Fan tarixi


-mavzu: O'RTA-OSIYODA ANIQ FANLARNING RIVOJLANISHI



Download 463,21 Kb.
bet5/37
Sana12.01.2022
Hajmi463,21 Kb.
#353588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
maruza matni lotincha

2-mavzu: O'RTA-OSIYODA ANIQ FANLARNING RIVOJLANISHI
REJA:

  1. Qadimgi Xorazm. “Avesto” asaridagi asosiy g'oyalar.

  2. Handasa ilmiga bo'lgan qiziqishlar.

  3. Uqlidus (Yevklid)ning “Negizlar” asariga yozilgan sharhlar.




  1. Qadimgi Xorazm. “Avesto” asaridagi asosiy g'oyalar.

Xorazm - quyi Amudaryo va Janubiy Orol havzasidagi qadimgi madaniy o'lkadir. Xorazm sivilizasiyasi qadimgi va o'rta asrlarda butun Markaziy Osiyo sivilizasiyasining shakllanishida muhim ro'l o'ynagan bo'lib, u haqidagi ma'lumotlar ko'p ming yilliklar qa'riga borib taqaladi. Arxeologik qazishmalarning ko'rsatishicha Xorazm hududida inson tosh asrdan boshlab yashaydi.

Xorazm vohasida S. P. Tolstov va YA. G'. G'ulomovlar boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalarning guvohlik berishicha, Qal'alikir va Ko'zalikir kabi yirik shaharlar miloddan avvalgi VI-V asrlardayoq mavjud bo'lgan. Xorazmliklar juda qadimgi zamonlardayoq sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyatini o'zlashtirganlar, murakkab sug'orish inshootlari va ariqlar qurganlar. Barcha tarixiy davrlarda xorazmliklarning hayoti Amudaryo bilan bog'lik bo'lgan. Shuning uchun Amudaryoning o'zani o'zgarishi bilan xorazmliklar, ularning hammasi bo'lmasa ham qandaydir yirik qismi yashash joyini ham o'zgartirganlar, ya'ni ular daryoning o'zani ketidan surilib borganlar. Xorazmlik buyuk mutafakkir Abu Rayxon Beruniyning guvohlik berishicha, bir vaqtlar Amudaryo Balxon tog'larining etagi bo'ylab oqib, taxminan Qorabo'g'ozko'l yaqinlarida Kaspiy dengiziga quyilgan. Keyinchalik u O'zboy tarafiga burilib, Sariqamish havzasini to'ldirgan va so'ng Orol tarafiga burilgan. Beruniy bu fikrini Ptolemey “Geografiya”sida keltirgan ma'lumotlar va Qoraqum sahrolaridan shaxsan o'zi ko'zatgan geologik va geofizik ma'lumotlar bilan tasdiqlaydi.

Beruniyning ma'lumotlari arxeologik qazishmalar bilan ham tasdiqlanadi. U davrdagi (qadimda) Xorazm keyingi davrlardagidan

janubi-g'arbroqda joylashganligi aniq. Xorazmliklar o'zlarining ko'p ming yillik tarixlarida Amudaryoning o'ynoqi xususiyati bilan kurashib, uning yangi o'zani bo'ylab ariqlar, qishloqlar, shaharlar va to'g'onlar barpo qilganlar. Sug'orishga asoslangan dehqonchilikning jadal rivojlanishi ko'plab ariqlar va sug'orish inshootlari tarmoqlarini qurish va bu ariqlar bo'ylab aholi yashash maskanlarining zich joylashishi natijasida keyinchalik Xorazm vohasining katta urbanizasiyalashishiga, ya'ni shaharlashib obodon bo'lishiga olib keldi. Miloddan avvalgi IV-II asrlardayoq Xorazmda Jonbosqal'a, Bozorqal'a, Qo'yqirilganqal'a, Tuproqqa'la kabi qator shahar-qal'alar shakllanadi. Shaharsozlik keyingi davrlarda ham rivojlanadi. Amudaryoning o'ng sohili ham, chap sohili ham to VIII asr boshidagi arab istilosigacha jadal o'zlashtirilib boradi.

Qadimgi va o'rta asrlardagi Xorazm haqida yozma manbalarning xabari diqqatga sazovordir. Jumladan, "Avesto" asarida Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yozma va madaniy yodgorligida keltiriladi. "Avesto" - otashparastlik-zardushtiylik dinining, ya'ni islomgacha Markaziy Osiyoda keng tarqalgan dinning muqaddas kitobi bo'lib, unga Zardusht (yoki Zaratushtra) asos solgan deb hisoblanadi.

"Avesto"ning eng qadimgi qismi (Gatlar) she'riy tarzda to'zilgan bo'lib, ular Zardushtning o'zining va'zlaridir.

"Avesto"ning eng qadimgi qismida Mitraga madh (Mexr-Yasht) keltirilgan, unda Ariyoshayana (“ariylar o'lkasi”) tarkibida So'g'd, Marg'iyona va Ariya bilan birga Xorazm ham eslatiladi va u Ariyoshayananing chekkasida joylashgan deyiladi.

Axura Mazda yaratgan “eng yaxshi o'lkalar va yurtlar” ichida birinchisi Xorazm deyilgan. Odatda "Avesto"ning bu qismi Gerodot “Tarix”ining ushbu parchasida ham keltirilgan: “Osiyoda har tomondan tog'lar bilan o'ralgan bir vodiy bor, tog'da besh dara bor: bir vaqtlar bu vodiy Xorazmiylarga tegishli bo'lib, xorazmiylarning o'zlarining, gurkaniylarning, pariylarning, sarangiylarning va tamaneylarning chegaralarida joylashgan... Mana shu vodiyni o'rovchi, tog'dan bir katta daryo oqib chiqadi. Uning oti Akes ilgari u besh tarmoqqa bo'linib, xaligi eslatilgan kabilalarning yerlarini sug'orardi, har bir kabilaga o'z darasidan suv kelardi”. Gerodot eslatgan “Xorazm birlashmasi” "Avesto"dagi Ariyoshayana va Aryonam Vayja - bu Xorazm vohasidir. XX asrning ikkinchi yarmida ko'pchilik olimlar Ariyoshayana - Ariyanam Vayja ba'zi izohlar bilan “Katta Xorazm”ning aynan o'zi degan fikrga keldilar. V. B. Xenning, Gerodotning Akes daryosini Harirud-Tajan bilan uyg'unlashtirib, Ahmoniylargacha bo'lgan davrda xorazmiylar Marv va Harirud atroflarini egallab, Sharqiy Eron va O'rta Osiyoda qudratli davlat barpo qilganlar va u keyinchalik Kurush tomonidan yo'q qilingan, degan g'oyani ilgari surdi. Bu g'oyani ba'zi to'zatishlar bilan B. G'. G'ofurov va R. N. Fray qabul qildilar.

Shunday qilib, Gerodot eslatgan “Xorazm birlashmasi” Ahmoniylargacha hukum surgan Xorazm – amanligidagi davlat birlashmasi bo'lgan. Bunday davlat birlashmasi, aftidan, O'rta Osiyoning Janubi G'arbida Gurkaniya, Parfiya va Marg'ianaga tutashgan joyda bo'lgan. U davlatning hukmi Orol bo'yi sak-massaget kabilalariga ham o'tgani ehtimol. Beruniy “Geodeziya”sidan Xorazm va Amudaryo haqidagi eslatgan ma'lumotlar Gerodot xabarlarining qandaydir aks-sadosiga o'xshaydi.

“Katta Xorazm” haqida, lekin Ahmoniylardan keyingi davr haqida Arrian ham guvohlik beradi. Iskandar (Aleksandr) 329|328 yil qishini Shimoliy Baqtriyadagi Zarkasp shahrida o'tkazayotganida uning ho'zuriga xorazmshoh Farazman o'zining 1,5 ming ayonlari bilan keladi. Farazman Iskandarga o'z yordamini taklif qilib, “kolxlar va amazonalarga bir zarba berib, Evkan (Qora) dengizi bo'yidagi kabilalarni ham bo'ysundirishni”, chunki o'zi “ularga qo'shni yerlarda yashashini” aytadi. Iskandar Farazmanga minnatdorchilik bildiradi va “u bilan do'stlik ittifoqini to'zib”, o'z yordamini biroz keyinga qoldirishni so'raydi. Bu xabardan shunday xulosaga kelish mumkin: Xorazm balki Kurush (Kayxusrav) tomonidan zabt qilingan bo'lsa tez orada, miloddan avvalgi IV asrdan ancha avval Ahmoniylar Eronga bog'liklikdan xalos bo'lgan va tez orada o'zining qadimgi qudratini tiklab olib, hatto Shimoliy Kavkaz va Shimoliy Qoradengiz bo'yida o'z ta'sirini o'tkaza olishga erishgan. Aftidan bu paytdagi Xorazm shu qadar qudratli bo'lganki, hatto qudratli Eron davlatini yengib, bo'ysundirgan Iskandar xorazmshoh Farazman bilan izzat va hurmat bilan muomala qilgan va u bilan do'stlik ittifoqini to'zgan. Bu xabarda shuningdek Xorazmning Baxtariyadan ancha o'zoqligi seziladi. Bu hol esa Iskandar zamonidagi Xorazm Orol janubidagi yerlarda emas, balki O'ko'z (Amudaryo)ning quyi oqimida sharqiy Kaspiy bo'yida joylashgan, deb taxmin qilishga olib keladi, chunki Arrianning xabar berishicha O'ko'z (Oksus) Iskandar zamonida Gurkan (Kaspiy) dengiziga quyilgan. Bu ma'lumotlarning bir uchi al-Xorazmiyga ham yetgan ko'rinadi, chunki “Kitob suratil Arz” asarida Kaspiy dengizini Xorazm dengizi deydi. Bu dengizning qadimgi ruscha nomi - “Xvalanskoye -Xvaliskoye more” haqida ham shu aytganlarni qaytarish mumkin. Demak, Xorazm qadimda ham, o'rta asrlarda ham shimoliy Kaspiy bo'yi va Sharqiy Yevropa bilan o'zviy aloqada bo'lgan, Xorazm hech qachon o'zoq chekkadagi ajralib qolgan jug'rofiy hudud bo'lgan emas. Qadimda ham, o'rta asrlarda ham u Markaziy Osiyoning qo'shni davlatlari va Eron bilan hamda Kaspiy bo'yi va Orol bo'yi ko'chmanchilari bilan doimiy aloqada bo'lgan.

Xorazm tarixini miloddan avvalgi III asrdan milodiy III asrgacha oralig'ida qator noaniqliklar mavjud. Masalan, Xorazmning Partava va Kushon davlatlari bilan madaniy aloqalari bo'lganidan mustasno, siyosiy jihatdan munosabati qanday bo'lgani noma'lum. Xorazm miloddan avvalgi III-I asrlarda Kangyuy federasiyasiga kirgan deb taxmin qilinadi. Milod boshidan to arab istilosiga qadar Xorazm yerlari orqali turli sak-massaget kabilalari, as-allonlar, yuyejilar, xunnlar, xionitlar, eftalitlar, nidaritlar va boshqa kabilalar o'tgan. VI-VII asrlar oralig'ida Xorazm qisqa muddatga g'arbiy turk Xoqonligi tarkibiga kirgan, lekin ichki avtonomiyasini to'lik saqlab qolgan. Xorazm Sosoniylar Eronining tajovo'zini daf etaolgan. Beruniyning aytishicha, ilk o'rta asrlarda Xorazm bilan Xuroson orasidagi chegara “Darg'on (hozirgi Darg'on Ota)- Miyongoh” (Hozirgi Turkmanistondagi Darvoz shaharchasi) chizig'i hisoblangan.

Xorazm madaniyati tarixida qadimgi xorazmliklarda bo'lgan diniy e'tiqodlar katta ahamiyatga ega bo'lgan. Xorazmda ham qo'shni So'g'd va Erondagi kabi zardushtiylik diniga e'tiqod tarqalgan bo'lib, u olov, suv, tuproq va havoga topinishga asoslangandir. Bu e'tiqodning asosiy mag'zi yaxshilik va yomonlik ibtidolarining ramzlari bo'lishi Axura Mazda va Anxra-Maynyu ilohlari o'rtasidagi abadiy kurashdan iboratdir.

Beruniy aytganidek, Xorazm zardushtiyligi, Sug'd zardushtiyligi kabi, Eron zardushtiyligidan farq qilgan, masalan, taqvim borasida bu aniq sezilardi. Xorazm va So'g'd taqvimlari bilan amalga oshiriladigan ba'zi voqealar Eronda bajariladiganlari bilan vaqti to'g'ri kelmasdi. Bir tarafdan bu mahalliy tabiiy-iqlimiy sharoitning aks etishidir, chunki zardushtiy taqvimi qat'iy ravishda dehqonchilik bilan bog'lik bo'lib, mahalliy mavsumiy dala ishlariga asoslangan; ikkinchi tarafdan bu Turkmanistondagi zardushtiylik Erondagidan alohida va bog'likmasligini ham ko'rsatardi. Ba'zi farqlardan mustasno, umuman zardushtiylik mafkurasi Eron, Janubiy Kavkaz va O'rta Osiyo xalqlari uchun umumiy edi. Bu mafkuraga ko'ra yerga va demak ona yerga vatanga muhabbat targ'ib qilinardi, yaxshilikka izzat-ikrom, yomonlikka inson tabiatiga zid bo'lgani uchun, nafaqat, yaxshilikning yomonlik ustidan g'alabasiga ishonch targ'ib qilinardi. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, Markaziy Osiyo xalqlari azaldan beri ona yerga mehr-muhabbatli, vatanparvar va jasur, dushmanlarga nisbatan yovo'z va do'stlariga sodiqlik ruhida tarbiyalangan.

Abu Rayhon Beruniy saqlab qolgan va Zaxau birinchi bo'lib nashr qilgan hamda tekshirgan mahalliy tarixiy an'ana Xorazm tarixining tashqi sxemasinigina beradi.

Xorazmliklar, deb hikoya qiladi Beruniy risolasida, yil hisobini o'z mamlakatlarida aholi yashaydigan vaqtdan, “Iskandardan avvalgi 980 yildan” (ya'ni selevkiylar erasidan burun – eramizdan oldingi 312 yil) – yangi eradan avvalgi 1292 yildan boshlaydi. Shundan keyin ular eramizdan avvalgi 1200 yildan – afsonaviy qahramon Avesto va qadimgi O'rta Osiyo-Eron eposining “turkiy saltanat”ni bo'ysundirgan qahramoni Siyovush ibn Kaykovus ularning mamlakatiga kelgan hamda uning o'g'li Kayxisrav Xorazmshohlar sulolasiga asos solgan vaqtdan boshlanadigan yangi erani qabul qildi. Beruniyning so'zlariga qaraganda, bu sulola eramizning X asriga qadar hukmronlik qilgan. Keyinchalik, deb hikoya qiladi Beruniy, xorazmliklar forslarning yil hisoibni qabul qildilar. Bunga ko'ra, yil hisobi “ularning (xorazmliklarning) mamlakatini idora etgan va shoh unvoniga ega bo'lgan Qayxisravlar sulolasidan chiqqan har bir podshoh hukmronlik qilgan yillarga qarab” yuritiladi. Bu sulolaga mansub podsholardan Afrig, Eron podshohi Yazdigird I singari shuhrat qozondi. O'g'li mamlakatni boshqarishda uning merosxo'ri bo'ldi. Rivoyatlarga ko'ra, al-Fir shahri ortidagi ulkan qasrni “Iskandardan keyingi 616 yili” (eramizning 305 yili) Afrig' qurdirgan emish, bu qasrni selevkiylar eramining 1305 yilida (yangi eraning 997 yili) Amudaryo bo'zib ketgan. Xorazmlik siyovushlarning quyi avlodi (bu avlodni Afrig' boshlab bergan) Xorazmda 995 yilga qadar hukmronlik qildi. Afrig' qurdirgan qasrning bo'zilib ketishi bilan afrig'lar sulolasining qulashi simvolik tarzda bir vaqtga to'g'ri keladi.

Xorazmning roli, ayniqsa zardo'shtiylik dini rivoyatlarida ta'kidlab o'tilgani diqqatga sazovor. Eronning dastlabki afsonaviy sholaridan biri Yima (fors eposida Jamshid deb nom olgan) Xorazmda zardo'shtiylikning eng qadimiy va eng mo''tabar o'tini – kohinlar toifasining homiysi Xurdod Adarxurra yoki Frobak o'tini ёqqan.

Gardiziyning hikoya qilishicha, isyonkor Abu Ali 995 yil bahorida Nuhning vassali Sabukteginning lashkaridan yengilgach, dastlab Rayga qochadi, so'ngra Nishopurga qaytishga harakat qiladi. Sabukteginning o'g'li Mahmudning qo'liga tushadi va uncha katta bo'lmagan otryad bilan Xorazmga, Ma'munning panohiga qochadi. Lekin uni Xorazmshoning askarlari ushlab oladilar va Katga olib ketadilar; bu voqea ikki Xorazm davlati o'rtasidagi kurashning o'zil-kesil barham topishiga bahona bo'ldi: Ma'munning qo'shinlari Katni ishg'ol qildi, ozod qilingan Abu Alini Ma'mun Urganchda tantana bilan kutib oldi, asir olingan so'ngggi Afrig'iy ham shu yerga keltirildi. Ma'mun o'zining azaliy dushmanini qatl qilishni buyuradi, Xorazmning ikkala qismini o'z hokimiyati ostida birlashtirib, Xorazmshoh unvonini oladi.





  1. Download 463,21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish