Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Sharbatlar  va  quyultirilgan   shiralar



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Sharbatlar  va  quyultirilgan   shiralar 
Sharbat bilan quyultirilgan shira orasidagi farq shuki, quyultirilgan shira deganda 
mevalardan  siqib  olingan  suvlarning  o`z  holicha  quyultirib,  qiyom  qilingani 
tushunilsa,  sharbat  deganda  qaynatma  va  siqib  olingan  suvlarning  bironta  shirinlik 
bilan qo`shib qiyom qilingani nazarda tutiladi. 
     Urug’lar  sikanjubinning  umumiy  nusxasi.  Isitmalarni  va  me`daning 
alangalanishini  so`ndiradi,  balg’amni  parchalab  undan  tozalaydi,  safroni  bosadi, 
jigar va taloq tiqilmalarini ochadi va siydikni haydaydi. 
    Tarkibi. Yaxshi eski uzum sirkasidan o`n litr olib, unga tiniq chuchuk suvdan 
yigirma  litr  yoki  sirkaning  nordonligi  va  yaxshi  -  yomonligiga  qarab,  bundan  ko`p 
yoki  ozroq  qo`shiladi.  Keyin  arpabodiyon  ildizining  po`stlog’i  va  petrushka  ildizi 
po`stloqlarining har biridan - uch uqiyadan; arpabodiyon urug’i, Rum arpabodiyoni 
va petrushka urug’larining har biridan bir uqiyadan solib, bir kecha-kunduz qo`yib 
qo`yiladi. Shundan keyin suyuqlikning oltidan biri bug’lanib ketguncha past olovda 
qaynatiladi,  so`ngra  olovdan  tushirib,  sovutib  qo`yiladi.  So`ngra  suzib,  mana  shu  
ildizlar va urug’lar bilan qaynatilgan suv  sirkaning har ikki qismiga bir qism novvot 
yoki  ildiz  va  urug’lar  bilan  qaynatilgan  sirka  bilan  suv  aralashmasining  har  ikki 
yarim qismiga bir qism hisobida asal qo`shiladi va to yarmi qolguncha past olovda 
qaynatiladi. So`ngra olovdan tushirib sovutiladi va suzib iste`mol qilinadi. Qaynagan 
vaqtda ko`pigi olib turiladi. 
Kim  istasa,    ko`pigi  olinib  bir  yoki  ikki  marta  qaynab  chiqqandan  keyin  uch 
dirham  yanchilmagan  za`faron  solinadi:  za`faronni  lattaga  tugib,  qozonning  ichiga 
osib qo`yiladi va uning quvvati sikanjubinga o`tsin uchun vaqti-vaqti bilan qo`l bilan 
ezib turiladi, ba`zi kishilar sikanjubinni pishirib bo`lgandan keyin unga ikki dirham 
yanchilgan  za`faronni solib ezadilar, ammo uni qaynatmaydilar. 


142 
 
     Jolinus sikanjubinini tayyorlash. Yaxshi asaldan olib, kuchsiz cho`g’ ustiga 
qo`yiladi, uning ko`pigi olib tashlangandan keyin ustiga unchalik nordon bo`lmagan, 
shu    bilan  birga,  kuchsiz    bo`lmagan  sirkadan  solinadi  va  ular  yaxshilab 
aralashtirilib,  sirkaning    xomligi  qolmaguncha  past  olov  ustida  sekin-sekin 
qaynatiladi. Shundan keyin olovdan tushirib, saqlab qo`yiladi. 
Agar  uni  iste`mol  qilmoqchi  bo`lsang,  sharob  singari  unga  ham  suv  aralashtir. 
Sikanjubin ichuvchi kishi nordonligi yoki shirinligi tufayli uni yoqtirmasa, suv bilan 
iste`mol  qilsin.  U  juda  nordon  holda  ichish  istalganda,  tarkibidagi    sirkasi 
ko`paytiriladi.  Uni  hammaning  ham  bir  miqdorda  iste`mol  qilishi  yaxshi  emas. 
Menimcha,  bu    sharob  ichuvchilarning  hammasiga  ham  uni  suv  bilan  aralashtirib 
ichishni   buyurishga o`xshaydi, vaholangki ular orasida sharobni  ko`p suv   qo`shib 
mazasiz  qilib  ichishga  odat  qilgan  kishilar  bor,  agar  ular  sharobning  nuqul  o`zini 
ichsalar,  darrov  boshlari  og’riydi.  Odamlar  ichida  sharobni  kuchli  holda  ichishga 
odatlanganlar  ham  bo`lib,  agar  ular  ko`p  suv  qo`shib  ichsalar,  ko`ngillari  ayniydi. 
Bunday  holatlar    ichishga ko`proq  ruju  qo`ygan  odamlarda  sharob ichish  natijasida 
paydo  bo`lar  ekan,  nima  uchun  ular,  odatda,  sharobga  qaraganda  juda  kam 
ichiladigan  sikanjubinni  iste`mol  qilish  natijasida  ko`proq  bosh  og’rig’i  va  ko`ngil 
aynish  yuz  beradi.    Bundan  tashqari,  bu  sharobdan  ko`ra  kuchliroqdir.  Shuning 
uchun  sikanjubinning  mo`tadilligi    haqida  hukm  chiqarganimizda  o`zimizni  emas, 
uni ichuvchi kishini hisobga olishimiz kerak. 
     Sikanjubinni ichuvchi kishi uchun uning eng muvofiq  xili, u kishi uchun eng 
yoqimli bo`lganidir, mana shu  tufayli u kishiga uning foydasi ham ko`proq bo`ladi. 
Uni ko`ngli tortmasdan ichgan  kishilar undan aziyat chekadilar. 
Sikanjubinning  mo`tadil  xili  ko`pchilik  kishilarga  moslab  tayyorlanadiganidir. 
Masalan,  uni  shunday  tayyorlash  lozim:  sirkaning  har  bir  hissasiga  ko`pigi  olingan 
asaldan  ikki  hissadan  qo`shib,  past  olovga  qo`yiladi  va  ularning  mazalari 
aralashguncha  hamda  sirkaning  ta`mida  xomlik  qolmaguncha  qaynatiladi,  biroz 


143 
 
oldin  suv  bilan  qaynatiladi.  Shuning  uchun  sikanjubinni  quyidagicha  tayyorlash 
kerak: har bir hissa asalga to`rt hissadan toza suv solinadi va asalning ko`pigi chiqsin 
uchun past olovda o`rtacha ravishda qaynatiladi. Emon asaldan ko`p ko`pik chiqqani 
uchun  u    ko`proq    qaynatiladi,  yaxshi  asalning  esa  ko`pigi  kam  bo`ladi,    shuning 
uchun  u  oldingi  yomon  xili  singari  ko`p  qaynatishga  muhtoj  emas.  Boshida  shu  
miqdor asalga qo`shilgani, suvdan juda ko`p deganda yarmi bug’lanib ketish kerak. 
So`ngra  bunga  asalning  yarmicha  asal  qo`shib,  boshqatdan  qaynatiladi,  toki  ular 
yaxshi aralashib, sirka xom qolmasin. 
Uni  pishirish    uchun    sikanjubinni      suvsiz      ichadilar.    Uchala  tarkibiy  qismni 
ham boshidanoq aralashtirib, sikanjubin tayyorlash  mumkin. 
     Sikanjubin. Yaxshi shakardan olib, qozonga tekislab solinadi va ustiga o`tkir 
uzum  sirkasidan  shakar  tagidan  miltirab  ko`rinadigan,  biroq  uni  berkitmaydigan 
miqdorda quyiladi. Agar u nordon bo`lib ketmasin desak, sirkadan kamroq solamiz. 
So`ngra qozonni cho`g’ yoki kuchsiz olov ustiga qo`yib, shakar eritiladi va ko`pigini 
tog’orachaning tagiga ilashtirib olib, latta bilan artish yo`li bilan olib turiladi; demak 
tog’orachani  botirmasdan  faqat  tegizib  ko`tarish  orqali  ko`pik  olinadi.  Ko`pikdan 
tozalangandan  keyin  qiyom  suyulishi  uchun  suv  solinadi,  so`ngra  yana  qaynatib 
qiyom qilinadi. 
       Safroni  suruvchi  sikanjubin.  Ko`pigi  olingan  asal  yoki  shakar,    hamda 
o`tkir sirkadan yuqorida aytilgandek olib, past olovda qaynatiladi. So`ngra yovvoyi 
bodring  shirasi  va  sakmuniyodan  bir  uqiyadan  yoki  qancha  kerakligiga  qarab, 
bundan ko`ra ko`p yoki oz olinib yanchiladi va zig’ir lattaga tugib, qozon ichiga osib 
qo`yiladi. Latta ichidagi narsalar erib, hech narsa qolmaguncha uni tez-tez qo`l bilan 
ezib  turiladi.  Qiyom  quyuqlashgandan  keyin  olovdan  tushiriladi.  Ba`zi  kishilar 
qaynatishning  boshida  saqmuniyo  o`rniga  sakmuniyo  chiqadigan  o`simlikning 
ildizini petrushka ildizi va arpabodiyon ildizi bilan birga qaynatadilar. 


144 
 
      Balg’amni kamaytiruvchi sikanjubin. Asal va dengiz piyozi sirkasini olib 
yuqorida eslatib o`tilgan ildizlar bilan qo`shib qaynatiladi. Keyin  dorivor o`simliklar 
mag’zidan kishining quvvatiga qancha miqdordagisi to`g’ri kelishini mo`ljallab olib, 
yanchasan  va  lattaga  tugib, yuqoridagi  singari qozon  ichiga osib  qo`yasan;  keyin  u 
iste`mol qilinadi.  
      Savdoni  kamaytiruvchi  sikanjubin.  Asal  yoki  shakar  va  sirkani  olib, 
yuqorida aytilgandek qilib qaynatiladi. Keyin devpechakdan keragicha olinadi, yana 
chilpoya va qora xarbaqdan ham olib, hammasi yanchiladi va lattaga tugib qozonga 
osiladida, oldingilar singari pishiriladi. 
      Piyoz  sirkasini  tayyorlash.  Tozalangan    oq  piyozdan  olib,  yog’och  pichoq 
bilan bo`lak-bo`lak qilib qirqiladi va shu  bo`laklar bir-biriga tegmaydigan qilib ipga 
tiziladi  yoki  piyozlarni  teshib  ipga  tiziladi  va  ularni  bir-biriga  tegmaydigan  qilib 
osib, qirq kun davomida soyada quritiladi. Keyin shundan bir bo`lak olib, ustiga o`n 
sakkiz  bo`lak  yaxshi  sirka  quyiladi va  idishni  yaxshilab berkitib, oltmish  kungacha 
oftobga  qo`yib  qo`yiladi.  Shundan  keyin  oq  piyoz  olib  siqiladi  va  sirkasi  lattada 
suziladi. 
Ba`zi tabiblar, har bir bo`lak oq piyozga yetti yarim litr sirka soladilar. Boshqalar 
dengiz piyozini quritmaydilar, lekin uni tozalab xuddi o`sha vaznda oladilarda, keyin 
sirkada  olti  oy  turg’izadilar.  Mana  shu    yo`sinda  tayyorlangan  sirka  ko`proq  ichni 
suruvchi  bo`ladi.    Agar  bu  sirka  bilan  og’iz  chayilsa,  u  og’iz  va  milklarga  foyda 
qilib,  ulardan  qon  oqishni  to`xtatadi,  chunki  u  burishtirib,  milk  va  tishlardagi 
rutubatni  quritadi.  U  yana  qimirlayotgan  tishlarni  mahkamlashi,  hamda  og’iz 
sassiqligini  ketkazib,  uni  xushbo`y  qiladi.  Agar  u  ichilsa,  o`pka  nayini  tozalab, 
mahkamlaydi,  tovushni ham tiniq qilib kuchaytiradi. U yana me`dasi og’riydigan va 
ovqati  hazm  bo`lmaydigan  kishilarga,  tutqanoqli  va  boshi  aylanadigan  odamlarga, 
savdo xilti ko`payib ketganlarga, esi kirarli-chiqarli bo’lib qolganlarga va jinnilarga, 
shuningdek,  "bachadon  bo`g’ilishi",  taloq  qattiqligi  va  irqunnasoga    uchragan 


145 
 
bo`lganlarga  ham  muvofiq  keladi.  Bo`shashib  so`ligan  gavdani  baquvvat  qiladi, 
badan  rangini  yaxshilaydi,  ko`zni  o`tkirlashtiradi  va  nafas  qisganda  foyda  qiladi. 
Agar quloq og’rig’ida u quloqqa quyilsa va quloqning ichida yara bo`lmasa, og’riqni 
bosadi.  Bu  sirkani  har  kuni  nahorga  ozginadan  ichib  borib,  asta-sekin  bir  yarim 
uqiyagacha ichilsa, yuqorida aytilgan kasalliklarga foyda qiladi. 
      Oq  piyozdan  tayyorlanadigan  ichni  suruvchi  sikanjubin.  Bu  qiynalib 
siyish,  biqin  va  me`da  og’riqlari,  ovqatning  yomon  o`zlashtirilishi  va  nordon 
kekirikka foydalidir. 
    Tarkibi:  dengiz  piyozining  ichki  qismidan  ikki  ritl,  zanjabildan  bir  uqiya, 
murchdan  ikki  uqiya,  yovvoyi  sabzi  urug’idan  yarim  uqiya,  arpabodiyon  urug’i  va 
Rum  arpabodiyonlarining  har biridan  bir uqiyadan, kashnich   urug’idan ikki  uqiya, 
juvonadan  yarim  uqiya,  ermon  zirasidan  bir  uqiya,  boldirqon  ildizi  va  nazla 
o`tlarining  har  biridan  bir  uqiyadan,  zufo  gulidan  bir  uqiya,  yalpiz  va  bog’ 
yalpizlarining  har  biridan  bir  uqiyadan,  koshimdan  yarim  uqiya,  yovvoyi  ziradan 
ikki dirham, gazago`tdan  olti  uqiya  olinadi. Ular    yirik  qilinib,  yanchib, olti  bo`lak 
oq piyoz sirkasi, ikki hist ko`pigi olingan asal va bir bo`lak musallas aralashmasida 
ivitiladi.  Bularni  toza  idishda  yetti  kun  saqlab  quyilgandan  keyin  suzib,  shisha 
idishga solib qo`yib, iste`mol qilinadi; u  ovqatdan oldin va keyin ichiladi. 
     Gulob tayyorlash.  Bir  bo`lak  shakar   olib ustiga  to`rt uqiya   suv quyiladi 
va past olovda qaynatiladi; so`ngra unga ikki uqiya gul suvi solib olovdan tushiriladi 
va suzib iste`mol qilinadi.  Asal va shakar suvi sovuq kasalliklarga,  hamda jigar va 
ko`krak og’riqlariga foyda qiladi. 
T  a  y  yo  r  l  a  sh:  Bir  hissa  asal  va  ikki  hissa  suv  olib,  ikkalasi  past  olovda 
qaynatiladi,  ko`pigi  olingach,  uchdan  biri  qolguncha  yana  qaynatiladi;  so`ngra 
olovdan  tushirib  so’ziladi.  Shakarli  suv  ham  shunday  tayyorlanadi.  Agar  uni 
qizdiruvchan  va  kuchli  qilmoqchi  bo`lsak,  unga  ko`pigini  olgandan  keyin  mastaki 
bilan za`faron, shuningdek, dolchin  kabi boshqa xil dorivorlardan qo`shamiz. 


146 
 
     Asal  suvi  bilan  tayyorlanadigan  gulob  isitma  va  alangalanishga  hamda 
me`dadagi kuchli tashnalikka va haroratdan bo`ladigan yo`talga foyda qiladi. 
T a y yo r l a sh: tozalangan qizil guldan to`rt ritl olib, shisha idishga solinadi va 
ustiga  o`n  ritl  issiq  suv  solib,  idishning  og’zini  yaxshilab  berkitgandan  keyin  bir 
kecha - kunduz qo`yib qo`yiladi. Keyin gul olib siqiladi va suvini suzib, ichiga o`n 
litr  shakar  solinadi,  keyin  quyulguncha  past  olovda  qaynatiladi  va  suzib  iste`mol 
qilinadi. 
     Gul  suvidan  qilinadigan  gulob.  Novvotdan  olib  yanchib  tortiladi  va  uning 
har  bir  bo’lag  yaxshi  tiniq  guldan  uch  bo`lakdan  solib,  past  olovda  uchdan  biri 
qolguncha qaynatiladi va ko`pigi olinadi. Gulobga u qaynab turgan vaqtda za`faron 
solmoqchi  bo`lgan  kishi  uning  ko`pigini  olgandan  keyin  yanchilmagan  za`faronni 
lattaga  tugib,  gulobga  solsin  va  vaqti-vaqti  bilan  olib,  siqib  tursin,  to  latta 
bo`shaguncha shunday qilinadi. Gulob pishgandan keyin unga za`faron solinmoqchi 
bo`linsa, u olovdan tushiriladi va sovumasdan burun ichiga yanchilgan za`farondan 
solib eziladi, keyin shisha idishga ko`tarib qo`yib ishlatiladi. 
     Behi sharbati. Bu me`dani kuchaytiradi va ichni bug’laydi, shuningdek, jigar 
og’rig’i, qusish, ko`ngil aynishi, hiqichoq, ichak va buyrak og’riqlari hamda qiynalib 
siyishda foyda qiladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish