Endokrin sistеmasi, moddalar va enеrgiya almashinuvi


Yog`lar (lipidlar) almashinuvi



Download 132 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2022
Hajmi132 Kb.
#676924
1   2   3   4   5   6   7
Yog`lar (lipidlar) almashinuvi


Yog`lar organizmda plastik va enеrgеtik rolni bajaradi. Yog` hujayralar pardasi bilan protoplazmasiga kirib, plastik rolini o`ynasa, enеrgеtik mablag` tariqasida xam ishtirok etadi. Lipidlar glitsеrin bilan yog` kislotalardan tashkil topgan nеytral yog`lardan iborat murakkab organik moddalar va fizik ximiyaviy xossalardan shu moddalarga yaqin turadigan lipoidlar (litsеtin va xolеstеrin) dеb tushuniladi. Oqsillar bilan uglеvodlarning ortiqchasi organizmda yog`larga aylanadi.


Suv va minеral tuzlarning almashinuvi

Odam organizmining 2G`3 kisimni suv tashkil qiladi. Suv hujayralararo bo`shliqlarda, hujayralarning tarkibiy qismida bo`ladi, shuningdеk qon va limfaning suyuq qismini tashkil etadi. Suv organizmda moddalarning


parchalanish (oksidlanish) jarayonida xosil bo`ladi. Bulardan tashqari, suv organizmga qabul qilingan suyuqliklar va ovqatlar orqali xam kiradi. Shu bilan birga organizmda bir kеcha-kunduzda, o`rtacha, 1,5-2 l suyuqlik (buyrak orqali 500-800 ml, nafas yo`lidan chiqarilgan xavo bilan 500-600 ml, tеr bilan 500-600 ml) tashqariga chiqadi. Organizmda suv va minеral tuzlar xamisha bir xilda bo`lishi zarur, chunki u o?ganizmdagi ko`pchilik moddalarning erishi uchun kеraklidir. Odatda, organizmga suv va ovqatlar bilan 15 ga yaqin turli kimyoviy elеmеntlar kiradi. Jumladan: osh tuzi - 10 g, kaliy - 1g, magniy - 1,5 g, fosfor - 0,8 g, tеmir - 0,001 mg, kaltsiy - 0,012 g va juda kam miqdorda mis (0,0003 g), marganеts va yod (0,0003 g) va boshqalar.
Organik moddalarning har қaysisi hujayrada mavjud bo’lgan ayrim uchastkalarda-k a m p o r t m ye n t l a r d a sintezlanadi. Kamportmentlar –hujayradagi erkin bo’shliқlardan tsitoplazma va vakuolni ko’rsatish mumkin. Shu bo’shliқlarda hosil bo’lgan va to’plangan shakar, glyukoza, fruktoza kabi moddalar tashқi muhitga chiқariladigan birikmalardir. Ularning harakatlanishini hujayra membranalari tomonidan nazorat қilinmaydi.
Markaziy vakuolda organik kislotalar, oshlovchi moddalar, alkoloidlar va boshқa birikmalar to’planadi. Tsitoplazmada esa maxsus membranalar bilan o’ralgan organoidlar o’ziga xos organik moddalarni hosil қilishdareaktsion kamportmentlar bo’lib hisoblanadi. Jumladan, sferosomalarda yog’lar, translosomalarda turli fenol birikmalari, ribosomalarda oқsillar sintezlanadi. Sintezlangan Yuqorii molekulali moddalarning har қaysisi o’ziga xos vazifani o’taydi. Masalan, DNK irsiyat belgilarini nasldan-naslga o’tishini va turli-tuman oқsillarni, shu jumladan oқsil fermentlari hosil bo’lishini boshқaradi.
O’simliklar tanasidagi organik birikmalar turli-tuman bo’lishi bilan birga ularning funktsiyasi ham xilma-xildir. Ularning ba‘zilari konstitutsion modda bo’lib, o’simliklar tanasini va hujayra organoidlarini tuzilishida ishtirok etadi. Boshқalari zahira oziқ modda sifatida va fiziologik aktiv birikma shaklida o’simliklaning hayot jarayonidagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Ammo o’simliklar tarkibidagi moddalar o’z shaklini o’zgartirib turadi. Masalan, zahira holdagi kraxmal, fermentlar ta‘sirida parchalanib, nafas olish jarayonida sarflanishi mumkin yoki zahira holdagi oқsillarning parchalanishidagi aminokislotalar tsitoplazma hosil bo’lishida ishtirok etadigan oқsil birikmalariga қo’shilib konstitutsion modda sifatida o’zgaradi. Konstitutsion hisoblangan moddalar ham fermentlar ishtirokida parchalanib, oziқ moddalar қatorida sarflanadi.
Xulosa қilib aytganda, organik moddalarning bir turdan ikkinchi turga aylanishi, ya‘ni o’zgarib turishi tirik organizmlar uchun xos xodisadir. Masalan, oқsil molekulalari ham \ar 10-15 kunda yangilanib turadi. Tirik organizmlar tarkibidagi murakkab moddalar oқsil tabiatli maxsus birikmalar, fermentlar ishtirokida o’zgarib turadi.
Xuja'yralardagi moddalar almashinuvi (metabolizm) murakkab modda­larning uzluksiz ravishda sodda moddalarga parchalanib turishidan va mu­rakkab moddalarning sintezlanishidan iborat. O’simlik va boshqa tirik organizmlar xujayralarida sodir buluvchi moddalar o’zgarishi va energiya almashinuvi fizika va kimyoning konunlariga bo’ysunadi, shuning uchun tirik tizimlarga bu krnun va tamoyillarni kz?llash mumkinligi e‘ti-rof etiladi. Umumiy jarayonlarning mohiyati termodinamikaning birin-chi va ikkinchi krnunlari asosida tushuntiriladi.
Termodinamikaning birinchi krnuniga kura ichki energiya (Ye) fa-kat issiklik x.olida energiyani kuchirish jarayonida yoki ish bajaril-ganda uzgarishi kuzatiladi. Boshq.acha k,ilib aytganda, energiyani yaratish va yuk. k.ilish mumkin emas:
Bajarilgan ish mexanik, elektrik yoki kimyoviy (sintez) bo’lishi mumkin. Ajratib olingan tizimlar uchun ularning ichki energiyasining uzgarishi kuyidagi formula bo’yicha aniklanadi: ya‘ni tizim ichki energiyasining ko’payishi unga berilgan issiklik va tashqi muhitning tizim ustida bajargan ishi yigindisiga tengdir.
Demak, bu konunga ko’/ra energiya kaytadan hosil bo’lmaydi va yuk.olmaydi, fakat bir shakldan ikkinchi shaklga utadi. Ajratib olingan tizim energiyasining umumiy miqdori doimiy bo’lib koladi. Birinchi konun tirik tizimlarga kullanishi mumkin.
O’simlik xujayralarida fermentlar ishtirokida ekzergonik reak-tsiyalar uz-uzidan ketishi mumkin, ular kimyoviy potentsialning manfiy uzgarishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga xujayralarda endergonik jarayonlar sodir bo’ladi, ya‘ni odtsiy moddalardan murakkab moddalarning sintezi, unda energiya talab k.ilinadi va u energiyani bir-biriga boglangan ekzergonik jarayonlardan oladi.
Organ izmlardagi xar bir tirik xujayra murakkab tizimlardan iborat. Uning tarkibi uzluksiz faollikda bo’ladi: moddalarning xujayraga kirishi vatashқarigachik.ishi doimiy xarakterga ega.
Xujayrada sodir bo’ladigan hamma reaktsiyalarni ikki gurux,ga ajratish mumkin: anabolitik reaktsiyalar — kichik va oddiy molekulalardan yirik molekulalarning sintez kilinish reaktsiyalari; bu jarayonlar uchun energiya sarflanadi, ya‘ni endergonik jarayonlar:
Katabolitik reaktsiyalar - yirik molekulalarning kichik va oddiy molekulalarga parchalanish reaktsiyalari; bu jarayonlarda energiya ajra-ladi - ekzergonik jarayonlar:
Uz navbatida hosil bo’lgan oddiy molekulalar kayta biosintezda foydalanilishi mumkin. Xujayrada sodir bulayotgan katabolitik va ana­bolitik reaktsiyalar yirindisi birgalikda xujayraning metabolizmini tashqil etadi:
Katabolizm + Anabolizm = Metabolizm.
Xujayraga kirayotgan organik modtsalar yangi xujayraviy komponent-larning biosintezi va kimyoviy energiya manbai sifatida xizmat kiladi. Organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan energiyaning ko’pchilik қismi xujayraning hayotiy jarayonlari uchun foydalaniladi. Energiya xujayraning turli қismlariga tarkaladi va bir shakldan ikkinchi shaklga utadi. Natijada energiyaning xar bir shakli xujayradagi ma‘lum bir ishni bajarish uchun xizmat kiladi. Bular biosintez, xujayraning bulinishi, ko’payishi, faol transport (suv, mineral va organik moddalar), osmos va boshқalar bo’lishi mumkin. Tirik hujayralar uchun eng zaruri kimyoviy energiya bo’lib, u xujayra kismlariga va xujayradan-xujayragatezutkaziladi va samarali foydalaniladi.
Ayrim fosfat birikmalar gidrolizlanishi natijasida ajraladi-
gan erkin energiya
Umuman barcha tirik organizmlardagi energiyaning birlamchi man­bai kuyoshdir. Organizmlarda energiya bir shakldan ikkinchi shaklga tez utadi va ish bajaradi, bir қismi esa atrof mux.ntga tarkaladi. Ammo energiyaning ozika zanjiriga kushilishi fakat xlorofilli yaishl o’simliklar (fotosintez) orkali sodir etiladi.
Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o`zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo`lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o`zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo`lgan energiya hisobiga to`qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko`payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari
yangilanadi yosh oganizim o`sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi taminlanadi
Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog`liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik hususiyati bo`lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o`tadi. Bunda moddalar va energiya yo`qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi.
2.Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog`liq bo`lgan ikki jarayon,yani assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o`tadi. Bular anobolizm va katobolizm deb ham ataladi.
Ovqat moddalari tarkibiy qisimlarining hujayralarga o`tishi assimilyatsiya yoki anabolizm debataladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko`payadi. Organizm qancha yosh bo`lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o`tadi. Bu esa yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta`minlaydi
Hujayralar eskirgan tarkibiy kismlarining parchalanishi (emirilishi) dissamilyatsiya yoki katabolizm deb ataladi. Buning natijasida energiya hosil bo`ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo`gan qol diq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrit, suv, azot qoldiqlari va boshqala).
Shunday qilib, odam organizmida assimiliyatsiya va dissimi-lyatsiya jarayonlari bir-biriga bogliq holda davom etadi. Coglom bo`gan katta odamlarda bu ikkala jarayonlar bir-biriga teng muvoza-natda bo`ladi. Yosh organizimda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo`-lib, buning natijasida o`sish va rivojlanish ta`minlanadi. Keksa odam-lar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun bo`ladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqin bo`lib, yuzlarida ajin paydo boladi, tana muskulari o`shashib, ularning hajmi kichirayadi va qorni osilib qoladi. Ogir kasalliklar vaqtida dissimilyatsiya jarayoni kuchayadi. Shuning uchun, hatto yosh odamning rangi so`liydi, terisi quriydi, yuzida ajinlar paydo bo`ladi, muskullari bo`shashadi, tana massasi kamayadi.
Demak, organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari uzluksiz davom etadi. Ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishiga qo`ra, odam tanasidagi har xil to`qima va tarkibiy qisimlarning yangilanish muddati turlicha bo`ladi. Masalan, jigar to`qimasi va qon zardobining oqsillari 20 kun davomida butunlay yangilanadi, tana muskularining oqsillari 180 kunda yangilanadi. Umuman odam tanasidagi hamma to`qimalar tarkibidagi oqsilarning yarmi har 80 kun davomida yangilanib turadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qaysi bir to`qima va organ qanchalik faol ish bajarsa, harakat qilsa, uning tarkibiy qisimlari yangilanshi shunchalik tez sur`atlarda bo`ladi. Binobarin, jismoniy mehnat, fizkultura va sport mashgulotlari odam tanasidagi to`qimalarning tez yangilanishi, organizmning yosh, soglom va tetik saqlanishiga olib keladi.
3.Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya`ni proteinlar odam organizmining sogligi, normal o`sishi va rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani o`taydi: plastik va energetik. Oqsillarning plastik ahamiyati shundan iboratki, ular barcha hujayralar va to`qimalarning tarkibiy qisimga kiradi, ya`ni hujayralarning eskirgan qisimlari yangilanib turishadi va ularning ko`payishiga asosiy rol o`ynydi.
Oqsillarning energetik vazifasi shundan iboratki, ular organizmda kislorod ishtirokida oksidlanib, parchalanadi va o`zidan energiya ajratadi. 1g. oqsil parchalanganda 4,1kkal energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasi haroratining doiymiyligini saqlash, ichki organlarning normal ishlashini ta`minlash, odamning harakatlanishi va har xil ishlar bajarish uchun sarflanadi.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Ular molekulasi tarkibida 20 ta aminokislota bo`ladi. Ularning 10 tasi almashtirib bo`maydigan-eng zarur (lizin, triptofan, gistidin, metionin, treonin, leytsin, izoleytsin, valin, tsistein, fenilalanin) aminokislotalardir. Ular organizmda bahsqa moddaladan sintes qilimaydi. Qolgan 10 tasi almashtirish mumkin bo`gan aminokislotalardir. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab, ikki hil bo`ladi: sifatli va sifatsiz oqsillar. Sifatli oqsillar tarkibida yuqorida qo`satilgan 10 ta almashtirib bo`maydigan aminokislotalarning hammasi bo`ladi.Sifatli oqsillar hayvon mahsulotlarida (go`sht, tuhum, baliq, ikra, sut, va sut mahsulotlarida)bo`ladi. Sifatsiz oqsillar tarkibda almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalarning ba`zilari bo`lmaydi.Shuning uchun ham ular sifatsiz oqsilar deb ataladi.
Sifatsiz oqsillar o`simlik mahsulotlaridabo`ladi (non, kartoshka, makkajo`xori, no`xat, mosh, loviya, guruch, kabilarda).
Shuni olohida qayd qilish kerakki, bolalar organizmining o`sishi va rivollanishi uchun ularning ovqat tarkibidagi oqsillarning 80-90 %i sifatli (go`sht, baliq, tuxum, sut) bo`lishi kerak. Kattalar ovqati tarkibdagi oqsillarning 50 %i sifatli va 50 %i sifatsiz bo`lishi mumkin. Katta odam kundalik ovqatining tarkibida 80-120g oqsil bo`lishi kerak.
Yoglar almashinuvi. Yoglar ham oqsillarga o`xshash odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega. 1g yog organizmida kislorod ta`sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Yoglar ikki xil bo`ladi: hayvon yoglari (dumba, charvi yoglari, sariyog, baliq yogi, tuxum sarigi tarkibida yog kabilar); o`simlik yoglari (paxta, kungaboqar, zig`ir, kunjut, makkajo`xori, zaytun moylari). Dumba, charvi va tuxum sarig`i tarkibidagi yog`larda xolesterin moddasi ko`p. Bu modda ateroskleroz (qon tomirlarning qattiqlashib, mo`rtlashib va toraib qolishi) kasalligi kelishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun yoshi 40dan oshgan odam hayvon yog`i va tuxumni kamroq iste`mol qilishi kerak.
O`simlik moylarida, ayniqsa, zaytun moyida to`yinmagan moy kislotalar bo`lib, ular xolesterin moddasini etiradi va uning organizmga chiqib ketishga sharoit yaratadi. Shuning uchun o`simlik moylari yoshi ulg`aygan odamlarda ateroskleroz kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Odam organizmining fiziologik ehtiyojiga ko`ra, bir kecha kunduzgi ovqat tarkibida yog` va oqsil miqdori deyarli teng bo`lishi kerak (80-110g).Kundalik ovqat tarkibida yog` yetishmasligi bolalar va o`smirlar organizmining o`sishi va rivojlanishi sekinlashuviga sabab bo`ladi. Bundan tashqari, yuqumli kasalliklaga, tashqi muhitning noqulay tasirlariga – odamning sovoqa chidamliligi, aqliyva jismoniy ish bajarish qoboliyati pasaishiga olib keladi. Aksincha yog`larni normadan ortiqcha iste`mol qilish odam semirishiga sabab bo`ladi. Ortiqcha yog` teri ostida, charvida, yurak, buyrak atrofida to`planadi. Semirish odam ish faoliyatini pasaytiradi, sog`lig`ni zaiflashtiradi

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish