D shokirova



Download 319,5 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi319,5 Kb.
#200222
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Til millatning ruhidir



D. SHOKIROVA


ISH QOG’OZLARI

Maktab o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma


Uchko’prik

Til millatning ruhidir. Shu ma’noda uni bilmoq har bir insonning burchi va imkoniyatlaridan to’la hamda o’rinli foydalanish zamon talabiga muvofiqdir. Inson o’z fikrini aniq va ravshan ifodalashi uchun tildagi uslublardan xabardor bo’lishi, kundalik so’zlashuv tilidan tashqari, rasmiy ish – yuritish tilini ham bilishi kerak. Chunki, o’quuvchimi, ishchimi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir ish qog’ozlariga duch keladi, ya’ni, qachondir ariza, tilxat yoki tarjimayi hol yozishga to’g’ri keladi. O’quvchilik jarayoni ham, u yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilotdagi faoliyat ham ish yurish qog’ozlari bilan bog’liq. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma – xil bo’lgan hujjatlar jamiyat faoliyatini tartibga soladi. Ular muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda asosiy e’tiborli jihat o’zbek adabiy tilining rasmiy − ish uslubini bilish va “Davlat tili haqida”gi qonun asosida fikrini ifodalashdir.

Umumiy o’rta ta’lim bosqichida bir qator hujjatlar − ish qog’ozlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan va ularning namunalari keltirib o’tilgan. Lekin bu mavzular uchun qisqa vaqtlar ajratilgan hamda ularning tili, uslubi, matni, qo’yiladigan talablar to’g’risida mukammal ma’lumot mavjud emas. Ushbu asosga ko’ra ularni jamlagan holda “Ish qog’ozlari” nomi ostida o’quv kursi sifatida to’liq tashkillash maqsadga muvofiqdir. Ish qog’ozlarini tashkil etuvchi hujjatlar matniga quyidagi talablar qo’yiladi:

1. xolislik (so’z va so’z shakllarini qo’llashdagi chegaralanishlar, ya’ni shevaga oid so’zlar, badiiy tasvir vositalari, ko’tarinki yoki kuchaytirish – erkalash qo’shimchalarini olgan so’zlardan foydalanmaslik);

2. aniq, ixcham va lo’ndalik, mazmuniy to’liqlik (bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat hisoblanmaydi);

Bu talablardan tashqari ularning quyidagi hususiyatlari ham mavjud:

1. so’z qo’llash, ya’ni hujjatlar tilida ot turkumiga oid so’zlarning ko’p qo’llanishi;

2. morfologik xususiyatlar, ya’ni majhul nisbatdagi III shaxs buyruq – istak maylidagi yoki o’tgan zamondagi fe’l shakllarining qo’llanish darajasi yuqori);

3. sintaktik xususiyatlar, ya’ni gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda

qismlarga ajratishga, sabab – oqibat kabi munosabatlarga asoslanadi. Inversiya qo’llanilmagan, gap tarkibidagi odatiy so’z tartibiga qat’iy rioya qilgan holda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo’lakli gaplar ko’p qo’llanadi.

Shuningdek, har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, imlo va tinish belgilari qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Hujjatlar nomlari bosh harf bilan yozilishi ma’qul hisoblanib, undan so’ng u hujjatning nomi bo’lgani uchun nuqta qo’yish shart emas.

Hujjatlar bir necha jihatlarga ko’ra tasnif qilinadi. Masalan, tuzilish o’rniga ko’ra (ichki va tashqi hujjatlar), mazmuniga ko’ra (sodda va murakkab hujjatlar), mazmun bayonining shakliga ko’ra (xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar), tegishlilik jihatiga ko’ra (xizmat – rasmiy hujjatlar, va shaxsiy hujjatlar), tayyorlanish xususiyati va darajasiga ko’ra (qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat), ko’chirma), xizmat mavqeiga ko’ra (tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot – axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari) kabi.
Ariza

Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat bo’lib, ma’lumot – axborot hujjatlari tizimiga kiradi. Ariza amaliyotda eng ko’p qo’llanadigan va keng tarqalgan ish qog’ozidir. Jamiyatning hech bir a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko’rib chiqib hal qila oladigan har qanday doira, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.

Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o’zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlar izchilligi asosida tuziladi.

Arizaning zaruriy qismlari:



  1. Ariza qo’llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.

  2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi.

  3. Hujjatning nomi (Ariza).

  4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).

  5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).

  6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.

  7. Ariza yozilgan vaqt (yili, kun va oy).

Arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi.

Masalan, xodim o’zi ishlaydigan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo’lmaydi. Bunday hollarda xodim o’zi ishlaydigan bo’lim va lavozimini ko’rsatsa kifoya. Shuningdek, ko’pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo’lmaydi.

S anab o’tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi ko’rsatilgan ariza shakli:

Ariza asosan qo’lda yoziladi va mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko’ra arizalar bir xil emas: sodda va nurakkab turlari bor.



Uchko’prik tumani Xalq ta’limi bo’limi boshlig’i S. Yo’ldoshevga Uchko’prik tumani Uchko’prik qishlog’ida yashovchi N. V. Zokirovadan

Ariza

Meni tumanda joylashgan maktablardan biriga ingliz tili fani o’qituvchisi qilib yuborishingizni so’rayman.


2004.05.08 (imzo) N. Zokirova.
Ishga kirish haqidagi ariza namunasi:

Toshkent viloyati Parkent tumani 3 – kasalxona bosh vrachi T. S. Botirovga davolovchi vrach Hamida Rafiqovna Kamolovadan

Ariza

Boshqa shaharda yashash uchun ketayotganligim tufayli meni kasalxonaning davolovchi vrachi lavozimidan ozod etishingizni so’rayman.


2006.14.07 (imzo) H. Kamolova.
Ishdan bo’shash haqidagi ariza namunasi:

Bulardan tashqari arizalarning yana bir necha keng tarqalgan usullari mavjud: o’quv yurtlariga kirish, muayyan jamoat tashkilotlariga a’zo bo’lish haqida yoki ish jarayonida ham xodimlar o’zlari ishlab turgan muassasa rahbariyatiga yozadigan turli mavzulardagi arizalar, ko’pchilik nomidan yoziladigan iltimos arizalari, ma’muriy, huquqni muhofaza etish va boshqa idoralarga yoziladigan arizalar va boshqalar.



Download 319,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish