D shokirova



Download 319,5 Kb.
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi319,5 Kb.
#200222
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Til millatning ruhidir

Dalolatnoma

Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog’liq biron – bir bo’lib o’tgan (sodir bo’lgan) voqea, hodisa , ish – harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzishda xilma – xil maqsadlar ko’zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo’lgan voqea – hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy, huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob – kitob bo’limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy hijatdan muhim o’rin tutadi.

Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag’lari va moddiy boyliklarga bog’liq tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko’proq tadbirkorlik, moliya – xo’jalik faoliyatida, hisob – kitob, oldi – sotdi va savdo sohalarida keng qo’llanadi.

Dalolatnomalar tegishli taftish o’tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o’tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o’tkazish chog’ida, qimmatbaho buyumlarni hisobdan o’tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo’yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud – tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o’rganishda va boshqa hollarda tuziladi.

Moliyaviy faoliyat va savdo – tijorat sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlar bo’lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli (qayd etuvchi, rag’batlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo’ladi.

Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea – hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buyrug’i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs tomonidan tuzilganda guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo’lmog’i shart.

Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea – hodisaning qatnashchilari yoki unga guvoh bo’lgan kishilarning tashabbuslari bilan ham tuziladi.

Dalolatnomaning zaruriy qismlari:



  1. Idora, muassasa va tarkibiy bo’linma nomi.

  2. Tuzilgan sanasi va joyi.

  3. Tartib raqani va tasdiq belgisi (zarur hollarda).

  4. Matn sarlavhasi.

  5. Hujjat turi nomi (dalolatnoma).

  6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug’i, idoraning qarori yoki ko’rsatmasi kabilar).

  7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).

  8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).

  9. Dalolatnoma matni.

  10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko’rsatiladi).

  11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.

  12. Ijro haqidagi belgi.

Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo’shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish – topshirish chog’ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o’tiladi (ilova tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi.

1 – aniq va ijtimoiy fanlar chuqur TASDIQLAYMAN:

o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan Maktab – internat direktori:

maktab – internati (imzo) M. Oripova


26 – may, 2010 – yil Uchko’prik qishlog’i
YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI TO’G’RISIDA

DALOLATNOMA


Asos: maktab – internati direktorining 2010 – yil 16 – apreldagi 74 – raqamli buyrug’i.
Maktab – internati yakuniy Davlat attestatsiyasi raisi M. G. Ahmedova (ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi) va a’zolar, ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari U. R. Ismoilova, M. V. Rasulova, D. B. Shokirovalar tomonidan tuzildi.

2010 – yil 26 – may kuni maktab – internatining IX “A” va IX “B” sinf o’quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan yakuniy Davlat attestatsiyasi o’tkazildi. Soat 800 dan 1000 gacha davom etdi. Jami 42 nafar o’quvchidan 42 nafari ishtirok etgan yakuniy Davlat attestatsiyasi quyidagi natijalar bilan yakunlandi:


“5” baho (a’lo) - 22 ta;

“4” baho (yaxshi) - 20 ta;

“3” baho (qoniqarli) - yo’q;

“2” baho (yomon) - yo’q.


O’quvchilarning topshirgan ishlari hamda umumiy ro’yxat ilova qilinadi.
2 nusxada tuzildi:

1 – nusxa – maktab – internat o’quv – tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosariga;

2 – nusxa – hujjatlar yig’ma jildiga solib qo’yish uchun.

Imtihon hay’ati raisi: (imzo) M. G. Ahmedova.

Hay’at a’zolari: (imzo) U. R. Ismoilova.

(imzo) M. V. Rasullova.

(imzo) D. B. Shokirova.

16,1,14,3,12,5,10,7



8,9,6,11,4,13,2,15



Download 319,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish