D. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasii


Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash xususiyatiga egadir. 2-reja.R.Solou- neoklassik maktabining vakili sifatida



Download 239 Kb.
bet9/12
Sana25.03.2022
Hajmi239 Kb.
#508636
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
маърузалар

 Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash xususiyatiga egadir. 2-reja.R.Solou- neoklassik maktabining vakili sifatida


Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda ”Iqtisodiy o`sish nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi.
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiya bilan ifodalangan. Bu funktsiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi tomondan foydalanilayotgan omillar hamda ularning o`zaro kombinatsiyalari o`rtasidagi funktsional bog’liqlikni aks ettiradi, ya`ni:
Y= f(L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida erning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog’liq deb olingan.
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K ,
bu erda: ΔY/ Δ L- mehnatning chekli mahsuloti (MPL);
ΔY/ ΔK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK).
Solou modeliga ko`ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta ishchiga to`g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o`stirish hisobiga ta`minlanishi mumkin.
Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik darajasining k= K/L) funktsiyasi, ya`ni
Bu erda
Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o`sishi esa jamg’arish normasiga bog’liq.
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o`sishi – iqtisodiyotning barqarorlik holati sharoitidagi uzluksiz iqtisodiy o`sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o`sishi investitsiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda bu bir ishchiga tug’ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib keladi.Aholining n dan n1 ga o`sishi (d+n)k chizig’ini yuqoriga (d+n1)k holatiga siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi. SHunday qilib, R.Solou modeli aholi o`sishining yuqori sur`atlarga ega bo`lgan davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past bo`lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko`ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Aholi sonining tez o`sishi iqtisodiyotning o`sish sur`atlari jadallashishiga ta`sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O`z navbatida, jamg’arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to`g’ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. SHu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o`sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o`sish sur`ati hisoblanadi.
Начало формы
Iqtisodiy o`sishning investitsiyalar va bandlar sonining oshishidan keyingi uchinchi manbasi bo`lib, texnik taraqqiyot hisoblanadi. Neoklassik nazariyada texnik (texnologik) taraqqiyot deganda ishlab chiqarishning mashinalashtirilishi emas, balki, ishlab chiqarishdagi sifat o`zgarishlari (ishchilarning ma`lumot darajalari va malakalarining o`sishi, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yaxshilanishi, ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi) tushuniladi.
Modelga texnik taraqqiyotning kiritilishi ishlab chiqarish funktsiyasini o`zgartirib, u quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Y=f(K,L×E)
Bu erda(E)- mehnat birligi samaradorligi (ishchi kuchining salomatligi, ma`lumoti va malakasiga bog’liq):
(L×E)- doimiy samaradorlik E ga ega shartli mehnat birliklari soni.
E qanchalik katta bo`ls, mavjud ishchilar soni bilan shuncha ko`p mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin.
Texnik taraqqiyot mehnat samaradorligi(E) ning doimiy surat (g)bilan o`sishga olib keladi. SHuning uchun g =2% bo`lganda, mehnatning har bir birligidan qaytim yiliga 2% ga oshadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi yiliga 2% o`sgandagi kabi o`sishiga olib keladi. Texnik taraqqyotning bunday shakli mehnatni tejaydi deyiladi, (g)– esa mehnatning tejaydigan texnik taraqqiyotning surati.
Endi texnik taraqqiyot holatidagi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasini aniqlash mumkin. Agar bandlarning soni (L)   sur`at bilan oshayotgan bo`lsa, samaradorlik (E) esa (g)sur`at bilan o`sayotgan bo`lsa, unda (LE) (n+g) sur`at bilan oshib boradi.
Doimiy samaradorlikka ega bir mehnat birligiga to`g’ri keladigan kapital k1+[K/(LE)] ni tashkil etadi. Doimiy samaradorlik bilan mehnat birligiga to`g’ri keladigan ishlab chiqarish hajmi esa u1=Y/(LE)ni tashkil etadi. Bunda barqaror muvozanatlilik holatiga quyidagi shartda erishiladi:
sf(k1)=(d+n+g)k1
Tenglama kapital bilan qurollanganlikning, o`zgarmas samaradorlikka ega bo`lgan mehnat birligiga to`g’ri keladigan kapital va ishlab chiqarishning doimiyligini ta`minlaydigan, faqatgina bitta darajasi (k*) mavjud ekanligini ko`rsatadi. Bu barqaror holat iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatini ifodalaydi.( 1-chizma).
i,
(d+n+g)k'
( d+n+g)k'
sf·(k')
k'* k'
1-chizma Texnologik taraqqiyotning barqaror muvozanatga ta`siri
(k1*) ning barqaror (qat`iy) holatida texnik taraqqiyot mavjud bo`lgan sharoitda kapital hajmi (K) va ishlab chiqarish (U) (n+g) sur`at bilan o`sadi. Bir ishchi hisobiga to`g’ri keladagan kapital bilan qurollanganlik (K/ L) va ishlab chiqarish (U/L) (g)- sur`at bilan o`sib boradi. Bu R.Solou modelida texnik taraqqiyot-turmush darajasi uzluksiz o`sishining yagona sharti ekanligini ko`rsatadi.
SHunday qilib, R.Solou modeli iqtisodiy o`sishning 3 manbai-investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyot o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikni yoritish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o`sishga jamg’arma me`yori va texnik taraqqiyotni jadallashtirish orqali ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Jamg’arma me`yori qanday bo`lishi kerak? Aniqlaganimizdek muvozanatli iqtisodiy o`sish jamg’armaning turli me`yorlari bilan muvofiqlashadi. SHuning uchun maksimal iste`mol darajasi bilan iqtisodiy o`sishni ta`minlaydigan me`yor optimal bo`ladi. Bunday me`yor “Oltin qoida” ga muvofiq keladi. Jamg’armaning bu me`yoriga mos keladigan kapial bilan qurollanganlik darajasini (k**) bilan iste`molni esa – (S**) bilan belgilaymiz. Oldin biz ishlab chiqariladigan mahsulot iste`mol va investitsiyalarga sarflanadi deb belgilagan edik:
U=C+I
bundan C=Y-Ί kelib chiqadi.
Berilgan parametrlarning o`rniga ular barqaror holatidagi ifodasini qo`ysak, quyidagiga ega bo`lamiz:
C*=f(k*)-dk*,
bu erda s*- barqaror o`sish holatidagi iste`mol.
Iste`mol hajmi maksimal bo`ladigan kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasi “Oltin qoida”ga muvofiq keladi. “Oltin qoida” bo`yicha kapital bilan qurolanganlik k** bilan iste`mol esa- S** bilan belgilangan.

Download 239 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish