Fanning ma‟ruza matni



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

to„ldiruvchilik

tasalli beruvchilik - kompensatorlik
vazifasini bajaradi. Masalan, insonda 
doimiy ehtiyoj hosil bo„lishi hodisasini olaylik. Inson o„z hayoti, turmush tarzi, 
tabiat va jamiyat bilan bo„lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga 
erishishi ilojsiz bo„lib ko„ringanida, unda qandaydir ma‟naviy-ruhiy ehtiyojga 
zaruriyat sezgan. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyoj edi. Din bu o„rinda ma‟naviy-
ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham 
bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ„ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-
havaslardan, rohat-farog„atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach



abadiy rohatda bo„lishini ta‟kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso 
Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini yengib, 
sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach 
barcha izdoshlarini saodatli hayotga yetkazishi haqidagi ta‟limotni ilgari suradi. 
Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan 
moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-
havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. 
Ikkinchidan, muayyan din o„z ta‟limot tizimini vujudga keltirgach, o„ziga 
e‟tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta‟limot doirasida saqlashga harakat qilgan va 
hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning 
birlashtiruvchilik - 
integratorlik
vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va 
ma‟naviy hayotning o„z ta‟sirida bo„lishiga intiladi. Bu ta‟sirning muntazamligini 
ta‟minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, 
shuningdek adabiyoti va san‟atiga ham ta‟sir o„tkazadi. 
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab 
turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - 
Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. 
Xristianlikda ham e‟tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko„proq jalb etish 
uchun diniy memoriy, tasviriy, musiqa san‟ati turlaridan unumli foydalaniladi. 
Xristianlikda maxsus 
ikona
chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi. 
Uchinchidan, har bir din o„z qavmlari turmushini 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish