Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)



Download 169,59 Kb.
bet8/59
Sana14.12.2022
Hajmi169,59 Kb.
#885682
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
7 sinf texnologiyadan yillik konspekt

Tunukani belgilash. Tunukani belgilash uchun quyidagi asboblar ishlatiladi: chertilka, chizg‘ich, qalam, tsirkul, reysmus, go‘niya, kerper, shablonlar. Kontur chiziqlardan farqli, egish chiziqlarini listga ikki tomonidan o‘tqaziladi, chunki bukayotgan paytda chiziq tashqi tomonidan ham bo‘lishi kerak. Kontur chiziqlar bilan egish chiziqlarini orqa tomonidan to‘g‘ri chiziq qilish uchun, listni kern orqali bo‘rtirib olinadi. Oq tunuka, ruxlangan temirni va boshqa yumshoq metallarni egish chiziqlarini qalam yordamida chizish kerak, chunki chertilka chuqur iz qoldiradi va korroziyaga qarshi bo‘lgan sirtni buzib yuboradi. Tunukani qirqish: qaychi bilan qirqayotganda uning pichoqlari orasidagi oraliqning kattaligi va qirqish burchagining ahamiyati juda katta. Pichoqlar orasidagi tirqish 0,1 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Qaychilar har doim tayyor bo‘lishi uchun uni o‘z vaqtida charxlab, pichoqlar orasidagi oraliqni kichraytirib turish kerak. Tunukani bukish. Bu tunukadan hajmli shakllarni paydo qilishning asosiy usulidir. Bukish tiskida, maxsus opravkalar va maxsus uskunalar yordamida bajariladi. Belgilab olingandan keyin, egish chizig‘i tiskining tepa joyining uchiga joylanadi. Tiskining qisadigan joyi tunukani buzib qo‘ymasligi uchun uning chekasiga nagubniklar joylashtiriladi va tunuka kiyanka bilan uriladi. Kengroq bo‘lgan tunukani bukish uchun yog‘och brasokdan aydalaniladi. Maktab sharoitida eng ko‘p qo‘llaniladigani ugolnik hisoblanadi. Tunuka bilan ishlaganda yasalgan detalning mustahkamligini oshirish va chiqib qolgan chekkalarini qayirib olishi uchun otbortovka keng qo‘llaniladi. Bu operasiya ancha murakkab hisoblanadi va bajarilayotgan payitda katta aniqlikni talab qiladi. Uzun sim zagotovkalarni kesishda qo‘llarni, yuzni va boshqalarni jarohatlashdan ehtiyot bo‘lish kerak. Bukishda foydalaniladigan opravkalar tiskiga mahkamlab o‘rnatilishi lozim. Maktab ustaxonalariga sim, uch-to‘rtta joyi bog‘langan, rulon ko‘rinishida keltiriladi. Kerakli uzunlikda bo‘lgan simni qirqib olish uchun simni boglab tortuvchi tugunlarni Yechib uni orqaga itarib chiqarish lozim. Agar sim tortib olinsa, unda sim o‘ralib qoladi va u oxiri chigallashib chiqmay qoladi. Zagotovkani kerakli bo‘lgan uzunlikda qirqib olish uchun, metall chizgich yordamida kerakli bo‘lgan uzunlik o‘lchab olinadi, belgilanib bo‘lgandan keyin u qirqiladi. Ko‘pincha uzunasi bir xil bo‘lgan sim kerak bo‘lib qoladi. Buning uchun avval bitta sim, kerakli uzunlikda qirqib olinadi va keiyn shu sim xuddi shablonday qolgan simlar uzunasini o‘lchash uchun ishlatiladi. Ingichka va yumshoq simni kusachki yoki passatij yordamida qirqib olish mumkin. Qalin bo‘lgan simlarni (diametri 2 mm ortiq bo‘lgan) qirqish uchun zubilodan yoki temir arradan foydalanish mumkin. Simni qirqish uchun uni sandonga qo‘yib qirqiladi yoki tiskiga vertikal holatdi o‘rnatiladi. Tiskiga qirqiladigan joyi tepasiga to‘g‘rilanadi va qirqiladi. Temir arra yordamida simni qirqish uchun maxsus yoqoch brusdan foydalanish mumkin. Simni to‘g‘rilash. Rulondan chiqarilgan sim, odatda to‘g‘ri shaklda bo‘lmaydi. Uni ishlatishdan oldin to‘g‘rilab olish kerak. Rangli metalldan bo‘lgan ingichka uzun simni yoki yumshoq po‘lat simni to‘g‘rilash uchun ikkita yog‘och bir biriga siqilgan brusdan foydalanish mumkin. Yana teskari, ya’ni simni uchini tiskiga mahkamlab, ikkita yog‘och reyka orasidan simni uzunasi bo‘ylab o‘tkazish ham mumkin. Simni to‘g‘rilash yana bitta usuli keng tarqalgan: ikkita uchini yog‘ochlarga mahkamlanib, keyin silliq sterjen yordamida, simni orqaga hamda oldinga galma-gal tortib o‘tkaziladi. Qalin sim bolg‘a hamda nakovalnya yordamida to‘g‘rilanadi. Bolg‘aning uradigan joyi urilayotgan metalldan yumshoq bo‘lishi shart, bo‘lmasa uni urgan paytda simda izlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun alyuminiy va misli simlarni yog‘och bolg‘a (kiyanka) bilan to‘g‘rilash tavsiya etiladi. To‘g‘rilanayotgan paytda bolg‘ani chiqib qolgan joylarga asta-sekinlik bilan bir chekkasidan boshlab oldinga qarab uriladi. Qolgan joylarni to‘g‘rilash uchun simni o‘z o‘qi atrofida aylantirib turish kerak. Simni to‘g‘rilanganligini ko‘z orqali yoki chizg‘ich yordamida tekshirish mumkin.

Download 169,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish