Fan tasnifi va fan Etikasi Reja Kirish Fan falsafasi va metodologiyasini predmeti



Download 38,1 Kb.
bet3/9
Sana23.02.2023
Hajmi38,1 Kb.
#913986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan tasnifi va fan Etikasi

2. Fan, bilim va ilmiy bilish
Fan, bilish va bilim. Ilmiy bilishni asosiy belgilari
Fan voqyelik to’g’risidagi bilimlarni ishlab chiqarish va nazariy umumlashtirish funksiyalarini bajaradigan inson faoliyatini sohasi, ijtimoiy institutdir.
Ilmiy bilish faoliyati ixtisoslashgan bo’lib, uni amalga oshirish bir qancha va juz’iy xarakterdagi omillarni mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Birinchi umumiy omil - aqliy mehnatni jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi. Bu qadim zamonda ro’y bergan ijtimoiy mehnat taqsimotini turi bo’lib, ijtimoiy uyushmada, jamiyatda sivilizasiyani, davlatni vujudga kelishi bilan bog’langan. Buni o’zini ostida jamiyat tomonidan jismoniy mehnat bilan shug’ullanmaydigan kishilar guruhini ta’minlashga ketadigan qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishi, turli xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish yotadi.
Ijtimoiy institut sifatida fan birgalikda mehnat kilish tizimi bo’lib, unda hal qiluvchi yadrosi bo’lgan tadqiqotchilar nisbatan mustaqil ilmiy uyushmalarga birlashadilar, shaxsiy va guruhiy ilmiy yutuqlarni tarqatish va ayirboshlash ijtimoiy nazorat ostiga olinadi.
Shunday qilib fan ijtimoiy institut sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Bu esa kishilarni intellektual, ma’naviyat taraqqiy etish imkoniyatlarini yaratadi, ularning nazariy, tadqiqot qilish faoliyatlarini ijtimoiy kasb turiga aylantiradi.
Fanning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan ilmiy faoliyat bilish va bilim unsurlariga ega. Bilish voqyelikni o’rganish, muammolarini qo’yish va hal etish, voqyelikni ilmiy manzarasini tasvirlash jarayonidir. Bilim esa tushunchalarda, nazariyalar va ta’limotlarda mujassamlangan bilish jarayonini mahsulotidir.
Bilish va bilim tarixan turli shakllarda mavjud bo’lgan, mujassamlangan.
Odatiy (kundalik hayot) va ilmiy, tajribaviy va nazariy diniy, estetik axloqiy va hokozo bilish va bilimlar turli ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelishgan. Bularni har biri o’ziga xos ijtimoiy madaniy, ma’naviy va gnoseologik funksiyalarga ega bo’lishgan.


Ilmiy bilishni asosiy belgilari

Ilmiy bilish inson faoliyatini ixtisoslashgan sohasi bo’lib, unda maxsus tadqiqot qilish vositalari va usullari yordamida predmetlarni mohiyatini tushuntirib beradigan nazariyalar, ta’limotlar ishlab chiqiladi. Shunga ko’ra, ilmiy bilish ixtisoslashgan tadqiqot faoliyatini taqozo etadi. Mazkur faoliyat boshqa ijtimoiy faoliyat sohalaridan ishlatiladigan vosita usul in’ikos etish va tavsiflash qurollarini o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.


Ilmiy bilishni o’ziga xos xususiyatlarini nimadan iborat?
1. Predmetni tadqiqot qilishga qaratilgan, aniq ifodalangan nazariy tavsiflangan muammo bo’lishi lozim. Ilmiy muammo tadqiqotni boshlang’ich nuqtasidir.
2. Ilmiy muammo doirasiga kirgan obyekt kundalik hayot tajribasi ish ko’radigan predmetlardan keskin farq qiluvchi reallikdir. Masalan, tortilish, kuchi, san’atdagi ko’p janrlik, tillarni diaxronik va sinxronik taraqqiyoti va hokazolar.
3. Ilmiy bilishda obyektlarni ma’lum sharoitga qo’yadigan yoki odatiy tajribada o’rganib bo’lmaydigan tomonlarini tadqiqot qilishda ishlatiladigan maxsus vositalar, qurollar, asbob-uskunalar qo’llaniladi.
4. Ilmiy bilishda bilimni to’g’riligini ta’minlaydigan haqiqat ekanligini asoslab beradigan maxsus uslublar-mantiqiy me’yorlar isbot qilish usullari, tasdiqlash vositalari ishlab chiqiladi.
5. Ilmiy bilishda hosil bo’ladigan bilimni tizimligi va asoslanganligi, uning xulosalarini tajriba yoki faktlar asosida tasdiqlanishi.
6. Ilmiy bilishni nazariy darajasida tadqiqtchi ideal obyektlar bilan ish ko’radi. Bular maxsus ishlab chiqilgan nazariy tushunchalar aksiomalar bo’lib, ular real obyektlarni o’rnini bosadi.
7. Ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchi fanga xos bo’lgan ideallar, ma’naviy qadriyatlar (haqqoniylik, obyektiv haqiqatni izlash, nazariyani mantiqiy ziddiyatsizligi talabi) va maqsadli ko’rsatmalarga tayanadi. Bunda dunyoqarash va metodologik mulohazalar
ham ma’naviy zamin sifatida muhim rol’ o’ynaydilar.
8. Ilmiy nazariy tadqiqot bilish har doim yangi bilimlar olishga intiladi.

Ko’rsatib o’tilgan belgilar fan olamini ilmiy bilimni o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydilar.





  1. Ilmiylikni ideallari va me’yorlari

Ilmiy bilish jarayon va bosqichlardan tashqari asosi yoki zaminiga ham ega. Ilmiy bilishni zamini fanga dunyoqarashli va ma’naviy muhit tayyorlaydi, uni natijalariga baho berish uchun me’yoriy tasavvurlar ishlab chiqaradi, ilmiy faoliyatini yo’nalishini belgilashga, tartiblashtirishga yordam beradi.
Rusiya faylasufi V.S. Styopin ilmiy bilishni nazariy zaminini uchta blokka bo’ladi:
1. Ilmiy tadqiqotni ideallari va qoidalari
2. Olamni ilmiy manzarasi
3. Falsafiy ta’limotlar, dunyoqarash
Ilmiy bilish fan qadriyatlarini, jamiyat va insonni ezgu niyatlarini o’zida mujassamlashtirgan ideallar va normalar orqali tartiblashtiriladi, yo’naltiriladi, tadqiqot faoliyati ma’lum ma’nosiga, ahamiyatga ega bo’ladi.
Barcha fanlar uchun umumiy bo’lgan ideal va normalar mavjud. Masalan, bilimni isbotlanish yoki asoslanish ideali, obyektiv haqiqat ideali, fanni insonparvarlashtirish ideali va boshqalar.
Ayrim fan ideallari ma’lum tarixiy sharoitni mahsuli bo’ladi. XVII asrda fan ideali sifatida matematik aniqlik talabi e’tirof etilgan edi.
XX asrni urush to’fonlarida ko’p ijtimoiy ideallar xiralashadi, kuchini yo’qotdi.
Ideallarni insonparvarlik xislatga gumonsirash munosabatda bo’lish, ularning ijobiy rolini inkor qilish kayfiyati ko’payib ketdi. Rusiyalik V. Kurisinni fikricha, har qanday ideal, tot ya’ni, insonda uzoq bo’lgan mavhum umumiy g’oyaviylik yoki manfaatlarni niqoblash xislatiga ega. Boshqa olim V.G.F "Men olimman; menda hyech qanday ideal yo’q. Ideal bo’lmaslik kerak, men tadqiqot olib borishim kerak".
Gegel’, Marks idealiga Aqlni faoliyatini yo’naltiruvchi xosila deb qaraganlar.
Kantni fikricha, ideal tartiblashtiruvchi va bashorat ogohlantiruvchi xislatga ega. Ideal - inson intilgan kamolot darajasinii belgilar ekan, u kishilarga tafakkurni, faoliyatini nomukammal ekanligini eslatib turadi.
Hozirgi zamon faylasufi Motroshilovani aytishicha, ideallar inson sivilizasiyasini buyuk ixtirosi bo’lib, ular kishilarni beg’am bo’lib yurishga qo’ymaydilar, o’z holatlaridan norozi bo’lishga undaydilar, taraqqiyot, hayot, taqdir haqida mulohazalar yurgizishga majbur qiladilar.
Ideallar ilmiy izlanishga ijtimoiy madaniy va ma’naviy o’lchov taqqoslash tarozisini beradilar.
Mana shunday ideallardan obyektivlik, obyektiv haqiqat, garmonik munosabatlik, mushtaraklik, insonparvarlik ideallarini ko’rsatish mumkin.
Ilmiylikni me’yorlari bilish jarayonini samaradorlik ko’rsatkichlari sifatida namoyon bo’ladi.
Me’yorlar orqali ilmiylikni darajasi, namoyon bo’lish shakli, samaradorligi, tatbiq qilinish miqyosi, aniqlanadi, o’lchanadi.

  • Isbotlanganlik darajasi

  • Amaliyotda tasdiqlanish miqyosi

  • Ilmiy - ijtimoiy, iqtisodiy samaradorlik

  • Ilmiy faoliyat samaradorligini sifatiy va miqdoriy (matematik ko’rsatkichlari mavjuddir)




Download 38,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish