D. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasii



Download 239 Kb.
bet3/12
Sana25.03.2022
Hajmi239 Kb.
#508636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
маърузалар

Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o`rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo`lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o`zini to`liq ta`minlay olmaydi. Ular o`zlarida ortiqcha bo`lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo`lgan resurslarni import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. YA`ni bir tovar YAponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O`zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. SHu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o`zaro savdo-sotiqni yo`lga qo`yadilar. 
Bu ikki ob`ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an`anaviy shakli sifatida quyidagi ko`rinishlarni o`z ichiga oladi:

  • mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;

  • xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;

  • transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;

  • yangi ilmiy-texnik ma`lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to`g’ri keladi.

Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma`lumotlarini ayirboshlashning barcha ko`rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o`z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo`linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u yerda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
Eksport – bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo`lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo`lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog’liq.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta`siri ostida o`zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari etakchi o`ringa ega bo`lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to`g’ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. CHet ellik iste`molchilarga xizmat ko`rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo`lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko`rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko`rsatish va h.k.).
Kapital eksport qilish ham o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo`yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo`lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo`lgan qarzlarini ko`paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko`plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo`lib, o`zlarining ichki iste`moli uchun zarur bo`lgan barcha tovarlarni etarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo`lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo`li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo`lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo`lgan o`z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog’da sarflanishi lozim bo`lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e`tiborga olinadi.
Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o`zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn
(I-S)+Xn=0 ( egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan sharoitda), bu erda: Sn – milliy jamg’arish;
(I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg’armalardan ortiqchaligini ko`rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig’ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko`ra joriy operatsiyalar va kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to`lov balansining joriy operatsiyalar bo`ycha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.

Download 239 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish