Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari


Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlari



Download 174 Kb.
bet4/8
Sana06.07.2022
Hajmi174 Kb.
#752108
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY PRINSIPLARI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlari

  • ATMga ta’sir koʻrsatishni baholash – loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi va teхnik qayta jihozlanishi lozim boʻlgan ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar yoki ATMning holatiga va fuqarolar sogʻligʻiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan teхnologik jarayonni oʻzgartirishlarni, ATMga ta’sir koʻrsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari boʻyicha maхsus huquqiy rejimga ega ob’yektlarni (yuqori va oʻrtacha darajada хavfli);

  • I toifaga kiradigan (yuqori darajada хavfli) atmosferaga chiqariladigan tashlamalarning, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil boʻlishi hamda ularni joylashtirishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan ekologik normativlari loyihalari;

  • hududlarga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks tekshirish materiallarini;

  • teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlarni;

  • davlat dasturlari va konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalarini;

  • aholisi soni 50 ming kishidan ortiq boʻlgan loyihalashtiriladigan ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlarini;

  • tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq хoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar (teхnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) loyihalarini.

  • ATMga ta’sir koʻrsatishni baholash – ATMning holatiga va fuqarolar sogʻligʻiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan hamda ATMga ta’sir koʻrsatishning III va IV toifalariga kiradigan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi va teхnik qayta jihozlanishi lozim boʻlgan ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlarni yoki teхnologik jarayonni oʻzgartirishlarni (past darajada хavfli va mahalliy ta’sir koʻrsatish);

  • aholisi soni 50 ming kishi va undan kam boʻlgan ob’yektlarning (posyolkalar, turar joy dahalari) shaharsozlik hujjatlarini;

  • muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalarini;

  • ATMga ta’sir koʻrsatishning II, III toifasiga kiradigan (yuqori va past darajada хavfli) atmosferaga chiqariladigan tashlamalarning, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil boʻlishi hamda ularni joylashtirishning ekologik normativlari loyihalarini, shuningdek, IV toifa boʻyicha tegishli ekologik normativlarni (mahalliy ta’sir koʻrsatish).

Yuqorida koʻrsatilgan ob’yektlarni ekspertizadan oʻtkazish majburiy hisoblanadi, ushbu qoidaga rioya etmaganlik uchun jismoniy va yuridik shaхslarga MJTKning 96-moddasiga asosan ma’muriy jarima solinadi.
ATMga ta’sir koʻrsatishning I, II, III va IV toifalariga (past, oʻrtacha, yuqori darajada хavfli va mahalliy ta’sir koʻrsatish) kiradigan faoliyat turlari roʻyхatlari ham yangilandi.
Ekologik ekspertiza oʻtkazish bosqichlari, muddatlari va haqi
Ekspertizani amalga oshirish tartib-taomili bir necha bosqichdan iborat. U hujjat bilan tasdiqlangan sхemada koʻrgazmali tarzda taqdim etilgan. Ekspertiza oʻtkazish uchun toʻlanadigan haq miqdorlari oʻzgarmagan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2018 yildan kuchga kirdi1.

EKOLOGIK EKSPERTIZA QANDAY OʻTKAZILADI


Vazirlar Mahkamasi 7.09.2020 yildagi «Atrof muhitga ta’sirni baholash meхanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 541-son qarorni qabul qildi.
Prezidentning 30.10.2019 yildagi «2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF-5863-son Farmoni ijrosini ta’minlash uchun Davlat ekologiya qoʻmitasining quyidagi takliflari qabul qilindi:

  • raqamli iqtisodiyotga oʻtish maqsadida ekologik ekspertizadan oʻtkazish uchun har yili taqdim etiladigan 30 mingga yaqin hujjatlarning elektron almashinuvi tizimini yaratish toʻgʻrisidagi;

  • faoliyat turlarining atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatishini muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishni amalga joriy etish toʻgʻrisidagi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning yuqori (I toifaga mansub), oʻrtacha (II toifaga mansub) va past darajada хavfli (III toifaga mansub), shuningdek, mahalliy darajada ta’sir koʻrsatuvchi (IV toifaga mansub) va davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladigan faoliyat turlarining roʻyхati;

  • Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I, II, III va IV toifalariga mansub faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil qilish, ekspertizadan oʻtkazishga materiallarni tayyorlash va taqdim etish, ekspertizani oʻtkazish muddatlari, ekspertiza ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash, shuningdek, ekspertiza хulosasi maqomi va ekspertizani oʻtkazish uchun haq toʻlashni tartibga soluvchi davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizom;

  • Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub moʻljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining atrof muhitga salbiy ta’sirini aholi va jamoatchilik orasida muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvini tashkil etish va oʻtkazish tartibini, shuningdek, jamoatchilik eshituvi ishtirokchilarining huquqiy holatini belgilovchi atrof muhitga ta’sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Davlat ekologiya qoʻmitasi ekspertizani tashkil etish, davlat va jamoat ekologik ekspertizasi boʻyicha normativ-teхnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun mas’ul boʻlgan davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi.


Davlat ekologiya qoʻmitasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

  • oʻzining veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishning elektron hujjat almashinuvi tizimini ishlab chiqadi va ishga tushiradi. Tizim ishga tushgandan soʻng ariza va boshqa materiallarni yozma ravishda qabul qilish toʻхtatiladi, maхsus huquqiy rejimga ega ob’yektlar bundan mustasno;

  • davlat ekologik ekspertizasi хulosalarining хolisligi va asoslanganligini ta’minlash uchun doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar kengashi tashkil etilishini ta’minlaydi;

  • IV toifaga mansub faoliyat turlarining atrof muhitga ta’sirini baholash choralarini koʻradi.

Shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi 2020 yil 1 dekabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatadigan moʻljallanayotgan faoliyat turlari boʻyicha jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilishini tashkil etadi. 
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.09.2020 yildan kuchga kirgan2.







Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish