Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Surgi  uchun  ichiriladigan  dorilar



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Surgi  uchun  ichiriladigan  dorilar.  Ularga  foyda  qiladigan  dorilardan  biri 
quyidagi  sifatda  bussaddan  tayyorlanadigan  doridir:  bussaddan  bir  yarim  misqol,- 
ba`zi tabiblar bu qizil shabbo`y degan,- qalampirmunchoqdan besh dirham, pion gul, 
murr  va  ukrop  urug’ining  har  biridan  bir  uqiya,  usulaxdan  o`n  ikki  danaq  vaznda, 
ikki  xil  aristoloxiyaning  har  biridan  ikki  uqiyadan  olinadi.  Bundan  bir  danaq 
vaznidagisini asal suvi bilan ichiriladi va kasalga to`qqiz soat taom berilmaydi, o`n 
kun shunday qilinadi. 


369 
 
Yana harvaqt iste`mol qilinadigan dori; bu siydirish bilan tozalaydi. "Yer dubi", 
yer  bag’irlab o`suvchi sanavbar va gentiana ildizining har biridan to`qqiz uqiyadan 
va quruq gazago`tdan to`qqiz uqiya olib yanchiladi va elanadi. Oldin yeyilgan taom 
hazm bo`lgandan keyin har kuni och qoringa bir qoshiq shu  dorini uch uqiya sovuq 
suv bilan ichiladi. 
Yana  bussadni  guli  qizil  shabbo`y  deb  gumon  qiluvchilar  so`ziga  muvofiq 
tayyorlanadigan dori; buning nusxasi oldinginikiga yaqindir. Dorchin, pion gul, murr 
va  sunbulning  har  biridan  ikki  uqiyadan,  hind  sodajidan  bir  uqiya, 
qalampirmunchoqdan  o`n  besh  xabba,  bussaddan,  ya`ni  yuqorida  aytilgan 
shabbo`ydan  yarim  uqiya  va  ikki  xil  aristoloxiyaning  har  biridan  to`rt  uqiyadan 
olinadi.  Har  kuni  uch  qirotdan  ichiladi.  Uni  bahorda  kecha  va  kunduz 
barobarlashuvidan  boshlab  har  kuni  uch  qirotdan  ellik  kun  ichiladi;  keyin  o`n  besh 
kun  tark    qilinadi.  So`ng  yil  bo`yicha  ichish  shu    xilda  takrorlanadi;  biroq  Sirius 
yulduzi  tulu  qilishi  bilan  bir  yarim  oy  ichilmaydi;  buni  ichish  turli  mamlakatlarda 
ham  turlicha  bo`ladi.  Agar  kasal  butun  yil  ichishga  qodir  bo`lmasa,  yilning  sovuq 
qismida  ichsin.  Agar  dorini  bir  yil  ichadigan  bo`lsa,  ikki  yuz  kundan  o`tgandan 
keyin  bir  kun  ichib,  bir  kun  ichmasa,  yoki  bir  kun  ichib  ikki  kun  ichmasa  zarari 
yo`qdir. Bu kasalni asrgacha bo`lsa ham ovqat yeyishdan man qilish kerak: bundan 
tashqari  boshqa  tadbirlarni  ham  tuzatish  va  bo`g’in  og’riqlilariga  zarar  qiladigan 
narsalardan  parhez  qildirish  lozim.  Bir  guruh  tabiblarning  o`ylashicha,    odam 
suyagini  kuydirib  ichirish  hech  bir  xilof  chiqmaydigan  darajada  tajribadan  o`tgan 
narsalardandir.  Buni  bir  to`da  esi  past  kishilar  iste`mol  qilib,  go`yo  podagra  va 
bo`g’im  og’riqlaridan  shifo  topgan  emishlar.  Xermes  iyorajining  ham  foydasi 
kattadir;  kimki  uni  bahorda  bir  necha  kun  ichsa,  bo`g’imlari  quvvatli  bo`ladi.  Bu 
dori  chiqindilarni  ko`proq  siydik  va  terlatish  orqali  chiqaradi,  natijada  irqunnasoni 
tuzatadi. 


370 
 
Shish  va  bo`g’im  og’riqlari  cho`zilib  ketgan  bo`lsa,  unday  kasallar  nisbat 
berilgan quyidagi tadbirdan foydalanadilar: to`rtdan bir kaylaja quruq archa bujurini 
yengil  olov  ustida  ozgina  suvda,  suv  qorayguncha  qaynatiladi.  Keyin  shu    suvning 
tinitilganidan  bir  litr  olib,  unga  uch  uqiya  kunjut  yog’i  quyiladi.  Kasal  shuni  ichib, 
ustidan g’o`radan qilingan taomni yeydi.  

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish