Fargʻona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya o’qitish metodikasi (BO’M) yo’nalishi



Download 36 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi36 Kb.
#441548
Bog'liq
hisobot



Fargʻona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya o’qitish metodikasi (BO’M) yo’nalishi,
18.53-guruh talabasi Marupov Boburjonning
o’tagan o’quv-malakaviy amaliyoti bo’yicha tayyorlagan
HISOBOTI


Men Marupov Boburjon 06.09.2021 dan 11.12.2021gacha Farg’ona viloyati Yozyovon tumanidagi 1-sonli kasb xunar maktabining malakaviy amaliyotda bo’ldim. Bu yerda binolar tuzilishi, joylashuvi, sharoitlari bilan tanishib chiqdim. Maktab 2019-yilda tashkil etilgan bo’lib maydoni 12 370,18.Yozyovon tumani 1-kasb xunar maktabida M.Otajonov.direktor ekan. Bu maktabda o’qituvchilar soni 110 nafarni tashkil etar ekan, maktab o’quvchilari esa 2110 nafar bo’lib shulardan 1012 tasi o’g’il bolalar, 1098 nafari esa qizlardan tashkil topgan ekan. Maktab derektori meni maktab bilan yaqindan tanishtirib chiqdilar.Ushbu maktab barcha zamonaviy ta'lim-tarbiya talablariga javob berar ekan.Bu yerda o’quvchilarga yaxshi e'tibor va zamonaviy uslubda ta'lim berilar ekan.Menga bu yerda S.Tojaliyev ustoz biriktirildilar va ular menga amaliyot o’tashimga yaqindan yordam berdilar.Bu yerdagi amaliyot rahbarim savollarimga to'la javob berishga harakat qildi.Bolalar ta'lim-tarbiyasiga kelsak, bu juda nozik ish ekan, chunki har bir bolaning oʻziga xos psixikasi bor.Bolalar bilan ishlash uchun kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarga ega boʻlish kerak ekan.Amaliyotim davrida biologiya o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’qitish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Qanday qilib bolalarning yoshiga harakteriga mos materiallar topish kerakligi ularning manbalari haqida o'rgandim. Bolalarga tarbiya berishda ham o'ta ehtiyotkorlik maqsadga muvofiq ekan. Chunki bolalar tabiati o'ta nozik boʻladi. Ozgina og'irroq jazolash ham ularning kelajakdagi fikrlashiga, faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin ekan. Yoki haddan ziyod bolani erkalatish ham ularning dangasalik, manmanlik kabi tuyg'ularga berilib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham me'yorda ushlagan maʼqul.Ushbu masalada o'tkazilgan tarbiyaviy soat darslari ham menga juda yoqdi.Men biriktirilgan guruhdagi barcha bolalar ham iqtidorli ham zehnli ekan. O'rgatilayotgan narsalarni tezda yodlab olib uzoq vaqt esda saqlay olisharkan.Biologiya o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Amaliyot davrida taʼlim-tarbiyaviy tadbir ssenariylari bilan tanishib chiqdim. Bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi. Bu amaliyot davrida men o'zim uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻldim. Amaliyot davrida bizga hamma sharoitlar yaratib berildi. Guruh rahbarimiz uzluksiz ravishda o'z tavsiyalarini berib borishdi. Amaliyot davrida hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmadim.Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.

Amaliyotchi talaba: _____________________________
Amaliyot rahbari : _____________________________


Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish