Fizik jarayonlar juda qadim zamonlardan buyon, hattoki eramizdan oldin ham odamlarning diqqat markazida bo'lgan



Download 63 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi63 Kb.
#279746
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizik Olimlar

EYNSHTEYN ALBERT (1879-1955)

1905-yilning yanvari edi. Shveytsariyaning sokin Bern shahri ko'chalarida kamtarin bir yigitcha xayol surgancha sayr qilib yurardi. Bu yigitcha keyinchalik mashhur bo'lib ketgan Albert Eynshteyn edi. O'zining matematikaga bo'lgan qobiliyati bilan pro-fessorlarni hayratlantirgan Albertning Politexnika institutidagi o'qish yillari tugadi. Yarim och holda ish izlab yurgan bir necha oy ham orqada qoldi. Yigitcha yozilajak ilmiy maqolalarining rejasini o'ylardi. Ana shu maqoialardan to'rttasi fizikada inqilob bo'lishiga olib keldi.Buyuk fizik A. Eynshteyn Germaniyaning Ulm shahrida tug'ilgan. 14 yoshidan boshlab oilasi bilan Shveytsariyada yashagan, u yerda 1900-yilda Syurix poli-texnikumini tugaflagan.20-asr boshlarida I. Nyutonning klassik mexanikasi ba'zi yangi kashfiyotlarni tushuntirib berishga ojizlik qilib qoldi. Bir vaqtlari M. Lomonosov hamma jismlar atomlardan tashkil topgan, deb taxmin qilgan edi. Biroq atomlar nihoyatda mayda, ularni ko'rib bo'lmaydi. Bu esa ayrim olimlarni atomlarning mavjudligiga shubha bilan qarashga majbur etardi. To'g'ri, atomlarning mavjudligini ingliz botanigi R. Broun 1827-yilda kashf etgan Broun harakati tasdiqla di. Ammo bu harakatning o'zi ham tartibsiz va tushunarsizdek bo'lib ko'rinardi.Eynshteyn ana shu shubhalarga chek qo'ydi. U Broun harakatining qat'iy qonun larga bo'ysunishini isbotladi. Bu qonunlar atomlarning chindan ham mavjudligini tas diqlabgina qolmay, balki ularning o'lchamlarini ham aniqlashga imkon berdi.

Uning birinchi maqolasida ana shu haqda so'z borgan edi, Fiziklar duch kelgan ikkinchi qiyinchilik yorug'likning ikki xil tabiati edi. Tajribalarda yorug'lik o'zini har xil tutardi: odatda o'zini to'lqin kabi tutsa, ba'zi hollarda uning hola tini yorug'lik juda mayda zarralardan — kvantlar yoki fotonlardan tashkil topgan, deb tasavvur etibgina tushuntirish mumkin edi. Eynshteyn, yoruglik kvantlari jismning sirtiga tushar ekan, undan juda mayda boshqa zarralarni — elektronlarni siqib chiqarishini tushuntirib berdi. Mazkur maqola atigi bir necha sahifadan iborat bo'lsa-da, u olimlar bilan muhandislarga texnikaning tovushli kino va televideniyesidan boshlab yoruglikning g'ayri oddiy manbalari -lazer gacha bo'lgan ko'plab mo'jizalarini yaratish yo'llarini ko'rsatib berdi. Bu maqola uchun 1921-yilda Eynshteynga Nobel mukofoti berildi.

Biroq uchinchi maqola Eynshteynga beqiyos shon-shuhrat keltirdi. Yurib ketayotgan aravadan oldinga otilgan tosh orqa tomon ga otilgan toshdan ko'ra tezroq uchib bori shini, chunki birinchi holda aravaning tezligi toshning tezligiga qo'shilsa, ikkinchi holda toshning tezligidan aravaning tezligi chegirib tashlanishini olimlar G. Galiley va I. Nyuton zamonidan beri bilishardi. Yer yuzidagi barcha jismlar ana shu oddiy qonunga bo'ysunardi. Ammo yorug'lik bu qonunga bo'ysunmasdi. Yorug'lik tezligini o'lchashga oid tajribalar olimlar oldiga yangidan-yangi muammolarni qo'yardi. Eyn shteyn nazariyasi (bu nazariyani keyincha lik u nisbiylik nazariyasi deb atadi) hal etib bo'lmaydigandek tuyulgan ko'plab savollarga javob berdi. Yorug'lik tezligi hamisha doimiy — sekundiga 300 ming kilometrga teng; mazkur nazariyaning asosiy qoidalaridan biri shunday edi. Agar biror jismning tezligi yorug'lik tezligiga yaqinlashsa, bu jismning harakati Nyuton qonunlariga bo'ysunmaydi, balki Eynshteyn kashf etgan qonunlarga bo'ysunadi.

Eynshteyn ilmiy ijodining cho'qqisi u 1916-yilda yakunlagan umumiy nisbiylik nazariyasi bo'ldi. Eynshteyn g'oyalari Nyuton zamonidan fizikada hukmron bo’lgan fazo, vaqt va tortishishga mexanistik qarashlarni o'zgartirib, dunyoning yangi materialistik manzarasini kashf etdi. Nisbiylik nazariyasi ni tushunish oson emas. Ammo maktab o'quvchisi uchun karra jadvali qanchalik zarur bo'lsa, hozirgi zamon fizigi uchun nis biylik nazariyasi shunchalik zarur, chunki bu nazariya fan va texnikada (masalan, astro fizikada va zaryadlangan zarralarning ulkan tezlatgichlarini qurishda) keng qo'llaniladi. Eynshteynning to'rtinchi maqolasi atigi uch sahifadan iborat bo'lsa-da, ammo bu sahifalar insoniyatning atom energiyasini egallashiga yo'l ochib berdi.

Olimning oldida hali ko'plab mashaqqatli izlanishlar, kashfiyotlar, ajoyib yutuqlar, uzluksiz qattiq mehnat yillari turardi. Butun dunyoda Eynshteynning ko'plab do'stlari bor edi, chunki u juda mehribon va adolatli kishi edi. Ammo u nafratlana olardi ham. U fashizmdan, urushdan nafratlandi va umr bo'yi tinchlik uchun kurashdi. Amerikalik uchuvchilar Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlaganliklarini eshitgan paytdagi daqiqalari uning hayotida eng og'ir damlar bo'lgan bo'lsa kerak. Buyuk olim o'z kash fiyotlari bilan kishilarga o'lim emas, bilim eltishni orzu qilgan edi. Eynshteynning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining — kvant elektrodinamika, atom va yadro fizikasi, elementar zarralar fizika-si, astrofizikaning rivojlanishida katta rol o'ynadi.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish