Elektromexanika



Download 16,17 Mb.
bet3/14
Sana29.06.2022
Hajmi16,17 Mb.
#717568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ASINXRON MASHINALAR2.doc

3. STATOR CHULG’AMLARI.

Stator chulg’ani, o’zgarmas tok mashinalaridagi singari, qyriх seksiyalardan tuziladi. O’zgarmas tok mashinasi yakorining chulg’amlarida seksiya o’ramlari sonini iloji boricha kamroq qilishga harakat qilinadi. Bunga sabab shuki, yakor seksiyasi kommutasiya vaqtida ajraladi va ajraladi va tutashadi hamda unda keraksiz o’zinduksiya E.Yu.K. o’ramlar soni qancha ko’p bo’lsa, shuncha katta bo’ladi.


Asinxron dvigatelining kollektori bo’lmaydi va ishlash vaqtida seksiyalar uzilmaydi, shuning uchun ularda o’ramlar sonini katta qilib olish mumkin, bu ayniqsa chulg’amda katta E. Yu. K. hosil qilish uchun muhimdir.
9–rasmda stator chulg’amining to’rt o’ramli seksiyasi ko’rsatilgan. Biroq, seksiya o’ramlari soni katta bo’lsa, ariqchalar ratta bo’lib ketadi va ariqchalar orasidagi o’zak sirti foydalanilmay qoladi (4, 5, 8–rasmlar). Shuning uchun seksiyalarni 10–rasmda ko’rsatilgandek, qismlarga bo’lish afzaldir. Bu holda har biri o’z juft – juft ariqchalariga joylashtirilgan ketma – ket ulangan bir necha seksiyadan iborat g’altak hosil bo’ladi. Shu tufayli ariqchalar soni ortadi, ariqchalarning kengligi kichirayadi, o’zakning po’latidan esa yaxshiroq foydalaniladi (6–rasm).
Seksiyalarning barcha aktiv tomohlari ariqchalarga ikki qatlam qilib joylashtiriladi: pastki qatlam 10–rasmda pynktir chiziq bilan, yuqori qatlam esa tytash chiziq bilan ko’rsatilgan. Yuqori va pastki qatlamlarning, shunigdek, ko’ndalang kesim tomonlarning barcha simlari birgalikda izolyasiya qilinadi va kelgusida stksiya uning o’ramlarining sonidan qati nazar bir o’ramli qilib tasvirlanaveradi (11–rasm).



9–rasm. Stator chulg’ami seksiyasi.


10–rasm. Stator chulg’amining ikki seksiyasini ulash.


11–rasm. Seksiyalarining belgilanishi.

Chulg’amdan o’tayotgan tokning chastotasi o’zgarmas bo’lganda, magnit oqiminig aylanish tezligi, faqat stator chulg’ami tayorlangan qutblar juftining soniga bog;liq bo’ladi. Masalan, va p = 1, 2, 3, 4 va hakazo bo’lganda oqimning aylanish tezligi mos ravshda  va hakozo bo’ladi. Bundan tashqari, berilgan p da har bir qutbga har bir fazada biror sondagi ariqchalar kelishi ravshan. Shuning uchun stator hamma ariqchalarining soni quydagiga teng bo’lishi lozim:


 (2 )
bunda: 2p – qutblar yoki qutb bo’laklari soni (qutb bo’laklari  – deb ikkita yonma – yon yotgan turli ismli qutblarning o’rtalari orasidagi hamma vaqt 180 el, grad ga teng bo’lgan masofaga aytiladi);
m – chulg’am fazalari soni;
q – qutb va fazaga to’g’ri keladigan ariqchalar soni, yani har bir fazaning har bir fazaning har bir qutb bo’lagiga band bo’lgan ariqchalar soni.
2p = 2, m = 3, q = 2 bo’lsin. 2–formulaga muvofiq stator ariqchalar soni 12 ta bo’ladi. Har bir ariqchada seksiyaning ikkita aktiv tomoni yotadi, binobarin, seksiyalar soni ham 12 ta. Chulg’am uch fazali bo’lgani uchun har bir faza to’rt seksiyadan iborat, bu seksiyalar ikkitadan bo’lib ketma – ket ulangan ikkita g’altak hosil qiladi (11–rasm). Chulg’am 12–rasmda odatda qabul qilingandek yoyilgan holda ko’rsatilgan, chunki eng soda sxemalarni ham 8–rasmdagidek disk ko’rinishda tasvirlash juda qiyin.


12–rasm. Stator ikki qatlamli chg’amining yoyilmadi.
Aylana yoyilmasida (12–rasm) ikki qutb bo’linmasi  ning zonalari ko’rsatilgan. Har bir qutb bo’linmasida har bir faza ikkita ariqchani egallaydi, ya’ni q = 2, shuning uchun alohida fazalarga tegishli ariqchalarni belgilash oson. Agar ixtiyoriy ravishda ariqcha 1,2 lar A fazaga tegishli deb olinsa, u holda xuddi shu fazaning kelgusi ikki ariqchasi ikkinchi qutb bo’linmasida bo’lishi, ya’ni  el grad ga surilgan bo’ladi. Bu 7,8 ariqchalar bo’ladi. Belgilar seksiyalar aktiv tomonlarning yuqori qatlamiga qo’yiladi. G’altaklarga ulangan 1,2 va 7,8 seksiyalarning E.Yu.K. lari qo’shilishi kerak bo’lgani uchun ular 10 va 11–rasmda ko’rsatilgandek qilib ulanadi. Endi bu ikki g’altak A fazaning chulg’amiga ulanishi kerak. Boroq, g’altaklar turli qutb bo’linmalariga joylashtirilgan, binobarin, ularning E.Ya.K. lari faza lixatidan ga surilgan. Shunday qilib, fazaning

E.Ya.K.ni toppish uchun g’altakning oxuri 1,2 ni g’altakning oxiri 7,8 ga ulash kerak. 12–rasmda shunday qilingan. Agar A fazaning uchi deb 1 ariqchadan chiqqan sim olinsa, fazaning X oxiri ariqcha 7 dan chiqadi.
B fazaning boshi ariqcha 5 da, ya’ni A fazaning boshlanishiga nisbatan 2/3 ga, yoki 120 el grad ga surilgan bo’ladi. BY fazaga 5,6 va 11, 12 ariqchalar tegishli bo’ladi. C fazaning boshlanishi ariqcha 9 da joylashadi, ya’ni yana 2/3 ga siljigan bo’ladi.  fazaga, 9, 10 va 3, 4 ariqchalar tegishli. Ikkinchi va uchinchi fazalarning ulanishi 12–rasmda ko’rsatilmagan, balki B, C uchlari va Y, Z oxirlari belgilab qo’yilgan, xolos. Stator chulg’ami energiya beruvchi tarmoqqa, transformatordagi singari, yulduz yoki uchburchak shaklida ulanadi.
3 kVt 1500 ayi/min. Paz 36 ta. Chulg’am 6 ta. Halqa (seksiya). 3 ta. Qadam 1- 12.

4 kvt. 1000 ayi/min. Paz 36 ta. Chulg’am 9ta. Halqa (seksiya) 2 ta. Qadam 1–8.

  • 4 kvt. 3000 ayi/min. Paz 24 ta. Chulg’am 6 ta. Halqa (seksiya) 2 ta. Qadam 1–12.



Stator pazlariga boshlari bir – biridan r ga yori eleknrik gradusga farq qiluvchi ychta bir fazali chulg’amni joylashtirib, ularni



Download 16,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish