Eritmalar Ikki va undan ortiq komponentlardan va ularning o’zaro ta’sir mahsulotlaridan tashkil topgan gomogen sistemaga eritma deyiladi



Download 15,67 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi15,67 Kb.
#815733
Bog'liq
eritmalar


Aim.uz

Eritmalar


Ikki va undan ortiq komponentlardan va ularning o’zaro ta’sir mahsulotlaridan tashkil topgan gomogen sistemaga eritma deyiladi. Eritmalar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Masalan qon, limfa, va so’lak suyuqliklari eritmalardir. Eritmalar kimyoviy birikmalar va oddiy mexanik aralashmalar o’rtasida oraliq holatni egallaydi.
Eritmalar kimyoviy birikmalarga o’xshash bir jinsli ya’ni gomogen bo’ladi.
Erish jarayoni kimyoviy reaksiyaga o’xshash issiqlik yutilishi yoki chiqishi bilan ro’y beradi. Eritmalar kimyoviy birikmalardan farq qilib tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, ham erituvchi ham erigan modda xossalarini namoyon qiladi. Erigan moddani erituvchidan fizikaviy usulda ajratib olish mumkin. Bu xossalari bilan eritma mexanik aralashmaga o’xshaydi.
Eritma tayyorlash jarayonida agregat holati o’zgarmaydigan komponent erituvchi hisoblanadi. Eritmalarda bir komponent ikkinchisida molekulalar, ionlar, yoki atomlar holatida bir jinsli muhit hosil qilib tarqalgandir. Eritmalar gaz , suyuq va qattiq holatda uchraydi.
Gazlarning eritmalari. Erigan modda va erituvchi ham gaz bo’lgan aralashma sifatida havoni olish mumkin. Havo tarkibida hajm jihatidan 78% azot, 20-21% kislorod, qolgan qo’shimchalar uglerod(IY) oksidi, suv bug’i va boshqalar bo’lishi mumkin. Gazlar aralashmasining umumiy bosimi ularning parsial bosimi deyiladi. Umumiy parsial bosim tashkil etuvchilarning parsial bosimlari yig’indisiga teng bo’ladi.
Harorat ko’tarilshi bilan gazlarning eruvchanligi kamayadi, chunki gazlaraning erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Gazlar eruvchanligining bosimga bog’liqligi Genri qonuni bilan ifodalanadi:
O’zgarmas haroratda gazlarning eruvchanligi uning bosimiga to’g’ri proporsional.
C = k *P
C - gazning eruvchanligi;
k - Genri doimiysi;
P - gazning bosimi.
Genri-Dalton qonuniAgar biror suyuqlikda gazlarning aralashmasi erisa, har bir alohida gazning eruvchanligi shu gazning parsial bosimiga to’g’ri proporsional.
Genri qonuni uncha yuqori bo’lmagan bosimda va konsentratsiyada o’rinli bo’lib erituvchi va erigan moddaning orasida o’zaro ta’sir ro’y bermaydi deb hisoblanadi.
Sechenov qonuniEritmada elektrolitning konsentratsiyasi ortishi bilan gazning unda eruvchanligi kamayadi.
N = N o e -kc
N - gazning toza erituvchidagi eruvchanligi; k- Sechenev konstantasi, gaz va elektrolitning tabiatiga va haroratga bogliq bo’lgan kattalik; c- elektrolit konsentratsiyasi. N o- gazning elektrolit eritmasidagi eruvchanligi.
Elektrolit eritmalarida gazlarning eruvchanligini kamayishi gidratasiyaga bog’liqdir. Gidratasiya tufayli suv molekulalari ionlar atrofida bog’lanib qoladi va shu tufayli gazlarning eruvchanligi kamayadi.
Suyuq eritmalar. Suyuq eritmalar odatdagi syuqliklarga o’xshash o’ziga xos strukturaga ega. Suyltirilgan eritmalarning xossalari erituvchinikiga o’xshab ketsa, konsentrlangan eritmalarning xossalari erigan moddaga o’xshab ketishi aniqlangan.
Suyuq moddalarning suvda eruvchanligi turlicha. Ba’zi suyuqliklar masalan: spirt, glitsirin suvda cheksiz eriydi. Ba’zilari esa ma’lum miqdorda eriydi. Masalan - fenol sovuq suvda oz eriydi. Harorat ko’tarilganda uning eruvchanligi ortadi. 66,45o S dan yuqori haroratda esa uning eruvchanligi cheksiz bo’ladi. Bu haroratni kritik erish harorati deyiladi.
Qattiq va suyuq moddalarning eruvchanligiga bosim ta’sir etmaydi, chunki ularning hajmi bosim ta’sirida deyarli o’zgarmaydi.
Genri-Dalton va Sechenev qonunlarining tibbiyotdagi ahamiyati. Inson organizmida gazlarning qonda erishi, qondan turli organlarga borishi sodir bo’ladi. Agar organizmda qon bosimi o’zgarishi bilan qondagi gazlarning eruvchanligi o’zgarsa bu og’ir asoratlarga olib keladi.
Suv ostida ishlaydigan g’ovvoslarda kechadigan kesson kasalligi ana shu Genri qonuniga amal qiladi. Dengiz sathidan 40 m pastda umumiy bosim odatdagidan 4 marta ortib, qondagi bosim ham shuncha marta ko’payadi. Agar g’ovvos tepaga tez ko’tarilsa uning bosimi juda tez pastga tushadi. Gazlarning eruvchanligi bu holatda keskin kamayib qonda gazlarning pufakchalari paydo boladi. Bu pufakchalar tomirlarning tiqilishi va toqimalarning zararlanishiga olib keladi va hatto o’limga olib kelishi mumkin.
Bu qonun asosida qorason (gangrena) kasalligida o’lgan to’qimalardagi mikroblarni bosim ostida chiqarib yuborish usuli ishlab chiqilgan. Bunung uchun bemor barokameralarga joylashtirilib unga kislorod bilan boyitilgan havo qo’shiladi. Odatda bunday usul yaxshi natijaga olib keladi.
Sechenev qonuniga ko’ra qonda kislorod va uglerod (IY) oksidning erishiga nafaqat elektrolitlar, balki oqsillar, lipidlar va boshqa moddalar ham kuchli ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham qondagi o’zgarishlar shifokorlarning doimiy nazoratida bo’lishi tabiiy.
Download 15,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish