Dialektika kategoriyalari



Download 199 Kb.
bet1/8
Sana07.04.2022
Hajmi199 Kb.
#535871
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dialektika kategoriyalari KURS ISHI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
"BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI. BILISH NAZARIYASI"fanidan


"DIALEKTIKA KATEGORIYALARI"
mavzusidagi

KURS ISHI




Bajardi: Kamolov Orzubek


Tekshirdi: dots. Sultonova Gulnoza
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Kategoriyalarni vujudga kelishi va shakllanishi, ularning mazmuni va sonini boyib borishi moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish darajasi, insonning olamga bo‘lgan munosabatining ko‘p qirraligi, fan va madaniyatning rivojlanishi bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayotning, fan va falsafaning taraqqiyoti bilan birga kategoriyalar ham rivojlanib boradilar. Ular asosan ikki yo‘l bilan rivojlanadi: 1.o‘tmishda shakllangan va hozirgi paytda ishlatilayotgan kategoriyalar mazmunining boyib borishi; 2.yangi kategoriyalarning vujudga kelishi va shakllanishi. Falsafada keng qo‘llanilayotgan yangi kategoriyalar qatoriga sistema, element, struktura, garmoniya, taraqqiyot va tanazzul kategiriyalarini kiritish mumkin. Falsafiy kategoriyalar tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallagan dialektika kategoriyalari borliqda mavjud bo‘lgan barcha ob’ekt va predmetlarda, narsa va hodisalarda namoyon bo‘ladigan aloqadorliklarni, o‘zaro bog‘lanishlarni, eng umumiy atributiv xislatlar va qonuniyatlarni aks ettiradigan universal ya’ni har tomonlama qamrab oladigan tushunchalardan iboratdir. Dialektika kategoriyalarining xususiyatlaridan biri – o‘zaro uzviy bog‘langan, biri ikkinchisiga aylanib ketadigan xislatlarni, biri ikkinchisini keltirib chiqaradigan tomonlarni, xossalarni ifodalagani uchun ularning juft yoki uchlama holatda ishlatilishidir (ayniyat – tafovut, qism – butun, sistema – struktura – element va boshqalar).
Kategoriyalarni tahlil qilishga o‘tar ekanmiz, quyidagi tartibga amal qilamiz. Oldin borliqdagi narsa va hodisalarning eng umumiy mavjud bo‘lish xossalarini, tomonlarini aks ettiradigan kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz. Keyin shu kategoriyaga mazmunan yaqin turgan. Ob’ektlarni tartiblanganligini, murakkabroq universal qonuniyatlarini ifodalaydigan kategoriyalar tahlil qilinadi. Va, nihoyat, predmetlarning kelio chiqishini, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini belgilaydigan bog‘lanishlarni in’ikos qiladigan kategoriyalar izohlanadi.
I.BOB. DIALEKTIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI
1.1.Yakkalik, umumiylik va xususiylik
Borliq bitmas – tuganmas moddiy va ma’naviy predmetlardan, tizimlardan, hodisalardan iboratdir. Paydo bo‘layotgan, mavjud va yo‘qolib borayotgan predmetlar faqat ularni o‘zlariga xos bo‘lgan belgilarga, xislatlarga, xossalarga ega bo‘ladilar. Konkret biron – bir predmetga xos bo‘lgan tomon, belgi «yakkalik» tushunchasi bilan ifodalanadi. Yakkalik – bu yagona sifat va miqdoriy muayyanlikka ega bo‘lgan, makon va vaqtda chegaralangan, faqat o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lgan, ob’ektlarni ifodalaydigan kategoriyadir.
Har qanday narsaning mavjud bo‘lishini taqazo etadigan shartlardan biri uning o‘ziga xos, yagona xossa yoki xislatga ega bo‘lishdir. Bu xislat qaytarilmas belgi, yashash davri, ma’lum fazo va vaqtda tutgan o‘rni orqali namoyon bo‘ladi. Aytaylik, bir xil nomga yoki turga ega bo‘lgan elementar zarrachalar bir – biridan farq qilmaydilar. Lekin bunda har bir daqiqada u yoki bu zarracha faqat ma’lum fazoda mavjud bo‘lishini, boshqa – boshqa atomlar tarkibiga kirkshi mumkinligini, vuirtual holat, zaryad, aylanish lahzasiga ega bo‘lishini ko‘zda tutish kerak.
Yakkalik narsa, predmet emas, balki narsaga xos xislatdir. CHegaralangan fazo va vaqtda mavjud bo‘lgan har bir narsani, ob’ektni alohida kategoriyasi bilan ifodalash mumkin. Har qanday alohida mavjud bo‘lgan narsa yakkalik tomoniga, belgisiga egadir. Lekin borliq yakkalik xislatiga ega bo‘lgan va alohida mavjud bo‘lgan narsalarning, predmetlarning shunchaki yihindisi emas. Bundan tashqari, mutlaqo yakkalashgan narsalar o‘rtasida biron – bir munosabat, aloqadorlik o‘rnatilmaydi. Predmetlar o‘zaro ta’sirida, harakatda bo‘linlar ekan, demak ularda yakkalikni bildiradigan xossalar bilan birga o‘xshashlik belgilari ham bor. SHunday o‘xshash belgilar predmetlarning umumiy tomonini, ya’ni umumiylikni bildiradi. O‘xshash tomonlar esa bir xil, aynan, barobar belgi va xislatlarning borligidan darak beradi.
Umumiylik - bu narsa va hodisalardagi qism, elementlar va tomonlarning o‘xshashligina, aynanligini, taxroslashini ifoda etadigan kategoriyadir.
Umumiylikning o‘zi turli hajm va darajaga ega bo‘lishi mumkin. Xususan, elementar zarracha, atom, molekula, jism, pleneta, koinot kabi ob’ektlarda ma’lum miqdor va sifat muayyanligiga asoslagan umumiylik har xil miqyos va darajada o‘zini namoyon qiladi.
Yakkalik predmetlardagi qaytarilmas, individual, yagona tomonini, umumiylik esa bir xillikni, o‘xshashlikni, takrorlanishni belgilaydi. Bu ma’noda yakkalik va umumiylik predmetlarning o‘zlariga xos bo‘lishi qarama – qarshi, bir – biriga zid bo‘lgan tomonlarni, xossalarni bilib beradilar. Bu zid tomonlarning bir – birlariga bo‘lgan munosabatlari qanday? Umumiylik yakkalik xislatiga ega bo‘lgan narsalarning ichki elementlarini yoki boshqa – boshqa narsalarning qismlarini o‘xshashlik, aynanlik tomonini ifoda etsa, yakkalik o‘xshash, bir xil xislatga ega bo‘lgan bir turkumdagi predmetlarning har birining o‘ziga xosligini, yagonaligini, takrorlanmaydigan belgilari borligini bildiradi. Demak, yakkalik va umumiylik bizning bir – birini istisno etuvchi xislatdir. SHu bilan birga, ta’kidlash jo’izki, har bir predmet, ayni vaqtda ham yakkalik, ham umumiylik tomonlariga ega.
Yakkalik va umumiylik bir – biri bilan dialektik tarzda bog‘langan. Ular bir – birlariga o‘tishlari mumkin, ya’ni birining «koyini» ikkinchisi egallashi ma’nosida emas, balki yakkalik asta – sekin umumiylik: darajasiga ko‘tarilishi mumkin, umumiylik esa predmetlardagi o‘xshash, aynan tomonlarning yo‘qola borishi Bilan yakkalikka aylanib qolishi mumkin. Masalan, tirik mavjudotlarda bir vaktlar mavjud bo‘lgan umumiy tana a’zosi o‘zgargan sharoitda tegishli funksiyalarni bajarmay qo‘yib yo‘qolib ketishi mumkin. Lekin, shundan keyin ham, ayrim hollarda qo‘qqisdan bu a’zo biron – bir zotda atavizm ko‘rinishida paydo bo‘lishi mumkin. Endi aklni xatni ko‘raylik. Mavjudot fizik, kimyoviy yoki radiatsiya jarayonlaridan ta’sirlanib o‘zida irsiy mutatsiya hosil qiladi. Bu o‘zgarish nasldan – naslga o‘tish jarayonida alohida bir zotning belgisidan populyasiyaning umumiy belgisiga aylanishi mumkin. Jamiyatda ham bir ijtimoiy tuzum tizimidan ikkinchisiga o‘tish sodir bo‘lganda yakkalik umumiylikni, umumiylik esa yakkalik darajasiga ko‘tariladi. Xususan SSSRni parchalanib ketishi va uni o‘rnida o‘xshash ijtimoiy – iqtisodiy xislatlarga ega bo‘lgan davlatlarni paydo bo‘lishi. MDHni vujudga kelishi shundan dalolat beradi.
Bir xil turkumga kirgan predmetlar guruhi xususiylik alomatiga ega bo‘ladi. YAkkalik xislatiga ega bo‘lgan alohida predmetlar guruh yoki tizimga birlashsalar, unda shu guruhga xos bo‘lgan belgi paydo bo‘ladi. Ana shu belgi xususiylikni tashkil qiladi.
Xususiylik – nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan guruhga, birlikka xos bo‘lgan belgidir. Aytaylik atom o‘zida yakkalik va umumiylik xislatini saqlaydi. Atommagi xususiylik xislati esa uning tarkibiga kirgan qismlar va o‘zidan yuqoriroq turgan ob’ekt bilan taqqoslanganda namoyon bo‘ladi. Xususiylik yakkalik va umumiylikni bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida mavjuddir. Zikr etilgan fikrni shartli tasvirini qo‘yidagicha ifodalash mumkin.
Falsafa tarixida yakkalik va umumiylikning o‘zaro munosabati masalasiga doir bir – biriga muxolif ta’limotlar vujudga kelgan. O‘rta asrda shakllanib, Evropa falsafasida to hozirgacha ta’sirini saqlangannominalizm ta’limotiga ko‘ra, umumiylik real mavjud bo‘lgan xislat emas, u faqat o‘xshash belgilarni ifodalaydigan so‘z, termin, xolos. Voqelikda esa konkret ayrim narsalar bor. Realizm deb atalgan ta’limotda, aksincha, umumiylik tushuncha, g‘oya sifatida birlamchi bo‘lib, mustaqil mavjud bo‘ladi degan qoida olg‘a suriladi. Bundan, tushuncha, g‘oya umumiylik sifatida yakkalikni, konkret narsani yaratadi degan xulosa kelib chiqadi. Masalaga dialektik tafakkur nuqtai nazarda yondoshsak, bu har ikkala ta’limot yakkalik va umumiylik nisbatini bir tomonlama tahlil qilayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Yakkalik va umumiylikning nisbatini dialektik tarzda tushunish metodologik va amaliy ahamiyatga egadir. Bunda yakkalik xislatiga ega bo‘lgan belgi yoki narsani asossiz ravishda umumiylikka ko‘tarmaslik, ayrim xossa va jarayonni umumiy qonuniyatga aylantirib yubormaslik va, aksincha, bir butun ob’ekt, ko‘p tomonlama murakkab tizimlarga xos bo‘lgan umumiy xossa yoki tomonni alohida predmetni yakka xislati deb belgilamaslikni imkoniyatini beradi.

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish