Davlat moliyasi fanidan Mustaqil ishi Bajardi: Esanbekov. S. S qabul qildi: Xaydarov. A. X toshkent-2022



Download 48,83 Kb.
bet1/9
Sana20.12.2022
Hajmi48,83 Kb.
#891450
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Esanbekov Sunnat




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI





Davlat moliyasi fanidan

Mustaqil ishi

Bajardi: Esanbekov.S.S


Qabul qildi:Xaydarov.A.X

Toshkent-2022



  1. Savol:Davlat korxonalari moliyasining mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo’ladi?


Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish va ulardan o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish maqsadida turli yo‘nalishlarda foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidir. Bu munosabatlarning turli-tumanligi asosida davlat moliyasining bir qator aniq tashkiliy shakllari shakllanadi. Bular:
- davlat byudjeti;
- davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari;
- davlat krediti;
- davlat korxonalari moliyasi.


Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir. Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining subyektlari bo‘lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar. Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti,davlat korxonalari moliyasi Davlat korxonalari moliyasi davlat moliyasining o‘ziga xos bo‘g‘ini bo‘lib, bunda u YaIMning birlamchi taqsimotida bevosita ishtirok etadi. Davlat korxonasi ustav kapitalining shakllanishida byudjet mablag‘lari, boshqa davlat korxonalarining badallari, markazlashgan fondlar va vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar qoshida tuziladigan rezervlari asosiy moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy o‘rin egallaydi.Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali davlatning qo‘lida katta hajmdagi moliyaviy resurslar to‘planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlatmanfaatlariniinobatga olgan holda ustuvor yo‘nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ustuvor yo‘nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda iqtisodiyot yetakchi tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida byudjet ajratmalarining hajmi oshiriladi.Boshqa hollarda esa, o‘sha sektorlardan mablag‘larni davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi. Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlari rivojlanishida asosiy manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo‘lsa, uning paydo bo‘lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda byudjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli obyektiv va subyektiv omillarning ta’siri ostida ayrim subyektlarning o‘z moliyaviy resurslari ularning sog‘lom faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lmay qolganda chetdan mablag‘ jalb qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollarning barchasida davlat byudjeti mablag‘lari subyektlarning o‘z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi. Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:  moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;  moliyaviy resurslarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni mavjud byudjet resurslarini bir obyektdan ikkinchisiga o‘tkazish yo‘li bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim subyektlarning o‘zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to‘liq o‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi;  qo‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar. Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan qaytaqurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir. Notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va muassasalar moliyasi xo‘jalik subyektlari moliyasining muhim bo‘g‘inlaridan biridir. Ularning asosiy faoliyati tijorat foydasini olishga emas, balki jamiyat a’zolarining turli-tuman ijtimoiy (ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa) ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu tashkilotlar o‘zining notijorat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida tijorat faoliyati bilan ham shug‘ullanishi mumkin, lekin aksariyat hollarda ushbu faoliyatdan olingan daromadlar ularning nizom faoliyatini to‘laqonli bajarishga yo‘naltiriladi. Ularga ijtimoiy-madaniy sohaning keng tarmoqli muassasalari (bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablari, poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, bolalar va nogironlar uylari), turli darajadagi davlat boshqaruvi organlari, milliy xavfsizlik, ichki ishlar, jamoat tartibini saqlash muassasa va tashkilotlari, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot organlari kiradi. Odatda bu tashkilotlarning aksariyati davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlarni ko‘rsatadi (bu xizmatlar jamiyatga bepul ko‘rsatiladi), bu esa ular moliyasining xususiyatlarini belgilab beradi, ya’ni ular moliyaviy resurslari manbalari ichida davlat mablag‘lari (davlat byudjeti va davlat maqsadli fondlari) asosiy o‘rinni egallaydi. Lekin bozor sharoitida notijorat tashkilotlari moliyaviy resurslarining manbalari nobyudjet va nodavlat manbalar (pullik xizmatlar ko‘rsatish, bino va inshootlar ijarasidan tushumlar, homiylik va hayriya yordamlari, imtiyozli kreditlar, grantlar va boshqalar) evaziga kengayib bormoqda. Jamoat tashkilotlari moliyasi siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy taraqqiyot, fan, madaniyat, din, ekologiya va hayotning boshqa sohalarida o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida fuqarolarning erkin birlashishi asosida tashkil topgan ixtiyoriy tuzilmalar - jamoat birlashmalari moliyasidir. Jamoat tashkilotlariga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, olimlar jamiyatlari, ayollar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar jamiyatlari, ilmiy, texnikaviy, madaniyma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, turli maqsadlardagi jamg‘armalar, diniy tashkilotlar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi. Jamoat tashkilotlari moliyasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari bo‘lib jamiyat a’zolarining a’zolik badallari, ta’sischilar tomonidan bir martalik yoki muntazam tushadigan tushumlar, fuqarolarning ixtiyoriy pullik va mulkiy badallari va ehsonlari, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda), qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollerda davlat byudjeti mablag‘lari (masalan, siyosiy partiyalarga, ijtimoiy harakatlarga moliyaviy yordamlar) xizmat qiladi, moliyaviy resurslarining ishlatish yo‘nalishlari esa jamoat tashkilotlarining nizomlari bilan belgilab qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarishni ko‘zda tutuvchi nizom faoliyatidir. “Korxonalar moliyasi – xo‘jalik subyektlarining pul daromadlari va jamg‘armalarini tashkil qilish va taqsimlash, ulardan moliyaviy majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarishni kengaytirish, xodimlar uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish va moddiy rag‘batlantirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari tizimidir”. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha moddiy ishlab chiqarish korxonalari tijorat hisobi asosida ish yuritadilar. Tijorat hisobi – xo‘jalik faoliyati davomida amalga oshirilgan xarajatlarni va faoliyat natijalarini pul shaklida solishtirishga asoslangan xo‘jalik yuritish usuli bo‘lib, uning maqsadi eng kam xarajat qilib maksimum darajada foyda olish hisoblanadi. Tijorat hisobi tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va kengaytirish maqsadida so‘zsiz foyda olish va yetarli rentabellik darajasiga erishishni nazarda tutadi. Tijorat siri – korxona uchun o‘zining raqobatchilari oldida ustunlikka erishish va maksimum foyda olish uchun xizmat qiladigan har qanday konfidensial boshqaruv, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, savdo, moliyaviy va boshqa turdagi axborot. Tijorat hisobi asosida va tijorat sirining ta’siri sharoitida xo‘jalik faoliyatini yuritish korxonalar moliyasini tashkil qilishga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tijorat hisobi asosida ish yurituvchi korxonalar moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan. Ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar, xalqaro standartlarga muvofiq, davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha hisobotlarni taqdim etadi. Bu haqdagi talab Moliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan tegishli qarori loyihasidan o‘rin olgan.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar yillik va chorak hisobotida aktiv va passivlar balansini (daromadlar va xarajatlar), aktivlar va majburiyatlar bo‘yicha operatsiyalar (kreditlar va qarzdorlik), nomoliyaviy aktivlar (yerlar, binolar, avtomobillar va boshqalar), sho‘'ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari hamda boshqa yuridik shaxslarga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Hujjat loyihasiga asosan muayyan korxonalar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi — soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali mustaqil ravishda davlat moliyasi statistikasi ob’ekti sifatida hisobda turadilar.
2020 yilda 2017 — 2019 yillarga mo‘ljallangan davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha yillik hisoboti ham taqdim etish rejalashtirilmoqda. Ularda davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot hamda sho‘'ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari va boshqa yuridik shaxslarga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Mamlakatimizda huquqiy baza qonun "davlat korxonalari isloh to'g'risida". Bu tarkibini tasdiqlangan hokimiyati iqtisodiy faoliyat mavzusini nazorat qiladi. Bu muassasa yoki korxona to'g'ridan-to'g'ri bosh hali ma'lum muxtoriyat ega ekanligini ta'kidlash lozim. Shuning uchun, bo'lishi mumkin emas, davlat apparati bir apendiks uni chaqirish.
Misol uchun, odatda, bir federal davlat korxonasi bir ustunligi bor. Misol uchun, eng katta lavozimlarga yollash raqobat tizimini amal qiladi. Bundan tashqari, u tez-tez birgalikda amalga faoliyati va muhim qarorlarni mustaqil ekspert baholash foydalanadi. sanoat tanasi, shuningdek, bir taxta, qo'mita yoki komissiya boshqarish yaratadi. Shu bilan birga tashkiliy xarajatlar va da tejash sub'ekt tomonidan hosil faoliyatini nazorat chunki eng samarali yondashuv hisoblanadi.



Download 48,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish