Davlat va huquq nazariyasi


Huquq normasini rasmiy va norasmiy sharhlashning bir biridan farqini izohlab bering, ularning huquqni qo‘llashdagi ahamiyatini atroflicha muhokama qiling



Download 49,92 Kb.
bet7/10
Sana03.07.2022
Hajmi49,92 Kb.
#737072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Давлат ва ҳуқуқ назарияси

Huquq normasini rasmiy va norasmiy sharhlashning bir biridan farqini izohlab bering, ularning huquqni qo‘llashdagi ahamiyatini atroflicha muhokama qiling.

23. 2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni 467.019 o‘quvchi bitirgan. Shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalariga 729.447 abiturient hujjat topshirgan. 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66.316 nafar etib belgilangan. Raqamlardan ham ko‘rinib turibdiki oliy ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilangan kvota o‘rtasida juda katta farq mavjud. Shundan kelib chiqib bir guruh ota-onalar va abiturientlar bu haqda ijtimoiy tarmoqlar va boshqa internet saytlarda keng muhokamalar olib bordilar. Mazkur holatga yangiliklarni yoritib boruvchi internet nashri e’tiborsiz qolmadi hamda bu haqda maqola tayyorladi va bunda mamlakatimizda nodavlat oliy o‘quv muassasalarini tashkil etish orqali muammoni hal qilish mumkinligi to‘g‘risida fuqarolarning munosabatini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. 10 ming nafar sayt foydalanuvchilari ushbu taklifni ma’qullab virtual ovoz berdilar. Nashr tahririyati ta’limga oid qonunchilikka nodavlat oliy o‘quv muassasalarini tashkil etish imkonini beradigan normalarni kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashabbus bilan chiqdi. Mazkur tashabbusni Qonunchilik palatasi qonun loyhasini kiritish tartibiga amal qilinmaganligini ta’kidlab, uni qabul qilmadi.


Qonunchilik tashabbusini sub’ektlari doirasini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering.

24. Huquq normalarini sharhlash maqsadi huquq ijodkorligi sub’ekti nazarda tutgan huquq normasining mazmunini aniqlashdan iborat. Huquq ijodkorligi sub’ekti o‘z irodasini til vositalarida ifodalaydi. Shuning uchun uning so‘zlar yordamida ifodalangan irodasi har doim ham uning haqiqiy mazmuni bilan mos kelmasligi mumkin. Huquq normasi ma’nosining bir xilligi va to‘la aniqligiga erishish sharhlashning natijasi hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 180-modda ikkinchi qismi 2-bandida “urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar” imtiyoz beriluvchi shaxslar sifatida belgilangan. Toshkent moliya institutining dotsenti Toshmatov uzoq yillar mobaynida xizmatni Afg‘oniston Respublikasida vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchi sifatida Soliq kodeksi 180-moddasi jismoniy shaxslarni soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod qilinishini nazarda tutuvchi ikkinchi qismi doirasida imtiyozga ega bo‘lib kelgan. 2016-2017 o‘quv yili uchun mehnat ta’tili pulini olish jarayonida unga belgilangan summa miqdori kam ekanligini bildi. U institut buxgalteriyasiga murojaat qilib, buning sababini so‘raganda unga 2014 yildan buyon imtiyoz noto‘g‘ri qo‘llanib kelinganligini va Davlat soliq qo‘mitasidan kelgan tekshiruvchilar buni aniqlab, to‘langan ortiqcha summani belgilangan tartibda qaytarib olish lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berganligini bildirishdi. Shu sababli ortiqcha to‘langan summa mehnat ta’tili uchun berilgan pul miqdoridan ushlab qolinganligini aytishdi. Ushbu holatdan norozi bo‘lgan Toshmatov, buxgalteriyaning xatti-harakati noqonuniy ekanligini hamda Soliq kodeksining 180-modda ikkinchi qismi 2-bandida “urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar” deganda Afg‘oniston Respublikasida vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar ham nazarda tutilishini ta’kidlab o‘tdi.
Huquq normalarini tizimli va kengaytirilgan sharhlashni muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering.
25. Huquq tamoyillari – bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi mohiyatini ifodalovchi boshlang‘ich normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, g‘oyalar va qoidalardir­. Huquq tamoyillari, avvalambor, huquq qonuniyatlarini ifodalaydi, qolaversa, butun huquqiy tartibga solish sohasida amal qiladigan va barcha sub’ektlarga nisbatan qo‘llanadigan eng umumiy normalardan iborat bo‘ladi. Huquq tamoyillari huquq ijodkori uchun dasturiy g‘oyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini takomillashtirish yo‘llarini belgilab beradi. Huquq tamoyillari Konstitutsiyada, qonunlar va kodekslarning muqaddima yoki umumiy qoidalar qismida maxsus tartibda belgilab qo‘yiladi.
Shu bilan birga, ayrim yuristlar amaliyot uchun huquq tamoyillarining ahamiyati yo‘qligini bildirishsa, boshqalari muhim ahaiyatga egaligini, huquqiy tizim unga bog‘liq holda rivojlanishini ta’kidlashadi.

Download 49,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish