Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,31 Mb.
bet158/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli. Joriy nazorat fan­ning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokviym, uy vazifalarini tekshirish va Shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat - semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini ichiga olgan) bo’limi tugullangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan hol­da belgilanadi.
Yakuniy nazorat - semestr yakunida muayYan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat, asosan, taYanch tushuncha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiy oliy ta’lim muassasalari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o’tkaziladi.
Tashxis – o’quv jarayoni yoki ta’lim oluvchilar faoliyatini tekshirish, tavsiflash uchun qo’llaniladigan metodika.
Tashxisiy intervyu – shaxs xususiyatlari haqida ob’ektiv axborot olish uchun kasbiy maslahatning dastlabki davrida foydalaniladigan metod.
Tashxis maqsadi – muayYan o’quv fani tarkibida bilimlarni tekshirishning ko’p bosqichli tizimi.

  • Ta’lim vositalari. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan vositalar ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

  • Ta’lim vositalari - o’quv jarayonining tashkil etilishi va o’tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o’quv jixozlari, o’quv qo’llanmalari va boshqalar.

  • Didaktik vositalar va tarqatma materiallar – bu fanni o’qitishda zarur bo’lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko’rgazmalar va texnik vositalar, asbob – uskunalar va mahsulotlardir. Shuningdek, o’qitish jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’laniladigan tarqatma materiallardir. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va hakozalardir.

  • Ta’lim jarayonida ko’rgazmali vositalardan to’g’ri foydalanish talabalarning pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ishlar metodikasi, o’qitish uslubiyati va texnikaga oid fanlarni puxta o’zlashtirib olishga, ularda malaka hosil bo’lishiga yordam beradi. Agar ko’rgazmali qurol biror fikrni bildirish uchun yordamchi vosita bo’lsa, nutq asosiy qurol hisoblanadi.

  • Ko’rgazmali qurol kuzatishni rivojlantirish uchun qo’llanilsa, nutq qisqa bo’lib kuzatishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi

  • Ta’limning ko’rgazmalilik tamoyili – bu ta’lim jarayonidagi sifatni oshirishga, ta’lim oluvchilarning bilim olishlarini osonlashtirishga (oydinlashtirishga) qaratilgan faoliyat bo’lib, unda ta’lim oluvchilardagi o’rganilayotgan jarayonlarni (narsa va hodisalarni) bevosita hissiy – amaliy jihatdan idrok qilish asosida bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish jarayoniga asosdir.

  • ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy vositalarining keng qo’llanilishi (kompyuterli o’rgatuvchi dasturlar, intellektuallashtirilgan dasturlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, o’qitish mashinalari va Shu kabilar).

  • kompyuter ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini takomillashtirishda Yangi dasturiy – texnik universal vositasi bo’lib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish va chuqurlashtirib, ulardagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni yuqori darajaga ko’taradi.

  • Kompyuterli o’qitish tizimi – bu quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beruvchi o’quv – metodik va dasturiy – texnik vositalar majmuasi bo’lib hisoblanadi

  • ta’lim vositalari ta’lim metodlarining ta’limiy ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

  • Tarbiya – 1) shaxsda muayYan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; 2) yosh avlodni mujassam rivojlantirishga yo’naltirilgan umuminsoniy hamda milliy ijtimoiy tajribani o’quvchi va talabalarga uzluksiz taqdim etish jarayoni.

  • «Tarbiyai atfol» (bolalar tarbiyasi) – Buxoro jadidlari tashkil etgan ma’rifiy jamiyat (1908-14).

  • Tarbiya jurnali – tarbiya muammolarini bajarishga ixtisoslashgan nashr.

  • Tarbiya mazmuni — qo’yilgan maqsad va vazifalarga ko’ra o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan qat’iy xulq-atvor me’yorlari, bilim, e’tiqod, ko’nikma, malaka va shaxsga xos axloqiy-ma’naviy sifatlar hamda xususiyatlar tizimi.

  • Tarbiya maqsadi – jamiyatning alohida shaxsga nisbatan ehtiyojlarining aks ettirilishi, uning mohiyati ideal talablarining nazariy umumlashmasi.

  • Tarbiya psixologiyasi – pedagogik psixologiYaning shaxsning aqliy, axloqiy hamda estetik jihatdan tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’lim.


  • Download 4,31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish