Dasturlashni o’rganish uchun nimalarni bilish lozim Dasturlashni o’rganish uchun ingilis tili kerakmi



Download 20,13 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi20,13 Kb.
#577255
Bog'liq
Suxrob, Doston, Sanjarbek Dasturlashni o\'rganishdan oldin nimalarni bilish lozim


Dasturlashni o’rganish uchun nimalarni bilish lozim

  • Dasturlashni o’rganish uchun ingilis tili kerakmi

  • Dasturlashni mustaqil o’rgansa bo’ladimi

  • Dasturchi bo’lish uchun nima qilish kerak

  • Dasturlashda matematikaning axamiyati

  • Qaysi dasturlash tilidan boshlagan maqul

Juda ko’pchilik insonlar doyimo takidlaydigon gaplardan biri: “dasturchi bo’lish uchun ingiliz tilini bilish shart”.Agar dasturlashni o’rganishda ingiliz tili asosiy ro’l o’ynaganida edi ingilizdlarning 90 foizi allaqachon dasturchi bo’lib ketgan bo’lar edi. Dasturlashni o’rganishda eng avvalo mantiqiy fikrlash qobilyati bo’lishi lozim xar xil yangicha fikrlar orqali masalalarga yangidan – yangi turli xil yechimlar topish lozim bo’ladi. Ingiliz tilini o’rganish esa Bu qo’shimcha daromat manbayi kelajakka yangidan yangi imkoniyatlarni ochib beruvchi yo’ldir.


Dasturlashni mustaqil o’rgansa bo’ladimi. Albatta xa bugungi kunda internet tarmog’ida turli xil electron darsliklar ko’payib ketmoqda mustaqil o’rganish imkoniyati albatta bor lekn. O’rganuvchidan aloxida etibor, sabr toqat, va kirishuvchanlik talab etadi. Agar o’qituvchi orqali o’rganilsa yanayam mustaxkamroq va tez fursatlarda o’rganish mumkun. Ammo xozrda ayrimlarimizda bunga imkon yo’q bunga sabab turlicha bo’lishi mumkun asosan mablag’ tomonlama muomolar tufayli ko’pchilik o’qituvchi orqali organa olmaydi. Ammo bu degani dasturlashni o’rganishni to’xtatib qo’yish kerak degani emasmustaqil xolatda qancha ko’p vaqt ketsa xam o’rganishda davom etish lozim. Vaqt esa shundog’am o’tadi. Mashavqatning oshi shirin bo’ladi.
Ko’plab insonlar dasturchi bo’lish uchun nima qilish kerakligini bilishga judayam qiziqishadi. Bunga savolga oddiy yoki variantli javob yo’q albatta. Ammo bazi bir foydali xususiyatlar borki ular allaqachon biz bor bo’lishi yoki agar yo’q bo’lsa keyinchalik ularni o’zimizga yaratishishimiz mumkin. Matematikani bilishim kerakmi? Avvalambor, keling bazi bir miflardan chetlashib fikir yuritib ko’raylik. Yani bazi odamlar matimatikani bilish dasturlashda eng muhim, matematikani bilmasang sendan hech qanday dasturchi chiqmaydi deyishadi. Shaxsan men o’rtacha dasturchi bo’lgan ko’plab judayam kuchli matematiklarni ko’rganman. Hamda matematik bo’lmagan juda kuchli dasturchilarni ham bilaman (bular orasiga o’zimni ham qoshishim mukun). Dasturlash – bu ko’proq dizaynerlikka o’xshash narsa. Bu bilan men bir talay kodlarni qanday qilib yozsa qulayroqligini nazarda tutmadim(masalan, C da shakilli qavsni qayerga qo’ysa qulayroqligi ustida baxs mavjud. Yani if (…) { } yaxshiroqmi, yoki if (…) { } bunisi yaxshiroqmi) Umuman olganda, o’sha qavsni qayerga qo’yishingizning dastur ishlashiga umuman farqi yo’q. Dizaynerlik so’zi orqali xaqiyqiy nazarda tutganim shundaki muammoni hal qlishning “yaxshi” va “yomon” tomonini ajratadigan yaxshigina sezgiga ega bo’lishimiz kerak. Dizayning Ahamiyati Nega dizayn? Birinchi marta dastur yozishga o’tirganingizda albatta nima qilish kerakligini yoki qanday qilish kerakligini bilmaysiz. Agar ozroq dasturlashning tartib qoidalarga rioya qilsangiz, avvalambor, nima qilmoqchi ekanligingizni, dasturingiz nima qilishi kerakligini qog’ozga rejalashtirib olishga biroz vaqt sarfaysiz. Bu yaxshi albatta. Ammo bu dasturni yaratish davomida unga kichik kichik xususiyatlarni joyida qo’shib ketishning o’rnini bosa olmaydi. Ammo bir sirni bilib qo’ying. Dasturga kichik kichik xususiyatlarni yaratish jarayonida qo’shib ketish bazida judayam qiyin! Bu avval dasturlash bilan shug’ullanmaganlarga g’alati tuyulishi mumkindir. Ammo muammo shundaki, dasturning ichki arxitekturasi siz yangi kiritmoqchi bo’lgan malumot bilan moslashmasligi mumkin. Misol uchun, keling siz bir oddiy graffik muhitda tugmachani bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishni xoxladingiz. Agar dasstur yaxshi dizaynlashtirilgan bo’lsa bu unchalik katta muammo emas. Agar unday bo’lmasachi? Unda manabu extimoliy natijani ko’ring: tugmaning o’rni uning joylashishining piksellardagi o’lchovi bilan boshqariladi. Barcha tugmalarning o’rinlari sichqonning qaysi tugma ustida bosilganligini aniqlash uchun dastur ichida qattiq kodlangan. Agar bitta tugmaning o’rnini o’zgartirsangiz keyinchalik nbarcha tugmalarni ham o’zgartirishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Yana ham o’rnini, ham xususiyatlarini. Bu albatta judayam katta bosh og’rig’dir. Albatta, tugmalarning o’rnini o’zgartirishninig unchalik qiyin bo’lmagan yo’llari haqida bilishingiz mumkindir. Ammo siz dasturingizda tugmalarning o’rnini o’zgaritira oladigan qilmasdan boshlab yuborgan bo’lsangiz, tamom. Bittagina tugmani siljitganingiz uchun orqaga qaytishingiz va 20 ta yoki undan ham ko’proq qator kodlarni o’zgartirishingizga to’g’ri keladi(masalan har bir tugma uchun ikki qatordan kod bo’lishi mumkin). Bundan tashqari, agar birorta tugmada hato qilgan bo’lsangiz umuman boshqa natijalarga erishishingiz mumkin. Bu turdagi dasturlash judayam mo’rt. Boshida ishlashi mumkin. Ammo keyinchalik unga biror o’zgartirish kiritmoqchi bo’lsangiz juda qiynab yuboradi. Har bir tugma bir biriga hamda dasturchining o’zgartirishilariga bog’liqdir. Yaxshiroq yechim esa tugmalarning joylashgan o’rni va ularning ustiga bosilishi bir biriga bog’langan bo’lganida bir tugmani o’zgartirishingiz ikkinchisini ham o’zgartirishingiz kerakligini bildirmas edi. Dasturingizni yaratishdan avval qanchalik ko’p fikirlaringizni qog’ozga tasvirlashni xoxlasangiz, asosiy kodni yozish shunchalik oson bo’ladi. Bu narsani ilk bor sodda dasturlar yozayotganingizda ham yodda tutib albatta amal qiling. Bu osonku deb rejalashtirmasdan ketish kelayotgan foydadan voz kechish degani. Yani siz birinchi dasturlaringizda qanday muammolar paydo bo’lganligini vizual ravishda ko’rishingiz kerak bo’ladi. Sabrning Ahamiyati Sizga kerali bo’lgan ikkinchi xususiyat bu sabrdir. Sizning dasturlash kariyerangizda albatta bir necha soatlab vaqtingizni sarflashingizga to’g’ri keladigan qandaydir kichik xatolar qilasiz(masalan biror o’zgaruvchining nomini boshqacharoq qilib yuborishingiz natijasida kompilyator uni boshqa o’zgaruvchi deb o’ylaydi). Bu yomon emas. Chunki hatto eng zo’r dasturchilarda ham bu narsa sodir bo’lgan hamda bo’lib turadi =). Tajriba orttirish davomida qanchalik kuchliroq bo’lib boraversangiz, xatoliklaringiz(bugs) shunchalik o’zingizni xayronqoldiraveradi(ko’pchilik dasturchilarga tanish so’zlar, balikim barcha dasturchilargadir: Yo’g’e, shuni ko’rmadimmi? Shuni men qildimmi?). Agarda sabirli bo’lib xar bir qator kodni navbat bilan tekshirib chiqishga tayyor bo’lasangiz dasturlash qiziqarli bo’lishiga qaramasdan undan ko’nglingiz sovib ketishi mumkin. Agar dasturchi sifatida to’liq stafkali ish izlayotgan bo’lsangiz sabr mashqlaridan topib bajarib turishingiz kerak. Chunki vaqtingizning juda ko’p qismini kodlar ustida o’tkazasiz. Hattoki boshqa birovlarning xatolarini “ovlab” yurishingiz ham mumkin (hunting bugs – mayda hashoratlarni ovlash =)). Yuqoridagilarning tasiri natijasida siz juda kichik tasir iluvchi mitti detallarni ham payqab oluvchi etiborga erishasiz.
Qaysi dasturlash tilidan boshlagan maqul :
Bu savolga xamma turlicha javob beradi chunki xozrda dasturlash tillarining juda kop turlar chiqmoqda bir biridan yaxshiroq deyish qiyin o’rganish uchun eng maquli eng qiyin dasturlash rtilini tanlash lozim chunki qiyin dasturlash tilimni o’rganib bo’lib osonini o’rganish juda qulay usul Bunda meni shaxsiy fikrim c++ dasturlash tilidir buni o’rganish uchun ancha ko’p vaqt ketadi ammo o’rganib bo’lgach qolgan dasturlash tillarini tushunish ancha osonlashadi Maslan c++ tilini o’ziga 2 yil vaqt sarf lagan taqdirizda o’rganib bo’lganizdan so’ng boshqa dasturlash tili uchun uzog’i bir oy vaqt sarflaysiz (maslan python) uchun

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkunki xamma ham dasturlashni o’rgana oladi ammo xamma xam mukkamal dasturchi bo’la olmaydi. Chunki bu misoli suniy bir borliq yaratish bilan bir xildir buning uchun o’tta intiluvchan va etiborli inson bo’lish kifoya




Mualiflar: TATU FF 640-21 grux talabalari Rasulov Doston, Umarov Suxrob, Isroilov Sanjarbek
Download 20,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish