taʼsir oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili sintaksisi sohasida Fitrat, Ayub Gʻulomov, F. Abdullayev; Gʻ. Abdurahmonov, M. Asqarova, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa jiddiy tadqiqotlar olib bordilar.



Download 80,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish