D. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasii


eksport narxlar indeksi ei



Download 239 Kb.
bet2/12
Sana25.03.2022
Hajmi239 Kb.
#508636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
маърузалар

eksport narxlar indeksi ei
Savdo sharoiti indeksi = ---------------------------------------- 100 = ----- 100
Import narxlar indeksi Ii
Indeksning o`sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko`rsatadi. YA`ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o`zgarishi hisobiga, unga bo`lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog’liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft’ va neft’ mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo`layotgan o`zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog’liq bo`ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste`molidagi o`zgarishlarga qarab o`zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to`g’risida ma`lumotlar bersada, ko`pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to`lov balansini yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta`sir qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko`rinishida, yerning bahosi renta miqdorida aniqlangan.
Начало формы
KEYINGI
Конец формы
ADABIYOTLAR
Начало формы
Перейти на...
Конец формы
SHu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi.
Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to`g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega.
SHunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq mahsulotga ega bo`ladi.
A.Smit modelini ko`rib chiqayotganda tahlil uchun foydalaniladigan ba`zi shartlarni keltirish talab etiladi:
1) Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
2) Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
3)Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
4)Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to`lanadi).
5) Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta`sir ko`rsatadi.
6) Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko`chib yurmaydi.
7) Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
8) Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko`chib yurishi mumkin.
9) Har ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud bo`ladi.
Endi mutloq ustunlik modelini ko`rib chiqamiz.
1-jadval


S tovar

T tovar

A mamlakat

3 soat

6 soat

V mamlakat

12 soat

4 soat

1-jadvalda aniq bir davlatda aniq bir tovar birligi ishlab chiqarish uchun kerak bo`ladigan vaqt haqidagi ma`lumotlar keltiriladi.
A mamlakatda bir birlik S tovar ishlab chiqarishda V mamlakatga nisbatan kam vaqt sarflanadi, bu degani A mamlakat bir birlik S tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. V mamlakat esa, o`z navbatida T tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Agar A mamlakat T tovarni ishlab chiqarishni qisqartirsa va S tovarni ishlab chiqarishni oshirsa va V mamlakat aksincha S tovarni ishlab chiqarishni qisqartirsa va T tovarni ishlab chiqarishni oshirsa, mutlaq ustunlik tamoyiliga asosan xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo yuzaga keladi.
Agar A mamlakatda T tovarni ishlab chiqarish 1 donaga qisqarsa, bu S tovarni qo`shimcha 2 dona ishlab chiqarish uchun foydalansa bo`ladigan 6 soatni iqtisod qilishga imkon beradi. Bunday holat V mamlakatda ham sodir bo`ladi. Bu holatda S tovarni ishlab chiqarishning 1 donaga qisqartirilishi, T tovarni qo`shimcha 3 dona ishlab chiqarish uchun ishlatsa bo`ladigan 12 soatni iqtisod qilishga imkon beradi. Umuman, jahonda S tovarni ishlab chiqarish 1 donaga, T tovarni ishlab chiqarish esa 2 donaga oshadi. SHunisi ahamiyatliki, bu qo`shimcha resurslardan foydalanmasdan turib, faqat xalqaro mehnat taqsimoti yordamida amalga oshadi.
Aytaylik, O`zbekistonda eng arzon ishlab chiQariladigan tovar paxtadan tayyorlangan ko`ylaklardir. Ukrainada esa shakar. Ukrainada xarakatlar birligi yordamida 50 kg shakar yoki 25 ta ko`ylak yoxud mazkur mikdor doirasida shakar va kuylaklarning xar qanday kombinatsiyasini ishlab chiqarish mumkin. O`zbekistonda xarajatlar birligi yordamida 40 kg shakar iki 100 dona ko`ylak yoxud mazkur miqdor doirasida har qanday kombinatsiyadagi maxsulotni ishlab chiqarsa bo`ladi.
SHuningdek, boshqa mamlakatlar ham o`zi ixtisoslashgan sohaga ko`proq e`tiborni qaratishsagina dunyo bo`yicha ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo`l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo, qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug’diradi. Agar shunday bo`lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga kirib qoladi.
SHunday qilib, mutlaq ustunlik - bu xalqaro savdoning afzalligini tushuntiruvchi, har bir mamlakatda shunday tovar borki, bunda bir birlik xarajat bilan boshqa davlatlarga nisbatan ko`proq tovar ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan tamoyildir.
Xalqaro savdo bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o`rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo`ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o`tishi mumkin. Mamlakatlar o`rtasidagi til va madaniy to`siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o`rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo`yadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to`siqlar real kapitalning milliy chegara orqali migratsiyasini cheklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o`rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo`lib, bu ichki savdoga nisbatan qo`llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo`yicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o`rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, materiallar, oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo`lsa, bugungi kunga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sezilarli darajada o`sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 foiziga qadar etdi.
SHuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An`anaviy ko`rinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko`rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo`llanmoqda:
1) barter – tovarlarni to`g’ridan-to`g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini birbiriga taqqoslash uchun pulning qiymat o`lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko`ra, texnologik asbob-uskunalar etkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko`rinishidagi) bo`yicha to`lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni etkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo`shimcha xomashyo etkazib berish orqali to`lash;
7) kliring operatsiyalari, ya`ni o`zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv. Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompensatsion bitimlar – 9 foiz, kliring operatsiyalari 8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo`yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashqi ta`sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to`liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Начало формы
KEYINGI
Конец формы
ADABIYOTLAR
Начало формы
Xalqaro savdoning rivojlanishi uzoq tarixga ega bo`lib, turli davrlarning rivojlanish xususiyatiga monand ravishda o`ziga xos rivojlanish tendentsiyasiga ega bo`lgan.
“Dastlab tashqi savdo ko`rinishlari mamlakatlar o`rtasida emas, balki kishilar, qabilalar o`rtasida amalga oshirilgan bo`lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar o`zaro ayirboshlangan va bu asosan kishilar, oilalar, qabilalar uchun zaruriyatga ega bo`lgan”.
Ilk davlatlarning paydo bo`lishi tom ma`nodagi xalqaro savdoning shakllanish va rivojlanish davrini boshlab bergan. Xalqaro savdoning rivoji asosan mamlakatlar o`rtasida resurslarning notekis joylashuviga bog’liq bo`lib, unga ko`ra xalqaro savdo tegishli resurslar oldi-sotdisi jarayoni asosida amalga oshirilgan.
Milliy ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi, ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi, fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish sohalariga jadal kirib borishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi jarayoni xalqaro savdoning rivojiga sifat jihatdan katta ta`sir ko`rsatdi.
XX asrning 90-yillaridan, ayniqsa, XXI asrdan boshlab xalqaro savdoning yuqori texnologiyalarga asoslangan davri boshlandi. Bugungi kunda xalqaro savdo kon`yunkturasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • Ø xalqaro savdoda tayyor mahsulotlar ulushining ortib borishi (70 foiz) va xom ashyo resurslari hissasining kamayib borishi;

  • Ø savdo hajmlari aksariyat qismining (70-75 foiz) sanoat jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hissasiga to`g’ri kelishi;

  • Ø eksport tarkibining kuchli diversifikatsiyasi va tayyor mahsulot eksport qiluvchi mamlakatlar tarkibining kengayib borishi hamda Osiyo mamlakatlari bilan bo`ladidigan xalqaro savdo hajmlarining yuqori o`sish sur`atlari;

  • Ø taklif va talab tizimiga fan-texnika taraqqiyotining kuchli ta`siri natijasida eksport tovar tarkibida yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushining tezkor sur`atlar bilan ortib borishi;

  • Ø xizmatlar savdosi hajmi va turlarining tezkor o`sishi;

  • Ø xalqaro savdoda mintaqaviy tashkilotlar, uyushmalarga a`zo davlatlar o`rtasida amalga oshiriladigan tashqi savdo hajmlarining ortib borishi.

Uslubiy jihatdan xalqaro savdoni baholash asosan quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
ü tovar ayirboshlash hajmi,
ü o`sish sur`atlari (foiz),
ü tovar tarkibi 
ü geografik yo`nalishi va boshqa yo`nalishlar.
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya`ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o`rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o`z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob`ektiv sabab bilan izohlanadi.

Download 239 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish