Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Kuchli quyuq surtma. Burak, omila shirasi, nazla o`ti, tog’  mayizi va ohakdan 
olib,  hammasini  aralashtiriladi;  bularga  asal  va  biroz  sirka  qo`shib  bo`g’inlarga 
surtiladi. 


371 
 
Tarqatuvchi yaxshi quyuq surtma. Kavrak yelimi va barobar bo`laklar olinib, 
eskirgan  sharob,  xom  zaytun  yog’i  va  boqila  uni  bilan  eziladi  va  issiq  holida 
bog’lanadi. Artaniso kulini sirka va asal bilan bog’lash ham juda ajoyibdir. Quyuq 
surtmalardan  bir  turi  borki,  u  a`zolarni  quvvatli  qilish  va  xilt  qoldiqlarini  tarqatish 
uchun zarurdir: bular tugal bo`shatishdan keyin kerak bo`ladi. Bulardan biri mana bu 
quyuq surtma: archa bujuri, sarv yong’og’i va kuydirilgan suyakdan barobar hissalar 
olinadi;  achchiqtoshdan  oltidan  bir  hissa,  zokdan  oltidan  bir  hissa  va  baliq  
yelimidan hammasini qo`shishga kifoya qilgudek miqdorda olinadi. 
Boshqa dori: bu ko`p kasalliklarda qo`llaniladi, chunki u shishlarni ochadi, tikan 
va  sasigan  suyaklarni  chuqurdan  tortib  chiqaradi  va  bo`shashgan  a`zolarga  aniq 
foydasi  bordir.  Tozalangan  qichitqio`t  urug’i,  burak  ko`pigi,  navshadil,  dumaloq 
aristoloxiya,  Abu  Jahl  tarvuzining  ildizi  va  saqichning  har  biridan  yigirma 
misqoldan,  sariq  yo`ng’ichqa,  murch,  uzun  murchning  har  biridan  o`n  misqoldan, 
kavrak  yelimidan    o`n  ikki  misqol,  mukl,  yovvoyi  zira,  balzam  daraxti  shoxlari, 
murr,  kundur  yelimi,  echki  charvisi  va  sanavbar  yelimining  har  biridan  o`n 
misqoldan,  mumdan  uch  ritl,  asal  mayvizakdan  sakkiz  ritl,  yovvoyi  anjir  sutidan 
sakkiz  misqol,  ho`l  dorilarni  eritishga  kifoya  qilarli  miqdorda  gulsafsar  yog’i  va 
quruq  dorilarni  qorishga  kifoya  qilarli  miqdorda  yaxshi  sharob  olinadi.  Bularning 
hammasini aralashtirib eziladi, so`ngra ishlatiladi. 
Boshqasi:  bu  irqunnaso,  qo’l  va  oyoq  og’riqlari  hamda  boshqa  bo`gim 
og’riqlariga darhol foyda qiladi. Sariq yo`ng’ichqadan olib, sopol idishga tashlanadi 
va  ustiga  kifoya  qilarli  miqdorda  suv  aralashtirilgan  sirka  solib,  ezilib  pishguncha 
cho`g’  ustida  qaynatiladi.  Keyin  ustiga  kifoya  qilarli  miqdorda  asal  solib,  cho`g’ 
ustida ikkinchi marta qaynatiladi, keyin yana asal qo`shib, uchinchi  marta qaynatib 
saqlab qo`yiladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish