Davlat va huquq nazariyasi



Download 49,92 Kb.
bet6/10
Sana03.07.2022
Hajmi49,92 Kb.
#737072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Давлат ва ҳуқуқ назарияси

19-kazus
2020-yilning 1-choragi uchun soliqlarni hisoblash masalalari yuzasidan “Porloq kelajak” MChJ rahbariyati bilan hududiy soliq organi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Chunki, tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, soliq organi soliq to‘lovchini davlat byudjetiga o‘tkazish uchun etishmayotgan mablag‘larni bank hisobvaraqlaridan majburiy olib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabardor qilishi kerak edi, lekin ular buni qilmagan. 2020-yil 20-aprel kuni “Porloq kelajak” MChJ advokati Maʼmuriy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan, biroq Maʼmuriy sud bu daʼvoni qabul qilishdan bosh tortgan, chunki u iqtisodiy sudining yurisdiksiyasida boʻlganligi sababli, ushbu daʼvoni koʻrib chiqish uchun qabul qilishdan bosh tortgan. Iqtisodiy sudi qaroriga ko‘ra, ushbu nizo yuqori turuvchi organda ko‘rib chiqilishi to‘g‘ri bo‘ladi, keyin esa fuqaro yuqori organ qaroriga rozi bo‘lmasa, ishni shundan keyingina sudda ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi.
Sudlov organlarining harakatsizligidan g‘azablangan “Porloq kelajak” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga soliq organining noqonuniy xatti-harakati va sudlov organlarining harakatsizligi yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Oradan 37 kun o‘tib, na soliq organining, na adliya organlarining harakatlarida qonunga xilof harakat yoki harakatsizlik mavjud emasligi haqida javob olingan.
20-kazus
Oliy moliyaviy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs A, yarim kunlik shartnomalar bo‘yicha hisobchi sifatida o‘n yillik tajribaga ega xususiy korxonada auditor malaka sertifikatini olish uchun Moliya vazirligiga murojaat qilgan. Ammo u bir necha sabablarga ko‘ra imtihonga kiritilmagan. Shunday qilib, malaka komissiyasining xulosalariga ko‘ra:
- birinchidan, ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
- ikkinchidan, u yarim kunlik hisobchi bo‘lib ishlagan, bu ushbu sohada yetarli yoki to‘liq bo‘lmagan tajribani anglatadi;
- uchinchidan, auditorlik faoliyati uchun majburiy talab bo‘lgan magistratura darajasining yo‘qligi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs A ning O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan auditorlik malaka sertifikatini olishni taqiqlovchi norma mavjud emasligi haqidagi e’tiroziga davlat boshqaruvi organi vakillari, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasi ikkinchi xatboshisiga ko‘ra, berish yoki berishni rad etish tartibi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

21. Qonun davlatning oliy vakillik organi (yoki referendum orqali xalq) tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan, eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat bo‘lib, uni tayyorlash muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi.


Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maqullangan Qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident esa qonunning ayrim moddalariga e’tiroz bildirib, tavsiya va takliflar bilan qonunni Qonunchilik palatasiga qaytardi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritildi. Lekin Qonunga hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmasdan, u Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi va imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibiga amal qilinmaganligini ta’kidlab, qonunni imzolamadi.
Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering.

22. Huquqni sharhlash – maxsus yuridik vakolatli organlarning huquqni qo‘llashni tartibga solish maqsadida huquqiy normalar talablari mazmunini aniqlash va tushuntirish bo‘yicha faoliyatini anglatadi. Shu ma’noda aytish mumkinki, huquq normalarni sharhlash huquqni qo‘llash jarayonida muhim o‘rin tutadi. Sharhlash o‘z navbatida huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo‘llashga yo‘naltiradi. Zero, huquqni qo‘llashdan oldin uning ma’no va mazmunini yaxshilab anglab olish kerak. Sub’ektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning rasmiy va norasmiy turlari ajratib ko‘rsatiladi.



Download 49,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish