Falsafiy dunyoqarashning o’z-o’zini anglashdagi ro’li Hissiyot



Download 41,88 Kb.
bet7/10
Sana11.07.2022
Hajmi41,88 Kb.
#777341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Falsafa

Xristianlik — dunyoda eng keng tarqalgan diniy eʼtiqod. YevropaAmerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida AfrikaYaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarda keng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2.5 milliard kishi eʼtiqod qiladi.
Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviy dini — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (Xristian dini va Islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan.
Totemizm (Shim. Amerika indeetslarining ojibve qabilasi tilidagi "ototem" — "uning urug'i" so'zidan) — ibtidoiy diniy e'tiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning ma'lum guruhi bilan hayvon va o'simliklarning muayyan turlari (ba'zan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) o'rtasida g'ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor degan e'tiqodga asoslanadi.
Fetishizm (fransuzchaféticheportugalchafeitiço — sehrli narsa, tumor) — gayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar — fetishlarga sigʻinish. Sigʻinish obʼyektlari, yaʼni fetishlar — tosh, tayoq, koʻzmunchoq, tumor va har qanday buyum boʻlishi mumkin. Fetishizm dinning qadimiy unsurlaridan biridir. Barcha ibtidoiy xalqlarda boʻlgan.
Animizm (lot. anima – jon, ruh) – jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo boʻlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, oʻz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush koʻrish, gallyu-sinatsiya, oʻlim va hokazo)ni tushunmagan.
BMT Kodeksida koruptsiyaga munosabat
Birlashgan Millatlar Tashkiloti korrupsiyaning mamlakatlarning milliy taraqqiyoti va barqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkinligini hisobga olib va uning nafaqat milliy balki xalqaro hamjamiyatni tobora xavotirga solib borayotgan xalqaro illat deb e’tirof etuvchi qator hujjatlarni qabul qilgan. BMT doirasida Global korrupsiyaga qarshi kurash dasturi e’lon qilingan. Ushbu dastur milliy korrupsiyaga qarshi kurash dasturlarini amalga oshirishga yordam berish va mamlakatlarda korrupsiya tavakkalchiligini ko‘tarish, davlat xizmatchilarida sotilmaslik psixologiyasini shakllantirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Dasturda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotib olishda va xalqaro iqtisodiy bitimlarda ochiqlik va hisobdorlik bo‘lishiga katta e’tibor berilgan. 1990 yilda BMT maxsus “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya” deb nomlangan rezolyutsiyasini qabul qilgan. 1996 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurash” rezolyutsiyasida davlatlarni korrupsiyaning xalqaro aloqalarga bog‘liq bo‘lgan jihatlariga, ayniqsa korporativ tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ro‘y beradigan noqonuniy bitimlarni jiddiy o‘rganib ko‘rishga chaqirgan. Bu to‘g‘risida BMTning «Xalqaro savdo operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risida»gi Deklaratsiyasi ham mavjud. BMT doirasida qabul qilingan 1996 yildagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan Davlat mansabdor shaxslari axloqining xalqaro kodeksida davlat mansbdor shaxslari faoliyatining prinsiplari belgilab berilgan edi.

BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri va unga qarshi kurashning vositalari va metodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o‘z aksini topgan. BMT tomonidan 2000 yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi va unga qarshi kurashda Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o‘z aksini topgan.


BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan hujjatlar ichida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvetsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid va demokratik institutlar va qadriyatlarni qo‘poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi siyosat va amaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda davlat ko‘rishi lozim bo‘lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari va ular faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar mavjud.




Download 41,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish